MAVZU: OTLARNING KELISHIK QO‘SHIMCHALARI BILAN QO‘LLANISHI. 121-123-MASHQLAR Maqsad: DTS talablariga asosida bilim berish.Ot so’z turkumi haqidagi bilimlarini boyitish..
Ta’limiy : O’quvchilarga otlarga kelishik qo’shimchalari haqida bilim berish.
FK2 o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi,
Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’zbek madaniyati va san’atidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish.
TK3 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni muomala madaniyatini rivojlantirish.
TK2 axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish;
Dars turi:Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Noan’anviy, aqliy hujum, guruhlarda ishlash.
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi:
I. TASHKILIY QISM: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “Kumush qish ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; calendar - taqvim.
II. O’TGAN MAVZUNI SO’RASH VA MUSTAHKAMLASH. . Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Egalik qo’shimchalarini yoddan so’rash.
III YANGI MAVZU BAYONI 121 – mashq. O’qing. Har bir gapda takrorlanib kelayotgan bir xil otlarni aniqlang. Shu otlarni ajratib ko’rsatilgan so’z bilan birga ko’chiring.
1. Mehnat insonni tarbiyalaydi.
2. Mehnatning rohati ham bor.
3. Bolalar, mehnatni seving.
4. Bolalarni yoshlikdan mehnatga o‘rgating.
5. Odam mehnatda sinaladi.
6. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroyli. (Maqol)
Mehnat tarbiyalaydi. Mehnatning tagi. Mehnatni seving. Mehnatga o`rgating. Mehnatda sinaladi. Mehnatdan kelsa.