Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi.
Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzishga o‘rganadilar.
Tovushga xos xususiyatlarni bilib oladilar. Kerakli jihozlar:
Mavzuga oid rasmlar.
Stol, stul, rangli qog‘oz va qalamlar, o‘yin ishtirokchilari.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan maktab- gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz mak- tabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.
Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chadajoylashgan?
Unecha qavatli?
Maktabgachata’limmuassasasiningqandayxonalaribor?
Maydoncha, yer uchastkalari bormi?
Uningkiraverishiqandaybezatilgan?
Tarbiyachi: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu- naviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida joylashgan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona, hamshira, mudira xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan. Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz (5–6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi).
Tarbiyachi: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim. Hozir
«Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola aytadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini an- iqlaydilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatlardagi kayfi- yatda aytishlari mumkin).