Mashg‘ulotlarningtarbiyaviyvaemotsionalxususiyati. Nutqni o‘stirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, mashg‘ulotning boshqa turlarida bolalarga ta’lim berib boriladi. Nutq faoliyatining mazmuni, tilning tuzilishi, shuningdek, mashg‘ulotni tashkil etish va uning qay tarzda o‘tkazilishi bolalar tarbiyasiga ta’sir etadi. Bolalarda bilishga bo‘lgan qiziqishni materialning qiziqarli bo‘lishi bilangina emas, balki mashg‘ulotning ijobiy-emotsional tarzda tashkil etilishi o‘stirib bo- riladi. O‘rta guruh yoshidagi bolalar tashabbuskor bo‘ladilar, tarbiya- chining savollariga javob berishga juda shoshiladilar va buning nati- jasida xatoga yo‘l qo‘yadilar: agar tarbiyachi bolani maqtasa, undan juda minnatdor bo‘ladilar va aksincha, agarda tarbiyachi bolaning xulqidan yoki savolga bergan javobidan xursand emasligini aytsa,
qattiq xafa bo‘ladilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi juda sabrli va haqqoniy bo‘lishi kerak. Tarbiyachi bolaning yaxshi javobidan qo- niqqani va xursandligini bolalarga namoyon etishi kerak. Shundagina bolada ishtiyoq istagi uyg‘onadi.
Xulosa:
Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalarni jalb etish- dan avval har bir bola haqida qandaydir yaxshi so‘z aytishga, ularni dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan: «Quyonlarni boq- ishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo‘llari judayam saxiy!»
«Odina-g‘amxo‘r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda – mehnat- sevar» va shunga o‘xshash bolalarga berilgan baholar ularda o‘ziga ishonchni, xatti-harakatlariga baho bera olishni vujudga keltiradi. Bo- lalar o‘zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, o‘z tengdoshlariga nisbatan samimiy bo‘lishga harakat qiladilar.