Ogʻzaki nutq:
rasmli ertakni aytib bera olish; rasmlar asosida mehmon
boʻlish va mehmon kutish odobi haqida suhbat uyushtira oladi; rasmda
ifodalangan narsalardan mavzuga aloqadorlikni tushuna oladi; oʻz tajribasi
asosida mehmon kutish va mehmon boʻlish haqida reja, yoʻnaltiruvchi savol,
kalit soʻzlardan biri yordamida gapirib bera oladi.
Oʻqib tushunish:
matnni va shu matn asosidagi savollarni oʻqib,
rasmlarda aks ettirilgan mehmon boʻlish va mehmon kutish odobiga doir
harakatlarni aytib bera oladi; matn/dialogni oʻqib tushuna oladi; matn/dialogni
tushunishga yoʻnaltirilgan savollarga javob bera oladi; matn asosidagi
sxemalar, maʼlumotlarni moslashtiradi; sheʼrni ifodali oʻqish va undagi
obrazlarni tahlil qila oladi.
Yozma nutq:
mavzu doirasidagi soʻzlarni toʻgʻri yozish; matn asosida
dialog matni yoza oladi; matnda
uchragan soʻzlar asosida boʻgʻin koʻchira
oladi; rasm asosida tuzilgan ertakni yoza oladi; sheʼrdagi ohangdosh
soʻzlarni yoza oladi; mehmonga borish odoblari haqida rasmlardan
foydalanib matn yoza oladi; mehmondorchilik yakunida aytiladigan 3 ta tilak
bildira oladi.
Dostları ilə paylaş: