Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar:
bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bi- lan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob berishi, o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlang;
tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantiring;
bolangizning lug‘at zaxirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum qismlari (ko‘ylak yengi, cho‘ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va g‘ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so‘zlarni bir- biriga to‘g‘ri bog‘lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi»,
«Kecha boraman» emas, «Bugun boraman») o‘rgatishga alohida e’tibor bering;
bolalarni unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgating.
Kichikyoshdagibolalarnutqinio‘stirishningmetodikmasa-lalari. Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ij- timoiy rivojlanishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda, bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va xushmuomalalilik kabi xislatlarni tarbiyalamoq zarur.
Kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki, qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakat- ga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini ko‘rsatishdan «aynitadi», himoya mexanizmlari – o‘zi bilan insoniy olam o‘rtasidagi «devor», atrofdagi olamni «ko‘rmaslik» paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga ja- vob bermaydi, suratlarda odamlarni «ko‘rmaydi», odamlar va hay- vonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi. Muloqotdan
faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy oqibatlarga va tajovuzga olib keladi. Salbiy kechinmalar cho‘qqisida o‘ziga nisbatan tajovuz tug‘uladi.
Bolaga oilada va maktabgacha ta’lim muassasasida psixologik ji- hatdan qulay bo‘lishi, uning kattalar va tengdoshlari o‘rtasida emot- sional jihatdan qulay muhit yaratish, ular bilan o‘zaro munosabatlar- dan quvonch va zavq olishlari uchun quyidagilar zarur:
bolaga kattalar va tengdoshlarining turli emotsional holatdagi hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish;
bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi uchun sharoit yaratish;
quvonchli, qayg‘uli, xotirjam, emotsional holatini ko‘rish va tu- shunishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
o‘zini tutib turish va g‘azab, qo‘rquv, jahl hislarini ijtimoiy jihat- dan maqbul shaklda namoyon qilishni rivojlantirish (boshqa bolani turtmaslik, urmaslik, o‘yinchoqni qo‘ldan tortib olmaslik va h.k.);
jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalash: ochiq chehra bilan salomlashish va xayr- lashish, o‘z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish; yordam berganlik, mehmon qilganlik uchun, o‘yinchoqni berib turganlik uchun minnatdorchilik izhor qilish; o‘rtog‘ining iltimo- siga xushmuomalalilik bilan javob qaytarish; javobini xotirjamlik bilan tinglash; o‘rtog‘ini xafa qilmaydigan ohangda o‘z norozi- ligini izhor qilish.
Pedagogik ishlar to‘g‘ri tashkil qilinganida maktabgacha yosh- dagi bola besh yoshga kelib ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:
insoniy munosabatlarni tushunadi, atrofdagilarning unga nis- batan yaxshi va yomon munosabatlarini his qiladi va anglaydi; ota- onasining, tengdoshining emotsional ahvolidagi o‘zgarishlarni pay- qaydi; diqqat-e’tibor, hamdardlik izhor qiladi;
«men xohlayman!» vaziyatga oid bevosita istagini to‘xtatib turish- ga qodir. Empatiya (hamdardlik) va emotsional ekspressiya (quvonch, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash) xususiyatidagi kechinmalar bola xulq-atvori va muloqotining tartibga soluvchisiga aylanadi;
bolalar barqaror o‘yin birlashmalariga kirishi mumkin, muloqot- da va birgalikdagi faoliyatda quvonch, zavqlanish, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash uchun emotsional ekspressiv nutqiy va nonutqiy vositalardan foydalanadi.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emot- sional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usul- lari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.