Nutqnirivojlantirish – bolaning yakka tartibdagi psixologik jarayonida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga doir murakkab va ko‘p omilli jarayondir.
Bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ush- bu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: bolalarga nutqiy muloqot- ning muhim shakli – og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvo- fiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda mak- tabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish.
Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoi- dalari asosida quriladi. Uning «Til inson faoliyatining barcha soha- larida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo‘lib hisoblanadi. Shu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vosi- tasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyat- lar bilan qurollantirishga qaratilgandir.
Nutq madaniyati – bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy mu-
loqot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga
olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foy- dalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapi- rishdan iboratdir.
Bolalarga ona tilida nutqni o‘rgatish tajribasidan ma’lumki, alo- hida tovushlar artikulatsiyasini o‘zlashtirish bola uchun eng qiyin vazifa hisoblanadi. O.I.Soloveva nutqning tovush madaniyatini tarbi- yalashga doir ishlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilar ekan, «peda- gog oldida bolalarga so‘zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, so‘zlarni rus tilining orfoepiya qoidalariga muvofiq holda to‘g‘ri ta- laffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diksiya) o‘rgatish, ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi19.
Ayni paytda nutqdagi tovushni shakllantirish jarayonida tarbiya- chi ayrim logopedik usullardan foydalanishi, ya’ni xuddi logoped kabi nutq kamchiliklarining oldini olishga qaratilgan ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tilni amalda o‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo‘g‘in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yosh- dagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.