Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari. Mo- nologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.
Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, oxiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirish- ning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.
Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tar- qalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, si- nonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang- barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi.
Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ravon fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, umuman, matnning tarkibiy birligi va mazmunan tu- gallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqea- lar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savol- larni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya maz- munini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko‘ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: Tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon fikr- larida kontaminatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, ya’ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib ketadi (va aksincha).
Har xil turdagi matnlar tuzishni o‘qitishni ishlarning suhbat, o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tu- zish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi.
So‘z predmetlar, jarayonlar, xususiyatlarni nomlash uchun muhim til birligi hisoblanadi. So‘z ustida ishlash nutqni rivojlantirish borasida- gi ishlarning umumiy tizimida eng muhim ishlardan biri hisoblanadi.
Ona tilining lug‘at tarkibini egallash uning grammatik tizimini o‘zlashtirish, ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush jihatini shakllantirishning zarur shartidir.
So‘zning til birligi sifatidagi ajralmas xususiyati uning mazmu- nidir. Insonda so‘zlarning turli ma’nolarini tushunish ko‘plab yillar davomida rivojlanadi. Pedagog so‘zdan foydalanishda semantik aniq- likni ta’minlash uchun bolani aynan bir so‘zning turlicha ma’nolari bilan tanishtirishi zarur. Bolada so‘zlar va so‘z birikmalarini matn
bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish ravon fikrlarni hosil qilish, so‘zlardan erkin foydalanish va ularni mazmu- niga qarab bog‘lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakl- lantirishga yordam beradi.
Narsalarning so‘zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ularni o‘rab turgan borliq bilan tanishish jarayonida o‘zlashtirib oladilar. Biroq, maktab- gacha yoshdagi bolaning lug‘ati nafaqat miqdor jihatdan o‘sishga, balki sifat jihatdan takomillashuviga (so‘zlar ma’nosini aniqlashti- rish, sinonimlar, antonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni qo‘llashdagi se- mantik aniqlik, ko‘chma ma’nolarni tushunish) muhtojdir.
Agarda muayyan so‘zni qo‘llashni o‘rgatish uning mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, so‘z ustida ishlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi bog‘liqliklar o‘rnatilsa, bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atini rivojlantirishda so‘zlarni mavzuga oid guruhlarga birlashtirish tamoyili muhim hisoblanadi. Til birliklari o‘zaro bog‘langan va bir-biriga tobe bo‘ladi. Mavzuga oid qatorlarni tashkil qiluvchi so‘zlar umumiyligi negiz atrofida joyla- shadigan semantik maydon hisoblanadi. Chunonchi, ko‘p ma’noli so‘z bo‘lmish ignaarchasimon daraxt bargi ma’nosida quyidagi semantik maydonga kiradi: daraxt - daraxt tanasi – novdalar – ya- shil – momiq - o‘sadi - tushib ketadi. Aynan shu so‘z «tikuv ignasi» ma’nosida boshqa semantik qatorga kiradi: tikmoq - tikib qo‘ymoq
- mato ustidan ip bilan tikmoq – ayollar ko‘ylagi - erkaklar ko‘ylagi – naqsh – o‘tkir-o‘tmas va h.k.