Yo‘lovchi va yuk bojxona deklarasiyasi (ybd va yubd) – bojxona chegarasi
orqali O‘tiladigan yuklar, qimmatbaxo buyumlar (valyo‘ta va boshqa qimmatbaxo
narsalar) haqidagi bojxona organlari uchun zarur ma’lumotlarni O‘z ichiga olgan
hujjat.
Bojxona nazorati – yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan
yo‘lovchilarning davlat chegaralaridan O‘tishida, tartib - qoidalar saqlanishini
boshqaradigan, valyo‘talar, qimmatli qog‘ozlarni transport vositalarini kiritish-
chiqarish yoki tovarlarni (yukni)tranzit qilish qoidalariga rioya qilinishi uchun
yo‘naltirilganbojxona organlari harakatlari.
Bojxona rasmiyatchiligi – jismoniy shaxslarni, jumladan yo‘lovchilarni
respublikaga kirishiyoki undan tashqariga chiqishi hamda tovarlar, transport
vositalari va mollarnichegaradanO‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lganharakatlar
yig‘indisi.
Bojxona proseduralari – jismoniy shaxslar, jumladan yo‘lovchilarni
chegaradanO‘tish tartibini nazorat qilishva tovarlarga, transport vositalariga,
mollarga bojxona xujjatlarini rasmiylashtirish, bojxona plombalari va pechatlarini
qo‘yish, qimmatbaxo buyumlar va yuk haqidagi bojxona deklarasiyasini to‘ldirish,
to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini hisoblash va bojxona qonunchiligini
ijro etish uchun qilinadigan bojxona organining boshqa harakatlari.
Bojxona organining faoliyat yuritish zonasi – konkret bojxona organining
bojxona nazorati va rasmiylashtirish ishlarinibajaradigan hudud (viloyat, shahar va
aeroport).
Jismoniy shaxslar (yo‘lovchilar) ning kirish-chiqish bojxona organi –
jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidanO‘tishda
chegaradagi O‘tkazish punktida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining oraliq
bojxona organi.
Kiritish bojxona organi – O‘zbekiston Respublikasiga kiritiladigan yuklarni
chegaradan olib O‘tish punktida joylashgan O‘zbekiston Respublikasiningoraliq
bojxona organi.