Maktabgacha katta yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlarishlanmasi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa
doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakl- lantirishdan boshlanadi. Bunda «Bolajon» dasturida bolalarda mus- taqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «Mustaqillik kuni» (1991-yil 1-sentabr), O‘zbekiston ramzlari – gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bo- lalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yer osti va yer usti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siy- molari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kat- talar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi hodisalar ha- qidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Bizga ma’lumki, juda ko‘p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib guruh bolalari yonidan o‘tib qoladi. Bolalardan biri havas bilan qaraydi va o‘z hayratini quyi- dagicha ifodalaydi: - «Vuy, ana u bola eshakda uchyapti».
Murabbiy tuzatadi:
eshakda uchilmaydi, eshakka miniladi. So‘ng bolalardan so‘raydi:
yana nimaga miniladi?
velosipedga miniladi;
poyezdga miniladi;
otga miniladi;
samolyotga miniladi. Boshqa bir bola tuzatadi:
poyezdga chiqiladi, samolyotga uchiladi.
Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o‘tishlari mumkin. Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda ishlatiladigan g‘isht, ganch, qum, ohak va boshqa qurilish materiallari, quruvchilik kasbi - ganch- korlik, g‘isht teruvchi, suvoqchi, binolarning balandligi, go‘zalligi va hokazolar haqida jumlalar tuzadilar.
Gulzorlar, bog‘larga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, poyezdlar, gullar, favvoralar haqida suhbatlar uyushtirishi mumkin. Suhbatlarda predmetlarning rangi, tusi, soni, hajmi, turi, o‘xshash va farqli tomonlari haqida ham mashq qilib boriladi.
«Nima shirin?», «Nima uchadi?», «Tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping», «Men boshlayman, siz davom ettiring» kabi mashqlar ham grammatik jihatdan jumlalarni to‘g‘ri tuzishga yo‘llaydi.