Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


-§. Ravon nutqini rivojlantirish



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə40/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

12-§. Ravon nutqini rivojlantirish




Reja:

  1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.

  2. Ravon nutq mohiyati.

  3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o‘rgatish.

  4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi.



Tayanch tushunchalar: ravon nutq, dialog muloqot, muomala, individuallararo, ichki individual, umuminsoni,. akustik va artiku- latsion jihat, imitatsiya metodi.



  1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qa- bul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasi- ni o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dast- labki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: indivi- duallararo, ichki individual va umuminsoniy.

Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda, namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoni- yatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal
sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».
Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifati- da xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, ka- monning qudratiga ham bog‘liq.
Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vosi- tasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsul- lari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga
egadir:


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin