Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.
Bog‘lanishli nutq–hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Jumlalarni, tovushlarni aniq aytish, ovoz ohangini to‘g‘ri qo‘llash.
Kutilayotgan natijalar:
Voqeani tasvirlashda sodda yoyiq gaplarni qo‘llashni o‘rganadilar.
Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi.
«Kuz» mavzusida lug‘at faollashadi.
Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rganadilar.
Jumlalarni, tovushlarni aniq aytadilar, ovoz ohangini to‘g‘ri
qo‘llay oladilar.
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan interfaol usullar:
Aqliy hujum.
Qisqa hikoya.
Savol- javob.
Tetiklashtiruvchi mashqlar.
Borishi. Bugun biz kuz fasli haqida hikoya tuzamiz. Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi. Kuzda ob-havo turlicha bo‘ladi?
quyosh nur sochsa, osmon musaffo va tiniq bo‘lsa, kuzni qan- day atash mumkin? (Oltin kuz, erta kuz).
agar osmon bulutlar bilan qoplangan bo‘lib, sovuq shamol essa, tez-tez yomg‘ir yog‘sa, kuzni qanday atash mumkin? (Kech kuz, sovuq kuz, seryomg‘ir kuz).
d) kuzda daraxtlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? (barglar qizg‘ish- sariq tusga kiradi, yerga to‘kiladi).
s) kuzda qushlar qanday yashashadi? Qaysi qushlar uchib ketishadi?