O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


-jadval  Sanoat temir yo‘l transportidagi lokomotivlar texnik tavsifi



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə409/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

 
28-jadval 
Sanoat temir yo‘l transportidagi lokomotivlar texnik tavsifi 
Lokomot
ivlar 
Seriyasi 
Ishlab 
chiqarilgan 
Joyi 
Dvigatelining 
quvvati 
Og‘irligi, 
tk 
Har bir o‘qdan 
izlarga 
tushuvchi 
Og‘irlik, tk 
Tortish 
kuchi, 
Kgk 
Kvt soat Ot kuchi 
Elektrovozlar 
1 upk 
Rossiya 
840 

80 
20 
12000 
21e1 
Chexiya 
1560 

150 
25 
19800 
26 e 
Chexiya 
2550 

180 
30 
31700 
El-1 
Germaniya 
2100 

150 
25 
24900 
D 94 
Rossiya 
2550 

94 
28,5 
24000 
Teplovozlar 
Tem-1 
Bryansk 
zavodi 

1000 
122,4 
20,4 
20000 
Tgm-10 
Bryansk 
zavodi 

1200 
121,2 
20,2 
23000 
Tgm-3 
Lyudinovsk 
zavodi 

750 
68 
17,0 
14000 
Tgm-5 
Lyudinovsk 
zavodi 

2x1200 
160 
20 
46000 
Tgm-1 
Muromsk 

400 
48 
16,0 
12200 


739
zavodi 
Tgm-23 
Muromsk 
zavodi 

500 
48 
16,0 
14000 
Tgk-2 
Kalujsk zavodi 

150 
25 
12,5 
6250 
Tgk-2 
Kalujsk zavodi 

220 
30 
15,0 
7400 
Tgk-6 
Kalujsk zavodi 

2x1200 
2x86 
22,0 
2x1300 
Shtatining“katerpillar” va shvetsiyaning “yuklid” modelli avtopoezdlari 
qo‘llaniladi. Kelajakda esa avtopoezdlarning ko‘tarish qobiliyati 200 t va undan ortiq 
ham bo‘lishini nazarda tutishlik lozim. Bundan tashqari amudaryo suv yo‘llari 
yoqasidagi sanoat korxonalarida 100ga yaqin suv kemasi va boshqa transport 
jihozlari ham mavjuddir. 
29-jadval 
Turli sanoat transportlarida umumiy yuk oborotining taqsimlanishi 
Sanoat transporti 
Turlari
Yuk oborotining taqsimlanishi, foizda 
1965 yil 
1970 yil 
1980 yil 
2000 yil 
Temir yo‘l 
46,8 
45,1 
42,2 
50,8 
Avtomobil 
33,6 
74,4 
43,8 
46,9 
Boshqa transportlar 
(konveyer, quvur orqali 
yuborgich, osma kanat yo‘llari) 
19,6 
21,5 
23,1 
2,9 
Izoh: 1965-1980 y. Sobiq sssr va 2000 y. O‘zbekiston Respublikasi 
statistikako‘rsatkichi
Ekspertlarbaholarigako‘ra,biryilmobaynida sanoattransporti barcha turlarida2,5 
mlrd. Tonna yuk tashilgan. Ular o‘rtasidagi yuk tashish taqsimoti 29-jadvalda 
berilgan. 
2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l shaxob-chalarida 141,4 mln. 
Tonna yuk o‘rtacha 9,5 kilometr masofaga tashildi. Sanoat temir yo‘l transportida 
tashilgan yuklar umumiy hajmi magistral temir yo‘llarda tashilgan yuklar hajmidan 
2,93 marta ko‘pdir. 
Sanoat korxonalari yuklarini tashish 
Sanoat yuklariga yog‘och, ruda, metall, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, jihozlar va 
shunga o‘xshash yuklar kiradi. Yog‘och va yog‘och materiallar maxsus jihozlangan 
transport vositalarida tashiladi. Yog‘och uzunligiga qarab kichik (3 m), uzun (3 dan 
12 m gacha) va juda uzun (12 m dan ortiq) yog‘ochlarga ajratiladi. Tashilgan 
yog‘ochlar tonna yoki kubometrda hisobga olinadi. Taxta materiallar paket usulida 
tashiladi. Metall prokatlar va quvurlarni tashishda bortli avtomobil va 


740
avtopoezdlardan foydalaniladi. Uzun prokat (6-14 metr) va quvurlarni tashishda 
maxsus avtopoezdlardan foydalaniladi. 
5-6 va 10-12 metrli metall quvurlar avtomobil-tyagach va ajratiladigan tirkamali 
avtopoezdlarda, uzunligi 24-48 metrli yig‘ma metalla quvurlar esa avtomobil-tyagach 
va ikki tirkamali avtopoezdlarda tashiladi. 
Xavfli yuklarni tashish jarayonida zarur qoida va ko‘rsatmalarga qat’iy rioya 
qilish kerak. 
Avtomobil transportida xavfli yuklar tashish ko‘rsatmalarida belgilangan 
tartibda tashkil qilinadi. Tashish ishlari faqat maxsus jihozlangan transport 
vositalarida bajariladi. Avtomobillarni boshqarish tibbiy ko‘rik va maxsus 
tayyorgarlikdan o‘tgan, kamida 3 yillik mehnat malakasiga ega bo‘lgan xavfli 
yuklarni tashishga ruxsatnomasi bo‘lgan haydovchilargagina ruxsat etiladi. 
Xalq xo‘jaligida ballonlarda kislorod, vodorod, bo‘tan-propan va tabiiy gazni 
tashish keng tarqalgan. Ballonlarda siqilgan va suyo‘ltirilgan gazlarni tashishda tara 
koeffitsienti qiymati katta bo‘lib, yuk ortish-tushirish ishlarida juda ko‘p mehnat 
sarflanadi. 
Siqilgankislorodhajmi 40 litr bo‘lgan maxsus metall ballonlarda tashiladi. 
Balloning sof og‘irligi 70 kg bo‘lib, undagi kislorod massasi 8 kg ni tashkil qiladi. 
Ballonlar maxsus moslamalar yordamida bortli avtomobillarda tashiladi. Bunda 
ballonlar kuzovga ventillari bir tomonga yo‘naltirilib, gorizontal holatda 3-4 qator 
qilib joylashtiriladi. Yuklash-tushirish ishlari qo‘lda bajariladi. 
Ballonlardagi bo‘tan-propapgazlarini tashishda shassisida maxsus kuzovi 
bo‘lganavtomobillardan foydalaniladi. Kuzovga 48 ta ballon gorizontal holatda 
joylashtiriladi. Ballondagi gazlarni tashishda konteynerlardan ham foydalaniladi. 
Konteyterlarga 4-8 dona ballon vertikal holatda joylashtiriladi. Yuklash-tushirish 
ishlari mexanizmlar yordamida bajariladi. Konteyterda ballonlarni tashishda krani bor 
avtomobillardan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Neft mahsulotlaridanyoqilg‘i, moy va mazutlar, tarasiz usulda, sisterna kuzovli 
avtomobillarda tashiladi. Neft mahsulotlarini temir bochka, flyaga va bidonlarga 
quyib, bortli avtomobillarda tashish ham amalda keng qo‘llaniladi. 
Avtomobil sisternasining ichki qismi seksiyalarga ajratilgan bo‘lib, u erga 
to‘lqinso‘ndiruvchi moslamalar joylashtiriladi. Sisternaning yuqori qismida 
suyuqlikni quyish joyi bo‘lib, pastki qismiga tushirish moslamasi (nasos qurilmasi) 
o‘rnatiladi. 
Neft omborxonalarida maxsus rezervuar (idishlar)dan nasoslar yordamida 
sisternalarga yoqilg‘i quyiladi. 
Ruda tashishda belaz, yuklid va katerfillar rusumli samosval avtomobillardan 
foydalaniladi. Bu avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligi 12 dan 150 tonnagacha. 
Kuzovi urilish kuchlariga qarshilik ko‘rsata oladigan qilib ishlangan. Ruda tashishda 
samosval kuzovli avtomobillarning karerdagi harakati qarama-qarshi, tupik va 
halqasimon ravishda tashkil qilinadi. 


741
Katta massali gabaritsiz yuklarga transformatorlar, turbinalar, reaktorlar, 
dastgohlar, qozonlar va shunga o‘xshashlar kiradi. Bu yuklar balandligi 6-7 metr, 
uzunligi 40-50 metr, eni 5-7 metrga yaqin bo‘ladi. Massasi 40 tonnagacha bo‘lgan 
yuklarni tashish uchun avtomobil-tyagach va yuk ortish balandligi 800-1300 mm ni 
tashkil 
qiladigan 
yarim 
tirkamali 
avtopoezdlardan 
foydalaniladi. 
Yuk 
ko‘taruvchanligi 15 tonnadan katta bo‘lgan yarim tirkamalarda ikkita o‘q bo‘lib, har 
bir o‘qda 8 tadan g‘ildirak bo‘ladi. Ayrimlari yarim tirkamalar, ko‘targich, ko‘prik va 
chig‘irlar bilan jihozlanadi. 
Katta massali gabaritsiz yuklarni tashish uchun transport vositasini tanlash, yuk 
ortish-tushirish ishlarini tashkil qilish va shu kabi muhim ishlarni bajarish kerak. 
Sanoat korxonalaridagi yuklarni tashishda sex, zavod ichidagi va tashqi 
transportlardanfoydalaniladi. Sanoat yuklari markazlashgan usulda tashilsa, tashqi 
transport xizmatidan foydalanilmaydi. Sanoatda yuk tashish ishlarida konteyner va 
tagliklardan keng foydalaniladi. 
Qurilish ashyolari, konstruksiyalar va materiallarni tashish jarayoni qurilish 
sur’ati va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qurilishda avtomobil asosiy 
transport turi bo‘lib hisoblanadi. Qurilish yuklarining turi ko‘pligidantashishda turli 
rusumdagi transport vositalaridan foydalaniladi. 
Sanoat korxonalariga tegishli transportlar bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari 
bilan magistral transportlardan ajralib turadi.
Sanoat korxonalariga tegishli transportlar tashqi va ichki tashishlarda ham, qisqa 
masofalarga tashishlarda ham transportning turli xillaridan foydalanadilar. Ko‘p 
hollar-da sanoat transporti vazifalarini temir yo‘l va avtomobil transportlari bajarib, 
ular katta miqdorli yuklarni korxonalar ichida yoki temir yo‘l transporti 
magistrallarida va korxonalar orasidagi tashqi aloqa yo‘llarida tashish bilan 
shug‘ullanadilar. Masalan, sanoat temir yo‘l transporti shaxob-chalarida 2000 yilda 
144,1 mln. Tonna yuk o‘rtacha 9,5 kilometr masofaga tashilganligi va bu magistral 
temir yo‘llarda tashilgan yuklar umumiy miqdoridan 2,93 marta ko‘pligi qayd 
qilingan. Temir yo‘llardagi ortish va tushirish ishlari umumiy hajmidan 80 foizi ham 
sanoat temir yo‘l shaxobcha-larida bajarilgandir.
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra, sanoat transportida ko‘p mingli ishlovchilar 
bo‘lishi tufayli ishlab chiqarish mahsu-lotlari tannarxida ular uchun sarflangan 
xarajatlar ulushi ham kattadir.
Sanoat korxonalari juda ko‘p tashiladigan yuklar turi va tavsifiga moslangan 
yoki ixtisoslashtirilgan transport jihozlariga egadir. 
Sanoat korxonalariga qarashli transportlarda yuk tashish tannarxi magistral 
transportlar turlarida yuk tashish tannarxidan ancha yuqori (qimmat) bo‘ladi. Bu 
boshlang‘ich va so‘nggi ishlar xarajatlari teng bo‘lgani holdaqisqa masofalarga yuk 
tashish bir xil vaqtga to‘g‘ri keladigan yuk oborotlari kam bajarilishi bilan izohlanadi.


742
Sanoat temir yo‘l transporti umumiy tashqi aloqalardagi tashishlarning yarmiga 
yaqinini bajaradi. Qolgan tashqi yuk tashish aloqalari sanoat korxonalaridagi 
avtomobil, konveyer va boshqa transport turlari yordamida bajariladi. 
Katta miqdorli yuklarni tashishda sanoat temir yo‘l transportning (ayniqsa, 
elektrlashtirilgan) iqtisodiy sama-radorlik bilan kengroq rivojlantirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Ayniqsa, 
tog‘ 
konlari 
ochiq 
usulda 
ishlanadigan 
joylarda 
elektrlashtirilgan temir yo‘llarni kengaytirishning iqtiso-diy ahamiyati kattadir. 
Sanoat temir yo‘l transportining o‘ziga xos tomonlariga quyidagilarni kiritish 
mumkin: poezdlar umumiy og‘irligi va harakat tezligining (15–40 km

soat) 
kichikligi; yuk tashish zichligining ozligi; izlarning burilishjoylari kichik radi-uslarda 
bo‘lib, nisbiy ko‘tarishlar kattaligi; bekatlararo masofalarning kichikligi; ko‘p erlarda 
temir yo‘l izlariningavtomobil yo‘llari bilan kesishganligi; passajirlar tashil-masligi 
va boshqalar.

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin