Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə24/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuni- yatlari haqida gapirib bering.

  • Bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asoslari haqida nima- larni bilasiz?

  • Nutq o‘stirish borasida qanday didaktik tamoyillarga tayanib ish ko‘riladi?

  • «Bolajon» tayanch dasturi ishlab chiqilishiga nima sabab bo‘ldi?

  • Yangi takomillashtirilgan «Bolajon» tayanch dasturining maqsad, vazifalari nimalardan iborat?

  • Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usulini ayting?

    5-§. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari


    Reja:

    1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq, nutqiy faoliyat.

    2. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish.

    3. Ilk bolalikdagi nutq rivojlanishining ikki davri.



    Tayanch tushunchalar: bilingvizm, til, nutq, nutqiy faoliyat, psixo- lingvistik adabiyot, kommunikatsiya, munosabat, emotsional aloqalar, vaziyatli-amaliy muloqot.



    1. Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq, nutqiy faoliyat. Til – bu ijtimoiy hodisadir. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan har bir xalqning ona tili uning mil- liy o‘ziga xosligi va ma’naviy madaniyatining yorqin ko‘rsatkichidir. Til tafakkur bilan monand bog‘langani holda ongni shakllan- tiradi. Nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik nafaqat psixologik jarayonlarning chuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar dara- jasida ham namoyon bo‘ladi. So‘zning insonga, uning xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri barchaga yaxshi ma’lum. «Garchi til bilan ta- fakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani ifodalamaydi. Tafakkur – obyektiv borliqning intihosi, til esa – ifoda usuli, fikrni boshqa kishilarga berish va mustahkamlash vositasi. So‘z

    bilan tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi16.
    Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi o‘zaro munosa- batlarda ikki tamoyil mavjud: bir tomondan, milliy tillarning yanada rivojlanishi va takomillashuvi, o‘zga tomondan esa – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyatining oshishi ro‘y bermoqda.
    O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va yuzaga kelgan iqtisodiy ehtiyojlar mamlakatdagi ko‘p sonli aholining ona tili bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni shart qilib qo‘ydi, bu esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.



    16 Бородич A.M. Методика развития речи детей: Учеб. пособ. для студ. пед. инс. 2-е изд. –М.: Просвещение, 1981. –С. 101–255.
    Tildan foydalanish – bu ijtimoiy faoliyatning muayyan turi soha- sida kishilarning o‘zaro muloqotidir. Hozirgi davr nuqtayi nazaridan olib qaralganda quyidagilar eng muhim sohalar hisoblanadi:

    • xo‘jalik faoliyat sohasi;

    • ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasi;

    • maishiy soha;

    • uyushtirilgan muloqot sohasi;

    • badiiy adabiyot sohasi;

    • ommaviy kommunikatsiya sohasi;

    • estetik ta’sir ko‘rsatish sohasi;

    • xalq og‘zaki ijodiyoti sohasi;

    • ilm-fan sohasi;

    • ish yuritishning barcha turlari sohasi;

    • shaxsiy istiqbol sohasi;

    • diniy soha.

    Biz ko‘rib chiqayotgan jihatdan olinganda esa eng dolzarbi maishiy soha va uyushtirilgan ta’lim sohasidir.
    Ko‘p yillik amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bolalikda bilingvizm (ikki tillilik) bola hayotida har bir tilning tutgan o‘rniga, uning ikki tillilik- dan qaysi vaziyatlarda va qay darajada foydalanishiga bog‘liq holda shakllanadi. Maktabgacha yoshda ikki tillilik shakllanishining qu- yidagi o‘ziga xos holatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

    • bola tug‘ilgan paytidan boshlab ikki tilli oilada bir tildan o‘zga tilga o‘tib muomala qilish sharoitida tarbiyalanadi;

    • bola oilada ona tilida so‘zlashadi, undan tashqarida esa (qo‘shnilar, qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan) o‘zga tilni o‘zlashtiradi;

    • bola o‘zga tilni aniq maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda va ulardan tashqari vaqtlarda maktabgacha ta’lim muassasasida egal- laydi.

    Psixolingvistik adabiyotlarda yozilishicha, haqiqiy ikki tillilik faqat odam hech bo‘lmaganda bitta tilda har qanday fikrni mos tarzda ifodalashga qodir bo‘lgan taqdirdagina rivojlanadi. Agarda nutq bironta tilda ham to‘laqonli shakllanmagan bo‘lsa, bu holda fikr tuzilmasi buzilib ketadi va o‘z fikrini ifodalashga bo‘lgan intilish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bu esa nafaqat psixologik


    ezilishlarga, balki muloqot sifatidagi chuqur yo‘qotishlarga va inson shaxsiga ziyon yetishiga olib keladi. Yarim tillilik deb ataladigan bunday hodisa, umuman olganda, jamiyat uchun ham ancha xavflidir, chunki bunda uning a’zolarining muayyan qismi hissiyotlarini boshqara olmaydi hamda o‘z hissiyotlari, ehtiyojlari, istak-xohishlarini tegishli tarzda so‘z shakliga keltira olmaydi. Agarda inson xohlagan narsasini ayta olmasa, u boshqa- lar bilan teng ravishda raqobatlashishga, kommunikatsiyaning odatdagi shakllaridan foydalanishga qodir bo‘lmay qoladi hamda u o‘z-o‘zini boshqarishning qandaydir boshqa shakllariga mu- rojaat qilishga, ba’zan esa zo‘ravonlik qilish, kuch ishlatishga majbur bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, ilk yoshdan bosh- lab individning nutqiy rivojlanishini tuzatishni to‘g‘ri tashkil etish zarurdir. «Ilk start» ona tilini qabul qilishga va keyincha- lik har qanday boshqa tilni o‘zlashtirib olishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi». Til qanchalik oldin egallab olinsa, bilimlar ham shunchalik oson va to‘liqroq o‘zlashtiriladi» (N.I.Jinkin)17.
    Bola tug‘ilgan paytidan boshlab ijtimoiy mavjudot hisosblanadi. Uning har bir yosh bosqichidagi ijtimoiy rivojlanishi o‘z xususi- yatlariga, vazifa va mazmuniga ega bo‘lib, bularni amalga oshirish uchun pedagogika sohasidagi ishlarga tegishli shart-sharoitlarni yara- tish darkor.
    1. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish. Bola hayoti kattalarning hayoti va faoliyatiga qo‘shilib ketgan. Lekin shun- ga qaramasdan, ayni paytda bola ularga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos insoniy vositalarining birontasiga ham ega emas. Bu esa rivojlanishning ushbu bosqichidagi asosiy irsiy (genetik) vazifani, ya’ni kichkintoylarda kattalar bilan muloqot qilish- ning metod va vositalarini shakllantirish vazifasini belgilab beradi. Emotsional-vositasiz muloqot ushbu yoshdagi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.


    Bolani ajratib qo‘yish, kattalar bilan emotsional aloqalarning kam- ligi bola hayotining birinchi oylaridan boshlaboq uning yetarli dara- jada rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.

    17 Жинкин Н.И. Механизмы речи. – М. АПН, 1958. – С. 38.
    Go‘daklik yoshida bolaning ayniqsa kattalar bilan muloqoti jadal rivojlanadi, dastlabki mehr qo‘yish shakllanadi, ijtimoiy kutish- lar vujudga keladi (bola kattalardan muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi harakatlarni kutadi), bola bilan kattalar o‘rtasidagi sherikchilikning ilk ko‘rinishlari shakllana boshlaydi. Bola o‘zining qo‘lidan hali hech narsa kelmasa-da, biroq kattalarning harakatlarini boshqarishni o‘rganadi. Bu hol unda nutqning hali mavjud emasligi- dan qat’i nazar, ro‘y beradi. Uning ixtiyorida faqat ovoz munosabat- lari va imo-ishoralargina mavjud.
    Dastlabki so‘zlar emotsional ifodaliligi, vaziyatga mosligi va kommunikativ yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Bunday nutq avtonom yoki vaziyatga oid nutq deb ataladi, u faqat bola atrofi- dagi muhit bilan yaxshi tanish bo‘lgan yaqinlarigagina tushunarli- dir. So‘zni dastlabki tushunish muayyan vaziyatni qabul qilish bilan uyg‘unlashgandir. Ilk so‘zlar muayyan narsalarga taalluqli bo‘lib, umumlashtiruvchi xususiyatga ega emas (soat deganda faqat de- vorda osilib turadigan soatlar tushuniladi). So‘z bola xulqining umumiy ko‘rinishidan joy oladi va u imo-ishora, qo‘l harakatlari, qarash-nigohlar, ifodali vositalar bilan birgalikda bir so‘zli fikrni bildirishga olib keladi («Xayr», «Ber», «Ol»).
    Ilk so‘zlarning paydo bo‘lishi bolani rivojlantirishning ijtimoiy vaziyati o‘zgarganidan dalolat beradi. Endi bolaning o‘zi o‘z istak- xohishlarini ma’lum qilishi mumkin, kattalar esa og‘zaki ko‘rsatmalar yordamida uning xulq-atvorini yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladilar.
    Bolaning bu yoshda o‘zini-o‘zi anglab yetishini unga nisbatan kat- talarning munosabati in’ikosi deyish mumkin. O‘ziga nisbatan ijobiy munosabat – shaxsning normal rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. O‘ziga nisbatan salbiy munosabat esa – bolaning ilk yoshda kattalar bilan emotsional-ijobiy muloqoti kam bo‘lganligi natijasidir.
    Bola bilan muloqot u bilan hamkorlik asosiga qurilishi lozim. Doimo kattalarning biron narsani majburlashlari bolada faol tadqiq etish va bilishga intilishni emas, balki sustlik, faqat atrof-muhitga moslashish istagini shakllantiradi.


    1. Yüklə 3,88 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   217




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin