Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə36/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Muloqot vositalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir.

Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o‘stirishdan maqsad og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan ibo- rat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o‘zi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygani ma’qul:

  • farzandida so‘zlashish odobini tarbiyalash;

  • lug‘at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;

  • nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;

  • ravon nutqni takomillashtirish;

  • badiiy asarlar bilan tanishtirish;

  • savod o‘rganishga tayyorlash.

Go‘dak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi – kich- kintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vosi- talarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional - erkin muloqot ushbu yoshda yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2–2,5 oyligidan boshlab xatti-harakatlari bilan kattalardan o‘zi bilan mulo- qotga kirishishni «talab qila» boshlaydi.
Muloqotning birinchi shakli – hissiy-erkin bo‘lib, go‘dakning atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg‘ularga boy munosa- bati orqali tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xosdir.
Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni hissiy- vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yil- ligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqot- ga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof-muhitga yo‘naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari si- fatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • bolada kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch his- sini tarbiyalash;

  • uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor ta- lab qilishini qondirish;

  • kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish. Masalan: «Qo‘ling qani? Qo‘lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang keldimi? “.

Ushbu davrda bola kattalar ko‘magida narsa-buyumlardan foy- dalanish usullarini o‘rganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyoladan choy ichish, qalamda rasm chizish, stulchaga o‘tirish va boshqalar). Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab eta- di. Ilk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydala- nish usullarini o‘zlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat bo‘ladi. Hayotining ikkinchi yiliga kelib bola narsa-buyumlarning xususi- yatlarini (hajmi, shakli, rangi) va masofaviy munosabatlari (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, mashina kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajrata- di va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, sochiqqa qo‘l va yuz artiladi; qalam bi- lan rasm chiziladi va h.k.) o‘zicha mustaqil kashf qila olmaydi. Nar- salarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar
o‘rgatishi zarur.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, narsa-buyumlardan foydalanish bo- ladan faol nutqqa ega bo‘lishni talab etadi.
To‘g‘ri ta’lim berilgan taqdirda yetti yoshga kelib bola og‘zaki nutqni egallaydi hamda katta yoshli yaqinlari va tengdoshlari bi- lan erkin muloqotga kirisha oladi; dialogda tashabbus ko‘rsatib fikr
bildiradi, suhbatdoshi e’tiborini o‘ziga jalb qilish, unga so‘z, harakat va so‘zsiz usullar bilan javob bera olishni biladi; fikrlarini to‘liq va noto‘liq oddiy gaplar, qisqa matnlar shaklida ifodalay oladi;

  • tanish ertaklarni hikoya qilib berish, multfilmlar, kitoblar maz- munini aytib berish hamda biron-bir voqeani to‘qib chiqarishga qiziqa boshlaydilar;

  • fikr bildirishlarda nutqning turli qismlarini, tashbehlar, qiyos- lashlar va sinonimlarni qo‘llaydi;

  • nutqqa tanqidiy munosabat bildira boshlaydi, grammatik jihat- dan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi, shu tufayli so‘z to‘qish barham topa- di, agrammatizmlar soni kamayadi; ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etadi.

Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Bolalar bog‘chasida bo- lalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.
Mehnat jarayonida – xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoli- yatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalash- ga yordam beradi.
Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bo- lalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar ja- rayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladi- lar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.
Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof-olam haqida- gi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniq-
lashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalar- ning lug‘ati boyiydi. Agarda pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin