Nutqiy muloqotni rivojlantirish. Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqotvako‘nikmalarmashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha ta’limda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.
Mehnat jarayonida - xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoli- yatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalash- ga yordam beradi.
Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bo- lalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar ja- rayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladi- lar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.
Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqida- gi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniq- lashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vosi-
tasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi. Agarda peda- gog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foyda- lansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.
Bolalar badiiy adabiyoti bolalarni har tomonlama rivojlantirish- ning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlan- tirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.
Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayo- tini, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlar dunyosini ochib beradi hamda tushuntiradi. Badiiy so‘z bola nutqini boyitadi, uni obrazli, ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go‘zalligini tushunishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishning muhim vosita- si sifatida badiiy so‘zdan tashqari tasviriy san’at, bayramlar va to- moshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy his- siyotlarni hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish daraja- siga ta’sir ko‘rsatadi. Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik holati, g‘ayrioddiy narsani kutish bolalarning qabul qilish qobiliyatini oshiradi, materialni eslab qolishni kuchaytiradi, bolalar nutqining ifodaliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar, amaliy san’at buyumlarini tomosha qilishda bolalar ko‘p savol beradilar, olgan taassurotlarini atrofdagilarga aytishga oshiqadilar.
Bolalar kun bo‘yi mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, xo‘jalik-maishiy va mehnat faoliyatida o‘z pedagoglari bilan muloqotda bo‘ladilar. O‘z-o‘zidan maktabgacha ta’limda nutqiy muhitni rivojlantirish im- koniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha davrdagi kichik yoshli bolalarni nutqiy tarbiyalash uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq sohani tashkil etadi.
Bular:
atrofni o‘rab turgan olamdagi hodisalarni (real voqelikni) ang- lash va so‘z bilan belgilash;
atrofdagilar bilan aloqalarni va nutqiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish;
tilni (uning ovoz tarkibini, lug‘atni, grammatik qurilishini) od- diy anglash.