Nutq uslublari


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 41,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü41,32 Kb.
#192653
1   2   3   4   5
157-161

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-5, Issue-1, March-2022
 
158 
1) so'zlashuv uslubi;
2) publitsistik uslub;
3) badiiy uslub; 
4) ilmiy uslub;
5) rasmiy-idoraviy uslub.
So'zlashuv uslubi insonlarning oilada, ko'cha-ko'yda g'oya almashinuvi vaqtida 
foydalaniladigan nutq uslubi hisoblanadi. So'zlashuv uslubi, ko'pincha dialog 
shaklida bo'ladi. 
Publitsistik uslub axborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks 
ettirishga xoslangan ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye, gazeta-
jurnallar) uslubidir. 
Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya'ni badiiy asarlarga mos bo'lib, unda badiiylik, 
ifodaviylik, ta'sirchanlik kuchlidir. 
Ilmiy uslubga mantiqlilik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng foydalanilishga xos 
bo'lib, hamma ilmiy asarlar, shuningdek, maktab darsliklari ham shu uslubda 
yozilgan. 
Rasmiy-idoraviy uslub o'ziga xos nutq uslubidir. Barcha qonunlar, Prezident 
farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog'ozlari, idoralararo 
yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy 
uslubda gaplar ixcham va aniq boʻladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga 
olinsin,ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so'zlar va so'z 
birikmalari keng qo'llaniladi. 
Shuni ta'kidlash joziki,nutq uslublari tizimini tashkil etuvchi vositalarning bir-biri 
bilan o'zaro aloqasi ayni shu nutq uslubining asosiy vazifasidan kelib 
chiqadi.Masalan,ilmiy uslubning asosiy vazifasi-tabiiy va ijtimoiy hayot 
hodisalarini,muayyan fikrning mantiqiy isbotini aniq ta'riflash va izohlashdan 
iborat.Ilmiy uslubning mantiqiy xarakteri uning leksik-frazeologik va grammatik 
xususiyatlarida o'z ifodasini topadi. 



Yüklə 41,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin