PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-5, Issue-1, March-2022
157
NUTQ USLUBLARI
Xudoykulova Mastura Shuxratovna
Izboskan tuman 2-son kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada nutq uslublari, adabiy nutq uchun mos xususiyatlari
bilan ajralib turadigan ko'rinishlari, ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan
so‘zlar haqida to'liq bayon etilgan.
Kalit so'zlar:
adabiy nutq,so'zlashuv uslub,
publitsistik uslub,badiiy uslub,
ilmiy
uslub,rasmiy-idoraviy uslub.
Kirish:
Til inson hayotida g'oya
almashish, aloqa-aralashuvning
eng muhim vositasi
sanaladi. U yozma va ogʻzaki nutq davomida o'z ijtimoiy vazifasini amalga oshiradi.
Nutqning adabiy va shevalarga xos ko'rinishlari mavjud.
Adabiy nutq so'z san'atkorlari yozuvchilar, shoirlar, olimlar yordamidan ishlangan,
qat'iy me'yorlarga ega bo'lgan nutq ko'rinishidir. Adabiy nutqda har bir so'z va
qo'shimchaning
talaffuzi, imlosi,
foydalanilishi, ma'nolari
aniq chegaralar bilan
belgilangan.Ushbu me'yorlarni buzish qo'pol xato sanaladi. Odatda, barcha rasmiy
yozishmalar, hujjatlar, oʻqitish faoliyatlari, matbuot xabarlari adabiy nutqda amalga
oshiriladi.
Adabiy nutq me'yorlarini buzish nafaqat
savodsizlik va madaniyatsizlik, balki o'z
ona tiliga nisbatan hurmatsizlik belgisi sanaladi. Mana shuning uchun, umumta'lim
maktablarida «Ona tili» o'quv fanlaridan biri sanaladi.
Binobarin,mana
shu fan
adabiy
nutq
me'yorlarini
o'rgatadi,
undan
foydalanish
malakalarini
takomillashtiradi.
Asosiy qism:
Adabiy nutqning aniq bir sohadagi muloqot uchun belgilangan, bir qator oʻziga mos
xususiyatlari bilan ajralib turadigan ko'rinishlari - uslublari mavjud.Bular
quyidagilardan iborat;