Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə62/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Mashg‘ulot:


Mavzu: Suratga qarab hikoya tuzish: «Paxta milliy boyligimiz».
Maqsad: Tasvir bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga o‘rgatish.

Vazifalar:


lakasini mustahkamlash.

  • Paxtaning o‘zbek xalqi turmushidagi o‘rni, asosiy milliy boyligimizdan, biri ekanligini tushuntirish.

  • Bog‘lanishli nutq – hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  • «Paxtazor» mavzusida bolalar lug‘atlarini faollashtirish.

  • Bolalarning faol lug‘atiga mexanizator, paxta terar mashina, mahsulotlar nomlarini kiritiladi.

Kutilayotgan natijalar:


  • Tasvir bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga o‘rganadilar.

  • Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi.

  • Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, jumlalar tuzish ma- lakasi mustahkamlanadi.

Kerakli jihozlar: «Paxtazor» mavzusida rasmlar, paxtadan tay- yorlanadigan mahsulotlardan namunalar (paxta, sovun, ip kabilar).
Mashg‘ulotning borishi. Bolalarga ko‘rinarli qilib «Paxtazor- da» mavzusida surat ilinadi. Tarbiyachi qisqagina kirish suhbati o‘tkazadi.
Bolalar, paxta – o‘zbek xalqining faxri, milliy boyligi hisob- lanadi. Uni e’zozlab «Oq oltin» deb ataydilar. Paxta yetishtirish uchun dehqonlarimiz juda ko‘p mehnat qiladilar. Bahor va yozda paxtani parvarish qiladilar. Kuzda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Hosil yig‘ib terib olinadi. Paxtadan ip, gazlama, yog‘, qog‘oz kabi mahsulotlar olinadi. So‘ngra tarbiyachi bolalar diqqatini suratga jalb qiladi.

  1. Suratda qayer tasvirlangan? (paxtazor).

  2. Bolalar nima haqida suhbatlashyaptilar?

  3. Suratga nima deb nom berish mumkin?

  4. Paxtalarni qanday mashinalar teryapti?

  5. Paxta terar mashina haydovchisini kim deb ataymiz? (me- xanizatorlar)

  6. Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?

Tarbiyachi: Mana endi, suratga qarab hikoya tuzishga harakat qi- ling. Avval hikoyaga qanday nom berishingizni ayting?
Bolalar hikoya tuzishga qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.
Tarbiyachining hikoya namunasi:
Katta paxta dalasi. Paxtalar qiyg‘os ochilgan. Uchta paxta terar mashina paxta dalasida ishga tushirilgan. Paxta terar mashinani mexanizatorlar boshqaryaptilar. Shahzoda va Zuhriddinlar pax- tazorni tomosha qilib turibdilar. Zuhriddin Shahzodaga «Men katta bo‘lsam albatta mexanizator bo‘laman. Mashinada paxta terishni orzu qilaman» dedi.
Hikoyangizni qiziqarli tugating (bolalar hikoyalarini tugatishga qiynalsalar, tarbiyachi ularga yordam berishi mumkin).

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin