Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd


Monologik nutqni shakllantirish usullari



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə55/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Monologik nutqni shakllantirish usullari. Bolalarda gram- matik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllanti- rish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sin- taksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsi- yani yaratish muhim.

Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltin-
chi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning gramma- tik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda

  • hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.

Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar – bolalar- ning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birik- masini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirish- ni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullari- ni, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jara- yonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shaklla- nadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tu- zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa fikrni so‘zlarda izchil, ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga, talaffuzning sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli metodik usullarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihat- larini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va
maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez or- tishiga olib keladi.


Xulosa:

Bolalar lug‘atini boyitishning asosiy manbasi bo‘lib kattalar nutqi, birinchi navbatda, bolalarni o‘qitib, tarbiyalaydigan tarbiyachining nutqi hisoblanadi. Ular tarbiyachidan obrazli so‘zlarni, ifoda va qo‘llash usullarini o‘zlashtirib oladilar; ular nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratib ololmaydilar va eshitgan barcha so‘zlarga taqlid qiladilar. Shuning uchun tarbiyachining nutqi namunaviy bo‘lishi lozim. Obrazli nutqni rivojlantirish keng ma’noda nutq madaniyati- ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Monologik nutqni shakillantirishning nazariy asoslari nima- lardan iborat?

  2. Monologik nutq qanday shaklda namoyon bo‘ladi?

  3. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli qaysi?

  4. Monologik nutqni rivojlantirishning asosiy shartini ayting?

  5. Fikr bildirishning qanday turlari mavjud?

  6. So‘zning til birligi sifatidagi xususiyati haqida nimalarni bi- lasiz?

  7. Monologik nutqni shakllantirish usullarini sanab bering?

  1. Yüklə 3,88 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin