Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə25/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri. Ilk yosh (1–3 yosh). Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda bola rivojla-

nishiga oid ijtimoiy vaziyat sezilarli darajada o‘zgaradi. O‘z yaqinlari bo‘lmish kattalar bilan birgalikda bolaning muloqot doirasiga birin- chi navbatda kichkintoyning diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlikka bo‘lgan ehtiyojini qondirishi lozim bo‘lgan boshqa kattalar (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari, tarbiyachi yordamchisi) ham kirib kela boshlaydilar. Bunday sharoitda ilk yoshdagi bolalarda kattalar bilan narsalar, o‘yinchoqlar va ular bilan bajarilishi lozim bo‘lgan harakat- lar xususida muloqot qilishga ehtiyoj oshadi.
Bu yoshdagi bolada kattalar bilan emotsional va amaliy aloqalar o‘rnatish qobiliyati rivojlanadi, bu unga yangi hayotiy shart-sha- roitlarga moslashishga: so‘zlar, iltimoslarni baholovchi fikrlarni va boshqa kishilarning emotsional munosabatlarini to‘g‘ri qabul qilishga yordam beradi.
Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bilan uning
«bola – katta yoshli odam» munosabatlar tizimidagi emotsional alo- qalariga «bola - tengdoshlar» munosabati ham qo‘shiladi.
Bola hayotining uchinchi yilida kichkintoylar bir-birlariga faol taqlid qila boshlaydilar, o‘zlarini ko‘rsatishga intiladilar va shu bi- lan birga o‘ziga nisbatan munosabatni his qila boshlaydilar, dastlabki nutqiy dialoglar paydo bo‘ladi.
Ilk yoshdagi bolalarda bolalar jamiyati endigina shakllana bosh- laydi. Ular bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini bir-birlariga yaqin turgani holda asosan yolg‘iz o‘yinlarda o‘tkazadilar. Bolalar tashabbusi bi- lan vujudga keladigan o‘yin jamiyatlari – diadalar (ikkitadan bo‘lib o‘ynash) barqaror emas.
Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi emotsional jihatdan yorqin bo‘yoq- larga bo‘yalgan bo‘lib, u yaxshi bola bo‘lish, kattalarning talablariga ja- vob berish, ularning ma’qullashlariga erishishga intilish bilan bog‘liqdir.
Bola hayotining o‘zga yili nihoyasida bolalar o‘zlariga nisbatan umumiy baholarni beradi: «yaxshi», «katta» va boshq.
Uch yoshga kelib «men» tizimi vujudga keladi. U bolaning o‘z ismi orqali («men Yulduzxonman», «men Kamronbekman») o‘zining qaysi jinsga mansubligi haqidagi tasavvurlarini (o‘g‘il bola, qiz bola), ma’qullash, tan olishlariga («men yaxshiman») va mustaqillikka ehti- yojini («men o‘zim») o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihat- dan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissi- yotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yax- shi ko‘rishini va uning uchun qayg‘urishini, uning tashvishlariga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga undaydi. Bolaning ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning axloqiy negizi bolaning emot- sional sohasi orqali shakllanadi.
Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, kat- ta yoshli odam bolaning yordami, g‘amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg‘ularini samimiy ravishda namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalarni ifoda- lash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga erishilgan muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imko- nini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarini qo‘llab- quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sez- dirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi.
Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat- lariga ta’sir qiladi va bu hol guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin.
Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yax- shi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor.
Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, she’rlardan olingan holatlarni o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.
Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.
Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:

  • vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi;

  • kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;

  • tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega;

  • eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi;

  • o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi.

Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik – «MEN» tizimining paydo bo‘lganligidir, u o‘z navbatida bolada o‘zi harakat qilishga ehtiyojni, irodali xulq-atvor elementlarinii vujudga keltiradi. «MEN» tizimining shakllanganligi o‘ziga-o‘zi baho berish va u bilan bog‘liq kattalar talablariga mos bo‘lishga intilish paydo bo‘ladi.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.


Xulosa:

Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir – chunki bolaning onasi o‘rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u o‘rganib qol- gan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun or- ganizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi, tozalik ko‘nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechin- malar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o‘zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatila- di. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar 3–6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari haqida gapirib bering.

  2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qanday amalga oshiriladi?

  3. Ilk bolalikda nutq rivojlanish davrlari haqida nimalarni

bilаsiz?

  1. Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik nimadan iborat?

  2. Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning qanday ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi?

  3. Uch yoshli bolalardagi markaziy yangilik nimadan iborat ekanligini ayting?

  4. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni aytib bering?

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin