2-qism Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi Mavzu: Pedagogning mas’uliyati va moslashuvchanlik psixologiyasi



Yüklə 400,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.02.2023
ölçüsü400,23 Kb.
#82357
  1   2
2-qism Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi Mavzu Pedagogni



4.1.2. Modul.
 
(2-qism) Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi
Mavzu: Pedagogning mas’uliyati va moslashuvchanlik psixologiyasi  
REJA 
1.Moslashish va uning o‘ziga xosligi
2.Ta’limda yangicha yondoshuv va strategiyalarni
qabul qila olish.
3.Jamoani boshqarish va unda raxbarning o‘rni.
Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab 
o‘zgaradi. Sh bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi va anashu 
harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun 
foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib 
o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi.
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z 
ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, 
balki ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir 
maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera 
oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va 
qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch- g‘ayratini ishlata soladi. 
Jumladan pedagoglarda ham bosqichma bosqich asta sekinlik bilan jarayonlarga, 
pedagogik faoliyatga moslashish holatlari kuzatiladi
Inson turli vaziyatlarga moslashish jarayonida albatta stress holoatlariga ham 
duch keladi.
Organizmni stressga qarshi kurashish yoki qochish vaqtida yurak urishi 
tezlashadi, qon aylanishi buziladi ya’ni maqsadga intilish uchun tayorgarlik 
ko‘rishda organizmda qochish va kurashish kechadi. Bu reaktsiyani organizmni 
moslashish tizimi deb ataladi.


Organizmni nerv- muskul reaktsiyalarining paydo bo‘lishi quyidagi 
bosqichlarda ya’ni - xavotirlik bosqichi; - moslashish bosqichi; - o‘ta charchash 
bosqichlarda amalga oshadi.
Xavotirlik 
bosqichida 
taloqning 
kichrayishi, 
oshqozonda 
o‘tkir 
yallig‘lanishning sodir bo‘lishi, buyrak tepasida likosidlarning kamayishi kuzatiladi. 
Shu bilan birga, ko‘z yoshlanishi, so‘lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta’siri 
kuchli bo‘lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.
Moslashish bosqichida buyrak usti bezlari kattalashadi, organlar va 
to‘qimalarning ishlashi sekinlashadi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil 
organizmga kuchli ta’sir etsa shu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Agar ta’sir kuchli 
bo‘lsa, uchinchi bosqich boshlanadi. o‘ta charchash bosqichi bunda odatda organizm 
kasallanadi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, stress har doim ham zararli emas, ba’zan inson 
organizmiga yordam, ko‘mak foyda berishi mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib 
qolganda odam yashash uchun kurashish o‘z ehtiyojini qondirish uchun faollashib, 
o‘zi bilmagan zahiradagi energiyasini ishga solishi mumkin Jems Lange va Kenon-
Bardlar tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlariga moslashuvchanlik 
muammosini o‘rganib chiqqan. G.Sel’eni fikricha, shu sabablar muhim va nomuhim 
stressni keltirib chiqaradi
Aynan pedagogik faoliyat davomida o‘qituvchi ozi ishlab turgan jamoaga , 
auditoriyaga, shuningdek, o‘quvchilar jamoasiga ham o‘zini moslashtira olishi 
kerak. Buning uchun esa u o‘zining aql zakovotini, kuchi va irodasini ishga
solib, turli xil vaziyatlarda hattoki noqulay vaziyatlarda ham o‘zini boshqara olish
imkoniyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. Ayniqsa ta’limda yuz berayjtgan yangicha 
yondoshuv va strategiyalarni qabul qila olish va ularni ammaliyotda qollay olish
malakasiga ega bolishi kerak.
Bugungi kunda mustakil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning 
uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga 
ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda 
ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 


Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya 
jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va 
takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini, 
pedagogik maxoratini rivojlantirib borishini talab etadi.
Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va 
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga 
yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustaxkam egallashdan 
tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan, 
ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini 
biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘quvchilarini pedagogik 
va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan 
bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib 
borish lozim. 
Demak, hozirgi zamonaviy pedagog har qanday vaziyatlarda ham o‘zini 
vaziyatlarga va yangi faoliyat jarayonlarga moslashtira olishi, o‘z ustida tinimsiz 
ishlashi talab etiladi. Chunki shiddat bilan kechayotgan jaxon miqyosidagi 
o‘zgarishlar oldida pedagog yangi ma’lumotlardan ortda qolishi mumkin emas. 
Ayniqsa o‘z o‘quvchilaridan oldinroqda qadam bosmas ekan u judayam tezlik bilan 
o‘z obro‘sini tushirib qo‘yishi va bu orqali bolani ta’limga bo‘lgan ishtiyoqini ham 
susaytirib qo‘yishi mumkin
Jamoani boshqarish va unda raxbarning o‘rni.
Jamoa so‘zi arabcha «jam’o» so‘zidan olingan bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi 
majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi.
 JAMOA BU NIMA?
 Ijtimoiy foydali faoliyat asosida jipslashgan, umumiy faoliyatga ega, bir – 
birlarini yaxshi biladigan odamlar guruxi
Jamoada sog‘lom muhit yaratishda rahbarning o‘rni beqiyosdir.
Hozirgi zamonda rahbarning fazilati asosan uning dadilligidan
tashabbuskorligidan, bilimdonligidan, halol va va’dasiga vafodorligidan ma’lum


bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan hozirgi raxbarlar haqiqiy fazilat va xususiyatlarga
ega bo‘lishi uchun:
 Keng siyosiy bilimga ega bo‘lish.
 Pedagogik mahoratga ega bo‘lish
 Kollektivning ishlarini qila oladigan va ularga nisbatan yaxshi muomalada 
bo‘lishi.
 Ota – onalar va jamoatchilik o‘rtasida katta obro‘ e’tiborga ega bo‘lish.
 Dunyoqarashi keng, ilmiy – metodik ilmga ega bo‘lish.
 
o‘z fanini yaxshi bilshni.
 Izlanuvchan omilkor bo‘lish va yangiliklarga ijobiy munosabatda bo‘lish.
 Muassasaning hamma sohalarini keng o‘rgangan bo‘lishi.
 Ishga vijdonan munosabatda bo‘lishi.
 Xo‘jalik masalalarni to‘g‘ri hal qiladigan bo‘lishi lozim.
Zamonaviy rahbarning o‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun quyidagilarga 
qat iy rioya qilishi zarur:
 -Jamoa a’zolariga bergan va’dasini doim o‘z vaqtida bajarishi kerak;
 -Mag‘rurlanib ketmaslik, jamoa o‘rtasida kamtar, o‘ziga ortiqcha baho 
bermasligi zarur;
 -Faqat o‘zining nuqtai nazarini, fikrini o‘tkazish emas, o‘zgalarning ham fikri 
bilan hisoblashishi zarur;
 -Hamkorlarning bilim va malakalarini, topqirlik qobiliyatini ham qadrlash 
lozim;
 Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, pedagogik jarayonda moslashuv jarayoni 
o‘zaro munosabatlar asosida shakllanadi. Demak, bu vaziyatda pedagogik 
muloqotning samarali usullaridan foydalanish o‘ta muhim masala 
hisoblanadi. Shuning uchun jamoada sog‘lom muhit bo‘lishi uchun shaxs 
muomila madaniyati va uni o‘zlashtirish sirlarini yaxshi egallagan bo‘lishi 
lozim.
 Bularga D Kernegining quyidagi takliflarini berish mumkin:

Yüklə 400,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin