Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə37/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Katta yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari- shaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘zlashtiradi.

Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p ji- hatdan bolalar kattalarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o‘yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat katta- larning xayrixoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lishilariga intiladi.
Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi.
Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa tur- larida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvo- fiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umum-
lashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshi- riladi. Yosh ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi.
Yetti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatla- rini ajrata boshlaydi («qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi», «Yaxshi yuguradi», «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.).
Yetti yoshli bolalarda, agarda ular maktabgacha ta’lim muassasa- sida bir guruhda bir necha yil birga tarbiyalangan bo‘lsalar, ancha uyushgan bolalar jamiyati mavjud bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarga nisbatan muloqot doirasi ancha kengayadi. O‘yin guruhlarining barqarorligi ortadi, ulardagi bolalarning o‘rtacha soni ikki-uch kishiga yetadi, ba’zan, ayniqsa, o‘g‘il bolalarda 8–9 kishidan iborat o‘yin guruhlari vujudga keladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarning yuqori darajasi va ulardan o‘rinli foydalanish kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun keltiriladigan dalillar, baholar o‘z mazmuniga ko‘ra yanada ta- komillashib boradi.
Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari bilan do‘stona munosabatlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o‘z tengdosh- lariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega bo‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTMsidagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat be- radi («Hamma bilan do‘st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashti- radi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»).
Axloq normalari va qoidalarini o‘zlashtirib olish natijasida bolada shakllanadigan etnik o‘lchovlar uning universal insoniy qadriyat- larga munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o‘z shaxsiga nisbatan qo‘llash bilan cheklanib qolmaydi.
Bola borgan sayin kattalarga qaram bo‘lmasdan mustaqil bo‘lib boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan o‘zaro mu- nosabatlari murakkablashadi. Bu unga o‘zini, o‘zining afzalliklari va kamchiliklarini to‘liqroq anglab yetish imkonini beradi. O‘zi haqi- dagi bilimlari cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib
qabul qiladigan va o‘zini katta yoshli odamning fikri orqali qabul qi- ladigan ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli ra- vishda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zi haqidagi mustaqil tasavvurlar hamda o‘zini, o‘z harakatlarini va tashqi xususiyatlarini baholash elementlari paydo bo‘ladi.
Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur:

  • katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalarning bir- birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (er- taklarni sahnalashtirish, tomosha ko‘rsatish, barmoqli va boshqa teatr turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti;

  • o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan yoqtirish, emotsional bog‘liqlik hissiyotlarini, o‘zaro bir-birini tu- shunish va hamdard bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash uchun bolalar- ning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi sharoitlar yaratish; ularning emotsional holatlarini: quvonch, zavq- shavq, qayg‘u, xotirjamlik, g‘azab, jahl, tashvishlilikni; amaliy va shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida, jamiyatdagi axloq qoi- dalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun; agarda boshqa odam charchagan, unchalik sog‘lom emas, o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa, nimagadir xafa bo‘lsa, tashvishga tushgan bo‘lsa unga hamdardlik bildirish va kattalar hamda bolalarning ifodali nut- qiga, hazillarga emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilish;

  • kishilarning teatrda, muzeylarda, ko‘rgazmalarda, trans- portda, pochtada, bankda, stadionda, do‘konda o‘zini tutishini ko‘rsatuvchi hamda bolalarning axloq va nutqiy muloqot qoidalari, normalariga oid diafilmlar, shuningdek, maxsus suratga olin- gan maktabgacha ta’lim muassasasidagi kattalar va bolalar, ular ishtirokidagi o‘yinlar, mashg‘ulotlar, bayramlar haqidagi videofilm- larni namoyish qilish. Bolalarda insonlar olamiga nisbatan qiziqish- ni rivojlantirish vositasi sifatida muzeylar, teatrlar, ko‘rgazmalar, sayrlar, ekskursiyalarga borish;

  • katta yoshli odam, boshqa bolalarning iltimoslarini baja-

rishga intilishlarini, takliflarga javob berishini qo‘llab-quvvatlash.
Kattalar mehnatiga bo‘lgan qiziqishni va uning ijtimoy ahamiyatini qadrlash, mehnat natijalarini asrab-avaylash, kattalar bilan birgalik- dagi mehnat faoliyatiga qo‘shilish qobilyatini shakllantirish.
Bolaning kattalar hamda tengdoshlari bilan muloqoti va munosa- batlarini rivojlantirish, shuningdek o‘zining obrazi va o‘ziga bo‘lgan munosabat shakllanishida erishilgan yutuqlar shaxsning ijtimoiy layo- qatlilik yoki yetuklik kabi kompleks bazaviy xususiyatlarida jamlanadi.
Yetti yoshga kelib bolaning ijtimoiy rivojlanishi quyidagi
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

  • bola mehribonchilik, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi; yor- dam so‘rash va uni ko‘rsatishni biladi; boshqa kishilarning xohish- larini hurmat qiladi; o‘zini tutib tura oladi. Hamon tarbiyachining ijtimoiy-psixologik layoqatiga, uning bolani yaxshi bilish qobili- yatiga, bolaning xulqidagi ijobiy xislatlarni topishga intilishi, o‘ziga- o‘zi baho berishning kamayishi yoki ortishi bilan bog‘liq emotsional muammolarni «oldindan ko‘ra olish» imkoniyatiga bog‘liq bo‘lgan kattalar (pedagog, oila a’zolari) bahosi muhim rol o‘ynaydi;

  • o‘z xulqi va muloqot vositalarini boshqarishga qodir; u o‘z xulqi bilan boshqalarga xalaqit bermagan holda, kattalar va tengdosh- lari bilan birgalikdagi faoliyatga qo‘shilishi mumkin;

  • ayrim kishilar bilan muloqot vaziyatlarida o‘z qadr-qimmatini bilish, o‘zini hurmat qilish, kattalar va tengdoshlari bilan munosabat- lar tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallashga intilish tuyg‘usini namoyon etadi.

O‘z imkoniyatlari va shaxs sifatidagi xususiyatlari haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun bola shaxsiy tajribada orttiradigan baho u tengdoshlari va kattalar bilan muloqotda to‘playdigan o‘zi haqidagi baholar va bilimlar bilan uyg‘unlashishi lozim. Agarda bu uyg‘unlik muntazam ravishda buzilib tursa, bolaning o‘zi haqidagi tasavvurlari asta-sekin ortib yoki kamayib boradi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar bolaning ijtimoiy rivojlanishi qancha- lik murakkab ekanligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha yosh shaxsni shakl- lantirish, uni jamiyat shaxsiga aylantirishning eng muhim davri hisobla- nadi. Shaxsni rivojlantirish uning ehtiyojlari oxir-oqibatda iste’mol qilish emas, balki albatta yaratish sohasida bo‘lishini nazarda tutadi.
Ijtimoiy munosabatlarning turli xillari (davlat-siyosiy xildan tortib to maishiy va ichki oilaviy xillargacha) ikki tilli individning shaklla- nish jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Va bu ona tili va o‘zga tilni o‘qitish turini belgilash uchun muhimdir. Multilingval vaziyatda ijtimoiy hamkorlik monolingval vaziyatga nisbatan mulo- qotga kirishuvchi kommunikantlar tillarining konfiguratsiyasi, ular- ning bir-birlarining tillariga nisbatan ko‘rsatmalari, o‘zaro bir-birini tushunish darajasi, kommunikatsiya ro‘y berishining tashqi sharoit- lari xususiyatlari bilan belgilanadi:

  • qanday til siyosati bola yoshida ikki tillilik shakllanishiga yordam beradi, amaliyotda tilni rejalashtirish qanday shakllarda amalga oshiriladi, qaysi toifadagi ta’lim muassasalari bilingv shakl- lanishiga yordam beradi?

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni ikki tilda tarbiyalashni tashkil etishda rasmiy va muayyan-amaliy darajada tillar va madaniyatlar- ning o‘zaro bir-biriga ta’sirining qaysi jihatlariga e’tiborni qaratish lozim, ikki tilli individlarni o‘rganishda qaysi muammolar ko‘tariladi, insonda tillarning o‘zaro hamkorligi va nisbatiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  • ijtimoiy fikr, kattalar (ota-onalar, pedagoglar va boshq.) ko‘rsatmasi bolalarni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish hamda MTMsining ikki tillilikni shakllantirishga oid faoliyati bilan qay tarz- da hamkorlik qiladi?

  • ijtimoiy-rus ikki tilliligining qaysi xillari mavjud, o‘zi uchun ona tili bo‘lmasa-da, rus (o‘zbek) tillarida so‘zlashayotganlar uchun ushbu til qaysi sifatlari bilan tavsiflanadi; rus (o‘zbek) tillarining boshqa tillar bilan aloqada bo‘lish xususiyatlari maktabgacha yosh- dagi bolalarni ikkitilli qilib tarbiyalash jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  • maktabgacha yoshdagi bolalar ikkitilliligining xususiyatlari qanday?

  • maktabgacha ta’lim muassasasida bilingvlarning xulqi xususi- yatlari nimalarda ko‘rinadi?


  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin