Maktabgachata’limmuassasalaridabolalarniravonnutqqao‘rgatish. Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo‘lgan og‘zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli – dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi bolalarda ravon so‘zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlanti-
rishdan iborat. So‘zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko‘p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob be- rish va o‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo‘yicha izchil ja- vob berish qobiliyati shakllanadi.
Nutqning ushbu ikki turlari o‘rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sa- bab-oqibatli aloqada bo‘ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo‘lishi mumkin: faktlar haqi- qatan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo‘lishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo‘lgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. Dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, so‘ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning mono- logik nutqlari bo‘ladi.
Ravon nutqdan til elementlari – tovushlar, morfemalar, so‘zlar, gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o‘rnini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashq- lar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.
Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea- hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin. Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosa- bati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, mala- ka va ko‘nikmalar mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda ravon nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglashda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlana- di. Unda «Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur»da bo- lalarni buyuk siymolar, sarkardalar, ulug‘ mutafakkirlar haqida bilim
berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va ken- gaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.