Dialogiknutqnirivojlantirishgadoirmaxsusmashg‘ulotlarningahamiyati. Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti- harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amal- ga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so‘rash, so‘rab bilib olish dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari sanaladi.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: Bolalarni To‘g‘ridan- to‘g‘ri suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan ting- lash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash.
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi.
Mashg‘ulot ishlanmasi:
Mavzu: Jamoa hayotidan hikoya tuzish: «Bizning maktabgacha ta’lim muassasamiz».
Maqsad: Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan voqealarni hikoya qilib so‘zlab berishga o‘rgatish.
Vazifalar:
Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish ma- lakasini mustahkamlash.
Aytilgan jumlani qanday holat (kayfiyat)da aytilganini aniqlash
(xafa, xursand).
Tovushga xos xususiyatlarni aniqlash.