Harakatli o‘yin:«Kim tezroq paxta teradi».
Ikkita guruh bittadan yugurib borib, chanoqni olib, savatga soli- shadi, orqaga qaytib, safning ortiga turishadi.
18-§. Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirish metodikasi
Reja:
Nutqiyvafonematikeshitishnirivojlantirish.
Nutqiymuloqotmadaniyatinishakllantirsh.
Tovushtizimi,intonatsiyaningmohiyativamazmuni.
Tayanch tushunchalar: nutqiy va fonematik eshitish, nutqiy mu-loqot, tovush tizimi, tovush artikulatsiyasi, artikulatsiya, intonatsiya,jismoniy daqiqa, ohang, tembr, pauza, og‘zaki (dialogik) nutq, ra-von nutq, tovush madaniyati, nutqni rivojlantirish, tetiklashtiruvchimashq, orfoepik talaffuz, xalqona talaffuz, prosodemalar, nonutqiyvosita, orfoepiya.
Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish. Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq ma’naviy boylikla- rini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‘z davrining ilmiy yutuqlarini o‘zlashtira olishlari, ularning insoni- yatning ilg‘or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O‘zbekistonda demokratik jamiyatning to‘laqonli quruvchilari bo‘la olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir.
Bolalarga nutqni o‘rgatish uchun bo‘lajak tarbiyachi nutqni rivoj- lantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi va ushbu soha- ning fanga ma’lum bo‘lgan metodlarini o‘zlashtirishi, bolaning ona tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.
Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va yangi tildagi so‘zlarga o‘rgatish, tovush qurilishining asosiy qonuniyat- larini farqlash zarurligi; to‘g‘ri adabiy talaffuz qoidalarini o‘zlashtirish, tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, ya’ni undoshlarning qattiqligi- yumshoqligi, jarangli va jarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishni o‘zlashtirib olish asosida sheva bilan gapirishning oldini olish maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini o‘stirishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. To‘g‘ri adabiy talaffuzni mashq qilishni nutqni o‘zlashtirishning keyingi bosqichlarida ham davom ettirish darkor.
Bolalarning o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik (ifoda) qiyinchiliklarning yangi fonetik (tovush) qatlamga o‘tishidan boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p holatlarda ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‘rinishidagi aso- ratlarni qoldiradi. Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvis- tik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi. Hattoki, rus muhitida yashaydigan va o‘zga tilni yetarli darajada egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi nutqdagi milliy she- vadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitishda birinchi mashg‘ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g‘ri adabiy talaffuzni shakl- lantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldida quyidagi vazifalar turadi:
eshitish organlarini yangi til tovushlariga o‘rgatish;
bo‘g‘inlardagi, so‘zlardagi tovushlarni rus tilining orfoepik qoi- dalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish;
bolalar nutqining ifodaviyligini, yaxshi talaffuzni shakllantirish;
milliy shevaning oldini olish.
To‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning muhim qismi hisoblanadi. Bu ish lug‘atni, ravon va grammatik to‘g‘ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bo- lalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodi- kasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbi- yalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qan- day sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirish- ning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).
Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalar- da nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuni- yatlarini o‘rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-psixologik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ish- lab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalarni muvaffaqi- yatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog‘chalari tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasi bolalarga ona tilini o‘rgatishning obyektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O‘zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan hamda hozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‘z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‘chirgan holda bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p narsani nazardan qochi- radi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni ri- vojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amali- yotda tekshirib ko‘rilmoqda, amaliyotning o‘zi fan oldiga hali o‘z yechimini topmagan muhim masalalarni qo‘ymoqda.