Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi indd



Yüklə 3,88 Mb.
səhifə66/217
tarix12.10.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#154490
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   217
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI

Tetiklashtiruvchi mashq.


O‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Bolalar tarbiyachi ayt- gan so‘zni bo‘g‘inlab aytib berishlari kerak: to-vuq, jo‘-ja, mu-shuk, ech-ki, qo‘l-qop, som-sa va hokazo. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Bolalar, hozir biz «So‘zni o‘zgartir» degan o‘yin o‘ynaymiz.
Tarbiyachi uchta bolani chaqiradi. Ular so‘zlar bo‘ladi. 1-bola jo‘ja, 2-bola kuchukchani, 3-bola uchratdi bo‘ladi, qanday gap hosil bo‘ldi. (Bolalar javoblari) Agar 1-so‘z o‘rniga boshqa so‘z qo‘yadigan bo‘lsak yangi gap hosil bo‘ladi. Masalan, «Jo‘ja» so‘zining o‘rniga qanday so‘zni qo‘yamiz? Bolalar javobi: «Mu- shuk» qanday gap hosil bo‘ladi? Bolalar javobi: Mushuk kuchuk- chani uchratdi. Endi ikkita ketma-ket so‘zlarni o‘zgartiring. Jo‘ja mushukni ko‘rdi (Avvalgi so‘z o‘rnidagi bolalar chetga chiqadilar, ular o‘rniga boshqa bolalar chiqadilar).

  1. Tovush artikulatsiyasini egallash ancha uzoq va murak- kab jarayon bo‘lib, u ko‘pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha cho‘ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof so‘zlay boshlaydi. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettin- chi yiliga kelib, ya’ni bolalarga o‘qish va yozishni o‘rgatish boshla- nadigan davrga kelib, uning barcha tovushlar artikulatsiyasini to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo‘yadi.

Bolalarga to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirish vazifasi agarda ular or- foepik talaffuzli shaxslar ichida o‘sayotgan bo‘lsa, juda oson hal eti- lishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulatsiya bazasi to‘g‘ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi so‘zlarni eshitsa, bu jarayon juda qiyin kechishi (aniqrog‘i –hech narsani o‘zlashtira olmasligi) mumkin.
Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o‘z- o‘zidan, prosodemalar, ularning artikulatsiya organlarini modullashti- rishdagi ishtiroki masalasi juda kam o‘rganilgan.

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin