Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi.
Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalik- dagi faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stul- chaga o‘tirish va hokazolarni o‘rganadi).
Dialog jadal rivojlanishda davom etadi, zero, kattalar bilan bevo- sita muloqotsiz predmetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog‘liq dialog faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy dia- logga aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlanti- rishdan iborat bo‘ladi.
Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatla- rini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matrushka kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilma- sin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtirila- di; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar.
Bolalargadialogiknutqnio‘rgatishusullari. Dialogga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlash- ning ramziy vazifasi, ya’ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rnini bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar baja- rish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlarni aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish, juftlik o‘yinlarni rivojlantirish va umum- lashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Bola uchun katta yoshli odam – bitmas-tuganmas ijobiy emotsi- yalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dia- logga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildi- radi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning kamchiliklarini «tuzatadi» (Temur dada- sining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).
Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasavvur yagona o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalar- gacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalash- da foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so‘zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so‘z yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi bir vaqtning o‘zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi ma’nolarni anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosa- batlarni grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyin- roq esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yil- ning oxiriga kelib, dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bola- ning so‘z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda uning so‘z zaxirasi 30–40 ta so‘zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat, bevosita namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va boshq) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.
2 yoshga kelib bolaning so‘z zaxirasi 200–300 tagacha o‘sadi. Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita dialog- ga kirishgan vaziyatda esa nutqiy dialog yetakchi dialog turiga aylanadi. Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo, katta yoshli yaqin qa-
rindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof- olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola nutqiy dialogning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni, o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va taklif- lar bilan murojaat qilishni o‘rganadi. Bola o‘z istak-xohishlari, his- siyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun so‘zlardan foydalanadi. Biroq, bola tomonidan foydalanilayotgan so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli ma’nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash, ular bi- lan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli kishi bola bilan o‘zaro bir-birini tushunishini va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi. Bola tashabbus ko‘rsatish orqali dialog subyekti, teng huquqli hamkor sifatida chiqadi. O‘zini tushunishlariga intilish, o‘z istak- xohishlarining bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan dialogga kirirish emotsional aloqa o‘rnatish va o‘z shaxsiga e’tiborni jalb qilishga yordam beradi: bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta’siri ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqin- li qo‘shiqlar») va oddiy so‘z ijodkorligida («golf-molflar», «o‘yin- po‘yin» va boshq.) ko‘rinadi.
Bu yoshda u kattalar bilan dialogda ko‘rgazmali-taassurotli vazi- yatga tayanmagan holda o‘z taassurotlarini nutqda ifodalay bosh- laydi. Bolalar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida (Mustaqillik maydoniga, hayvo- not bog‘iga uyushtirilgan sayohat, qorbobo sovg‘alari va boshqalar haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.