Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Tetiklashtiruvchi mashqlar



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə45/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Tetiklashtiruvchi mashqlar


Quyosh Erta tongda
Quyosh turib Bolalarni erkalaydi, Boshlarini silaydi.
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh
nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo‘ladi.
Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg‘ulotni tugatishi mumkin.

  1. Qish g‘amini yozda ye.

  2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat.

  3. Yozgi mehnat - qishgi rohat.

  4. Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:


  1. Bir yilda nechta fasl bor?

  2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz?

  3. Mehnat haqida maqollar aytib bering.

  4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi. Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli, nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’i nazar, uning nuri hisoblanadi. Tilni olijanob imkoniyatlari nutq orqali, nutq jara- yonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yu- zaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal sultoni A. Novoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir».

Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq.
Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar.
«So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin, So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin. Insonki so‘z ayladi judo hayvondin, Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin».
Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri
«Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor berilganki, ular hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus bar- cha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki hamma hunardan so‘z hunari yaxshi».
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni ta’kidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish deb uqtiradi.
Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko‘rdi. Ya’ni og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Er- talab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik. Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh- urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin