www.scientificprogress.uz
Page 771
Nutqiy xatolarni to’g’rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog’lab,
maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.
Nutqiy xatolarni to’g’rilash. O’quvchilar og’zaki va yozma nutqida yo’l
qo’ygan nutqiy xatolarni o’z vaqtida to’g’rilab borish zarur. O’quvchi yo’l qo’ygan
xatosining to’g’ri variantini o’zlashtirsin, imkoni bo’lsa, xatoning kelib chiqish sababini
tushunsin. Xatoni to’g’rilashning eng foydali usuli yo’l qo’ygan xatosini o’quvchining
o’zi to’g’rilashi
hisoblanadi, agar o’quvchi xatosini to’g’rilay olmasa, uni o’qituvchi
to’g’rilaydi. Xato turiga qarab to’g’rilanadi: gap yoki so’z birikmasi qayta tuziladi, so’z
boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so’z qo’shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi.
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun
darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O’qituvchi o’quvchilar
insho yoki
bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib,
eng yaxshi yozilgan matnni
o’qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar
aniqlanadi. Yo’l qo’yilgan xatoni to’g’rilash yo’li tushuntiriladi. SHundan so’ng xato
ustida birgalikda ishlanadi: o’qituvchi yo’l qo’yilgan xatoning bir turini to’g’rilash
yuzasidan topshiriq beradi: «Noo’rin ishlatilgan so’zni boshqasi bilan almashtiring».
Xatosi bor matnni o’qib yoki yozib beradi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan xatoni topadilar,
maqsadga muvofiq so’z
bilan almashtirib, uni to’g’rilaydilar va tushuntiradilar.
Grammatikaga oid mavzuni o’rganishda o’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin
bo’lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi
tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o’rganganda,
kishilik olmoshlarining
takrorlangan so’zlar o’rnida qanday ishlatilishi o’quvchilarga misollar bilan
tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar.
O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirishdagi
muvaffaqiyat quyidagi
uch asosiy omilga bog’liq:
1) so’zga e’tibor bilan munosabatda bo’lish, o’quvchilarning ko’p mutolaa qilishi,
atrofidagi kishilarning to’g’ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit;
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, tog’ri yozuv qoidalari o’z-o’zidan paydo
bo’lib qolmaydi. Buning uchun o’qituvchining nutqi mukammal bo’lishi va u xatolar
ustida ishlashni o’quvchilarga o’rgatishi, o’quvchilarning ham og’zaki va yozma nutqini
mukammal bo’lishiga undashi lozim.
REFERENCES
1. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi, O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining
axborotnomasi, 7-maxsus son. T.: SHarq, 1999.
2. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti, Boshlang’ich ta’lim
jurnali. Toshkent, 2005. №5. 5, 6, 8-9-betlar.
3. Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi o’quv dasturi, Boshlang’ich ta’lim jurnali.
Toshkent, 2005. №5. 21- 33 – betlar.