Bolalar: gul sharbati bilan.
Tarbiyachi: To‘g‘ri, chunki ularning tuzilishi ham shunga mos- lashgan. Qanotlari tangacha (tukli) bilan qoplangan. Shuning uchun tangacha qanotlilar turkumiga kiradi. Og‘iz organlari so‘ruvchi tipda bo‘lib, spiralsimon, buralgan xartumcha yordamida suyuq oziqlar
(nektar) bilan oziqlanishga yaxshi moslashgan. Old qanotlari orqa qanotlaridan kattadir. Baxmal kapalakning qanotlari sut kabi oq, qo‘ng‘ir holli bo‘lib, qanotlarini yoyganda 50–52 mm bo‘ladi. Tuxum qo‘yib ko‘payadi. Mazkur kapalak guli o‘simliklarni yaxshi chang- latuvchi hisoblanadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz kapalaklarga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?
Bolalar: Ularni o‘ldirmaslik, qanotlarini uzmaslik kerak.
Tarbiyachi: Ha bolajonlar, bizga ma’lumki, kapalaklar orasida juda ko‘plab chiroyli turlari bo‘lib, ular tabiatni bezaydi. Ular muho- fazaga muhtojdir. Ayniqsa, baxmal kapalakning yildan-yilga kamayib ketishi, «Qizil kitob»ga kirishiga sababchi bo‘ldi.
Demak, biz ularni juda ehtiyotkorlik bilan muhofaza qilishimiz kerak ekan.
Mashg‘ulot so‘ngida tarbiyachi bolalarga kapalak bo‘lib uchishni taklif etadi.
Tarbiyachi dastur bo‘yicha kapalakning yangi turi «Baxmal kapa- lak» haqida bolalarga bilim berdi. Mashg‘ulotda solishtirish metodidan foydalanildi (Ya’ni oddiy kapalak baxmal kapalak bilan solishtirildi).
Mashg‘ulot savol-javob tarzida boshlandi. Yangi bilim berish bi- lan tugatildi.