Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati.
Tayanch tushunchalar: sonor tovushlar tempi, ovoz kuchi, into-natsion ifoda, fonematik eshitish, tovush madaniyati, niartikulatsiyaapparati,zamon.
O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Maktab- gacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg‘ulotlardagina amal- ga oshirilmasdan, balki bolalarning kundalik hayotida ham, mehnat faoliyatida va o‘yin faoliyatida amalga oshiriladi.
bolaning o‘z qarindoshlari, qo‘shni tengdoshlari shaxsiga va faoliyatiga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, birgalikdagi o‘yinlarda ularning dialogik nutqini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
turli muloqot vositalari, ya’ni so‘z, yuz ifodasi (imo-ishora) dan muayyan vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foy- dalanishni o‘rgatish;
bolalarning ertak va kichik hikoyalarni so‘zlab berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash;
bolani «tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishti- rish kabilardan iborat.
O‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g‘risidagi bilimlarini chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu guruh bolalarining faol lug‘ati narsalarning nomlarini, qismlarini, ular- ning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib boradi. Bolalarning o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, meva-
lar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o‘rgatiladi; ta- nish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi.
4–5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan ta- nishtiriladi, kishilar mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va buning natijasida ularning lug‘atlariga mehnat faoliyatining xususi- yatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatla- rini bildiruvchi so‘zlar kiritib boriladi.
O‘rta guruhda ona shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan qiziqish va mu- habbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat bino- larining nomlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta, maktab, do‘kon, kinoteatr va hokazolar, faollashtirib boriladi hamda shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so‘zlar hisobiga (yangi ko‘prik qu- rishyapti, shahar bog‘i tashkil qilindi) lug‘atlari boyitib boriladi. Bola tilining lug‘at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik quri- lishini ham egallay boshlaydi.
O‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: Bola besh yoshga yetganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkum- laridan otni tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foy- dalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To‘rt yoshli bolalar o‘z nutqlarida bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladi- gan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlarni hamma vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmay- di. Fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarning zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog‘lanmaydi, ayrim so‘z turkum- larini tushirib qoldiradilar.
To‘rt yoshli bolalarni so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. O‘rta guruhda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilish- ga o‘rgatish kiritiladi. 4–5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga (o‘yinchoqlarni, o‘simliklarni, kiyimlarni), ularning o‘ziga xos bel- gilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklarni (masa- lan: «Echki bolalari bilan»), mashg‘ulotlarda birinchi martda o‘qib berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘rgatiladi.
4–5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bi- lan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish qobiliyati yetarli rivoj- lanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulatsiya apparati yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar- da nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni va ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllanti- rishga qaratilgandir.
Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so‘zlarda urg‘ularni to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlarni (l, r) to‘g‘ri talaffuz etili- shiga alohida ahamiyat berish kerak.
O‘rta guruhda bolalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi ri- vojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitob- dagi rasmlarni ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tar- biyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z joziba- sini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi.