O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202


-oddiy, ya’ni hech qanday maxsus moslama talab etmaydigan



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə413/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

 
-oddiy, ya’ni hech qanday maxsus moslama talab etmaydigan;
 
-tez buzuluvchi (oziq-ovqat mahsulotlari).Ularni tashish uchun maxsus sanitariya 
va harorat shartlari zarur; 
-keskin va ko‘ngilsiz xidli; 
-tirik (mol va qushlar). Bunday mollarni tashish uchun transport vositalari 
tashiluvchimoddalarni yo‘llarda oziqlantirish va ular axlatini tozalash va h.k.larga 
moslanganbo‘lishi zarur. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda foydalanilayotgantransport vositasida 
mahalliy sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan sanitar pasporti, haydovchi 
tibbiyot daftarchasi bo‘lishi kerak. Transport vositasi har kuni yaxshilab tozalanishi 
va grafik asosida dezinfeksiya qilinishi shart. 
Non mahsulotlari lotok yoki konteynerlarda maxsus transport vositalarida 
tashiladi. Lotok va konteynerlar qo‘lda yuklanadi va tushiriladi. Umumiy tashish 
hajmining 18-20 foizini tara massasi tashkil qiladi. Savdo do‘konlariga non qat’iy 
belgilangan grafik asosida tashiladi. 
Un qopga solinib, bortli avtomobil va tirkamalarida, kuzovda harorati bir xilda 
turuvchi maxsus furgon avtomobillar, shuningdek, qopda paket usulini qo‘llagan 
holda yassi tagliklarga joylab ham tashiladi. Bunda yuklab-tushirish ishlari 
mexatizasiyalashadi.Qopda un tashish quyidagi kamchiliklarga ega: har bir qopga 
to‘g‘ri keluvchi un isrofi 300 g ni tashkil qiladi, unning sifati yomonlashadi, qon 
tayyorlash uchun material xarajati ortadi.Maxsus transport vositasidan foydalanib, 


753
tarasiz usulda un tashilganda yuk ortishdagi kamchiliklar tugatiladi. Bu transport 
vositasi kuzovi vertikal joylashgan sisterna shaklida bo‘lib, unni o‘zida o‘rnatilgan 
kompressor yordamida siqilgan havo yordamida 25 metr balandlikka va 50 metr 
uzunlikka uzata oladi. Elevator va non zavodlarida un sisternaga un minorasidan 
kompressor yordamida trubalar orqali yuklanadi. Bunday transport vositasining un 
tashishda qo‘llanilishi un isrofini tugatadi va yuk ortish-tushirish ishlarida mehnat 
sarfi kamayib, xalq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. 
Tez ayniydigan mahsulotlar haroratni bir xilda saqlab turuvchi va sovutgichli 
berk furgon kuzovli avtomobil va yarim tirkamalarda tashiladi. Haroratni bir xilda 
saqlab turuvchi transport vositalarida tez ayniydigan mahsulotlar sovutilgan va 
muzlatilgan holatda tashish ta’minlanadi. 
Sanoat savdo yuklari paket holida va konteynerlarda furgon kuzovli maxsus 
transport vositalarida tashiladi.Tashishda konteyner va paket usuli qo‘llanilganda 
orqa borti ko‘tariladigan va krani bor o‘zi yuklovchi (tushiravchi) avtomobillardan 
foydalaniladi. 
Savdo va umum ovqatlanish tashkilotlari yuklarini tashishda ilg‘or qo‘llash 
usullari tufayli maxsus transport vositalaridan foydalaniladi, tashishning konteyner va 
paket usuli qo‘llaniladi, yuk ko‘taruvchanligiga qarab avtomobil saroyi tarkibi 
takomillashadi, tashishni operativ rejalashtirish va tarqatuvchi marshratlarni 
tanlashda ehmni qo‘llash, dispetcher orqali boshqarish ishlarini yaxshilash imkoni 
tug‘iladi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin