Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə67/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta’limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi. Xuddi til kabi in-
sonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bo‘ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni o‘rab turgan borliq aksi hisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog‘liqligi kishilarning ish- lab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bo‘lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishda- gi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. Bola o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. O‘yin jara- yonidagi o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan dialog
- muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi. Bolalar endi qo‘shnilari e’tiborini jalb qila oladilar, o‘zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq obyektiv aloqalar- ning o‘ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‘ladi, u bularni so‘z, to- vush, qofiyalar va fikrlar bilan anglaydi.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalari turli- cha. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda, o‘ziga, o‘z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o‘zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi o‘z o‘rtog‘ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun bola mavjud barcha vositalardan, vaziyatdan kelib chiqib beixtiyor bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar, yuz ifo- dasi, harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tu- shunarli bo‘lgan) foydalanadi.
Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual qiyofasini yaratgan holda o‘zaro hamjihatlikda mavjud bo‘ladi.
Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kom- pozitsion shaklini o‘zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs ji- hatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik muloqot nafaqat aloqa (intellektual axborot) va o‘z manfaatlariga yo‘nalishni, balki sherikning nuqtayi nazarini, uning qiziqishlari, is- taklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda tutadi. Dialogda nut- qiy harakatlarni muvofiqlashtirish bevosita o‘z tengdoshini tushuna olish va uning nuqtayi nazarini qabul qilishga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin