Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar- ning ahamiyati.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Maz- kur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kut- gani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash; Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish,
ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat pay- tida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralari- ni, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan emotsional-ijobiy mu- nosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2–2,5 oydan boshlab kichkintoy dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi.
Dialogning birinchi shakli – emotsional-erkin (vaziyat-shaxs) shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan qiziqish, unga nisbatan emot- sional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni emotsional- vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu dialog predmetlar orqali vositali dialogga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga e’tiyoj yorqin paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tar- biyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e’tiborga bo‘lgan ehtiyojni qondirish. Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning o‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.