598
–
Brigadaga doimiy buyurtmachilarni biriktirish;
–
Yuk tashish hajmini va uni
bajarish muddatini belgilash;
–
Yuk tashish hajmiga qarab brigada a’zolarining sonini aniqlash;
–
Harakatlanuvchi tarkiblar turlarini tanlash va yo‘nalishda
ish rejimini
aniqlash;
–
Brigada a’zolari o‘rtasida ish sharoiti va vazifalarini muhokama qilish;
–
Brigada a’zolari bilan kelishilgan holda mehnatga haq to‘lash va
mukofotlash tartibini o‘rnatish;
Brigada a’zolari o‘zlari orasida brigada boshlig‘i va yordamchisini tanlash;
–
Korxona rahbari buyrug‘i bilan brigada boshlig‘i va yordamchisini
tasdiqlash;
–
Brigadaga buyurtmachilar
tomonidan yillik, chorak va oylik yuk tashish
topshiriqlari, mehnat unumdorligini oshirish va yuk tashish
sifatini yaxshilash kabi
topshiriqlar beriladi.
Brigada pudrati usulida mehnat unumdorligi o‘sibgina qolmay, yuk tashish
rejasining bajarilishiga brigada a’zolarining javobgarligi
va ish natijasiga qarab
moddiy jihatdan qiziqish ortadi. Brigada a’zosining har bir qo‘shgan hissasiga qarab
mehnatda qatnashish koeffitsientlari orqali mehnat hisobi yuritiladi.
Mehnatga qatnashish koeffitsientini (mqk) qo‘llash haydovchilarning o‘zlari
bajargan ishlarini to‘g‘ri baholashlariga hamda shunga yarasha haq to‘lanishiga
imkon beradi.
Haydovchilar ishini tashkil qilishning yakka tartibdagi ijara pudrati shaklida
haydovchi bilan ma’muriyat o‘rtasida ijarachilik munosabatlari o‘rnatiladi. Ijarachilik
munosabatining muhim sharti ijaraga olingan harakatlanuvchi
tarkibga zarar
yetkazmaslik va ijara haqini vaqtida to‘lab turishdir.
Dostları ilə paylaş: