To‘g‘ri: «O» tovushi cho‘ziq aytilyapti, unli tovush. Ot so‘zida
«O» tovushi so‘zning boshida kelyapti, «O» tovushi so‘z o‘rtasida ham, oxirida ham keladi. Masalan: sado, non.
Jismoniy daqiqa.
Tarbiyachi bolalarga «Rasmni top» o‘yinini taklif etadi. Buning uchun tarbiyachi bolalarni uch guruhga bo‘ladi: 1-guruhga «O» tovushi bilan boshlanadigan predmetlar rasmlarini topish, 2-guruhga «O» to- vushi bilan tugaydigan predmetlar rasmlarini, 3-guruhga «O» tovushi so‘z o‘rtasida kelgan predmetlar rasmlarini topish aytiladi, qaysi guruh o‘ylanib, belgilangan muddatda so‘z topa olmasa, o‘yindan chiqadi. O‘yinni oxirigacha davom ettirgan guruh g‘olib sanaladi.
Bolalar uchun amaliy ish.
Tez aytish:
Oqqush ko‘lda suzadi, Oppoq bo‘yin cho‘zadi
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
Bugun qaysi tovush bilan tanishdik? U qanday tovush ekan?
Bu tovushni nima qilamiz?
Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz? Qaysi tovushlar unli tovushlarga kiradi?