Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik ma-



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə33/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik ma- salalari. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4–5 yoshdan maxsus tay- yorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar

va bo‘lgan voqealarni bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va To‘g‘ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar asosida kichik og‘zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli da- rajada rivojlanayotganini bildiradi.
Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yan- gi so‘zlarni o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g‘ri gapirishga intilishni qo‘llab-quvvatlang. Bolaning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qi- lishiga ahamiyat bering.

  • tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to‘g‘ri ifodalashiga erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o‘rgating.

Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mum- kinki, maktabgacha katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirla- rini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to‘g‘ri rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishdan iborat.
Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekan- ligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tu- zish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham nutq o‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish kichik va o‘rta yoshdagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi.
Bu faoliyatda o‘ylash, o‘ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida
bola o‘ylaydi, ijod qiladi. O‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramonlarning xatti- harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi.
To‘rt yoshli bolalarni mashg‘ulotlarda o‘rgatish ayrim xususiyat- lari bilan o‘ziga xosdir. To‘rt yoshli bolalarning fizologik va psixo- logik jihatdan rivojlanishida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biroq bu yoshdagi bolalarning diqqati beqaror, irodasi kuchsiz bo‘lib, tashqi va tasodifiy vaziyatlar ta’siri ostida tez-tez o‘zgarib turadi, his- tuyg‘ulari kuchli bo‘lib, buning natijasida qobiliyati shunchalik tez pasayadi.
O‘rta guruh yoshdagi bolalarda zarur bo‘lgan nutq malakalarini shakllantirish ko‘p martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq tovush talaffuzini tarbiyalashda, nutq ma’lum bir grammatik shakl- dagi so‘zdan foydalanishda, surat asosida tasviriy hikoya tuzishda, she’r yod oldirishda). Har bir takrorlangan material bolalarda qizi- qish uyg‘otishi va diqqatini o‘ziga tortishi kerak. Nutqni o‘stirish mashg‘ulotlarida bolaning o‘zi gapiradi, tarbiyachining tushuntirish- lari va o‘rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to‘rt yoshli bolalar- da biror mavzuda hikoya qilib berish yoki tengdoshlarining nutqini tinglash qobiliyati endigina shakllanib borayotgan bo‘ladi. Bu xu- susiyatlarni tarbiyachi har doim mashg‘ulotlarni rejalashtirishda, uni o‘tkazishda hisobga olishi shart.


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin