Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə71/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Jismoniy daqiqa.


Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtirib, bolalarni kuz haqi- da hikoya tuzishga taklif etadi. Hikoya tuzganingizda kuzgi ob-havo qandayligi haqida gapiring, Kuzda kattalar mehnati haqida gapiring. Hikoya tuzganingizda hozir ishlatilgan so‘zlardan foydalanishingiz mumkin (5–6 ta bolalar hikoyasi tinglanadi).
Eslatma: Tarbiyachi «Kuz» mavzusida o‘zi hikoya namunasini tuzib berishi mumkin.
Issiq yozdan so‘ng kuz fasli keladi. Kuz fasli kirib kelishi bilan havo salqinligi seziladi. Daraxt barglari birin-ketin qizg‘ish-sarg‘ish tusga kira boshlaydi. Qaldirg‘och, ko‘k qarg‘a, turna kabi qushlar uchib ketishadi. Bog‘larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazor- larda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog‘larda ish qizg‘in bo‘ladi. Kuzgi meva, poliz ekinlari yig‘ib olinadi.
Tarbiyachi mashg‘ulotni maqol aytish bilan yakunlashi mumkin.
Maqol mazmunini bolalarga tushuntirib beradi.
Yer haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :


  • Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

  • Kuzda ob-havo qanday bo‘ladi?

  • Qanday qushlar uchib ketishadi?

  • Bog‘larda qanday mevalar pishadi?

  • Qanday poliz ekinlari pishib yetiladi?

  • Kimning hikoyasi sizga yoqdi?
Xulosa:

Nutqning grammatik tizimini o‘zlashtirish ustidagi ishlar jara- yonida nutqning turli qismlarida so‘z hosil qilish usullarini o‘rganish, til umumlashmalarini shakllantirish, shuningdek, sintaktik tuzilma- lar qurish (oddiy va qo‘shma gaplar) vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo‘ladi.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko‘proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko‘nikmalarga asoslanadi.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga har xil turdagi matnlarni tuzishni o‘rgatishga doir ishlar shakllari va metodlarini meto- dik jihatdan asoslang.

  2. Lug‘at ishining bosh vazifasi qaysi metodlar, usullar orqali amalga oshirilishi lozim? (lug‘at zaxirasini boyitish, kengayti- rish va faollashtirish).

  3. Bolaning ona tilidagi nutqi mazmunini rivojlantirish uchun qaysi shart-sharoitlar zarur? O‘z javobingizni aniq misollar orqali asoslang.

  4. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirishga doir ishlar mazmuni nimalardan iborat? Bo- lalarda ona tilidagi grammatik jihatdan to‘g‘ri nutqni shakl- lantirish metodlari va usullarini tavsiflang.

  5. Bolalarda nutqning tovush jihatini rivojlantirish va takomil- lashtirish uchun qaysi metodlar, usullar va vositalarni qo‘llash zarur?

  6. Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishini

ayting. Har bir yo‘nalishni tavsiflang.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin