724
Aytilgan ma’lumotlar yuqori qatorlarda takrorlanish holatlarida matnga ilova
qilish mumkin. Ilova quyidagicha bo‘ladi: “qarang...” Va bu yillarga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
Birorta qatorda joy yetishmagan hollarda bojxona yuk deklarasiyasi orqa
tomonida zarur ma’lumotlar keltirilishi va u deklarantningimzo va muhri bilan
tasdiqlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tegishli qatorda belgi qo‘yiladi “orqa tomoniga
qarang”.
Agar tovarlarga iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasa va to‘lov va soliqlar
solinmasa, undaqo‘shimcha varaq O‘rniga spesifikasiya ko‘rinishida tovarlar
ro‘yxati, qadoqlash varag‘i va x.k.lar, tovarning nomi, va tashqi iqtisodiy faoliyat
bo‘yicha tovarlar nomenklaturasi kodlari, soni, og‘irligi va bojxona narxi
qo‘yiladi.Ba’zi holatlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro
shartnomalarga mos ravishdabojxona nazoratidan ozod etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi oliy majlis depo‘tatlari va O‘zbekiston Respublikasi
vazirlar mahkamasi a’zolarining shaxsiy yuklari, ular hizmat vazifalarini bajarish
bilan
bog‘liq
ravishda
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan
O‘tgandabojxona nazoratidan O‘tkazilmaydi.
Hukumatlararo kelishuvga asosan chet el xavo kemalari, harbiy va harbiy
transportxavo kemalari, shuningdek O‘zi yurib ketayotgan harbiy texnikalar bojxona
nazoratidan ozod qilinadi.
Bojxona organlari qonunga mos ravishda bojxona nazoratini O‘tkazish uchun
yordam berishga mo‘taxassis va ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Bojxona nazorati O‘tkazish uchun ajratilgan hudud va xonaga, bojxona organi
xodimlari,ularning mansabdor shaxslari hizmat guvohnomasi asosida va bojxona
organi rahbarining buyrug‘i asosida ruxsat berilgan shaxslar (talaba-amaliyotchilar)
kirishi mumkin.
6.
Dostları ilə paylaş: