O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.
3-bo‘g‘in. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, saklovchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar, jumladan, paxta tozalash, don, kanop, kand lavlagi, go‘sht va sut, tamaki, sabzavot va poliz mahsulotlari, meva, uzumni qayta ishlash, yengil va boshqa sanoat tarmoqlari; bozor talabini e’tiborga olgan xolda tayyor mahsulotlarni ulgurji va chakana xolda yetkazib beradigan savdo tarmoqlari kiradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmining ko‘payishi mos ravishda pirovard mahsulotni tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirishni talab kiladi, bu esa agrosanoat majmuasining 3- bo‘g‘inining rivojlanishi orkali amalga oshiriladi.
4-bo‘g‘in. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish xamda uning rivojlanishiga hizmat ko‘rsatadigan tarmoqlar, ya’ni qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi bo‘lib, bu soxalarga:
ekinlarni, chorva xayvonlarini suv bilan ta’minlaydigan, yerlarning meliorativ xolatini yaxshilanishini ta’min etuvchi chora-tadbirlar tizimini amalga oshiradigan suv xo‘jaligi tarmog‘i;
qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan barcha texnikalarga servis hizmati ko‘rsatadigan tarmoq;
tarmoqda yirik bino-inshootlarni kuruvchi va mavjudlarini ta’mirlovchi tarmoq;
tarmoqka zooveterinariya hizmati, shuningdek, xashoratlarga, zararkunandalarga, begona utlarga karshi ko‘rashish maqsadida kimyoviy hizmat ko‘rsatadigan tarmoq;
qishloq xo‘jaligini yokilgi va yog‘lovchi materiallar xamda elektroenergiya bilan ta’minlaydigan tarmoqlar va shu kabi ko‘plab tarmoq va soxalar kiradi.
Bu tarmoqlar qishloq xo‘jaligiga barcha turdagi ish va hizmatlarni uz vaqtida, sifatli ko‘rsatishlari natijasida turli xildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda katta xissa kushadilar. Texnikalarni ta’mirlab, ekinlar ekiladigan maydonlarni agrotexnik muddatlarda sifatli xaydab, ekishga tayyorlab, ekib, unib chikkan o‘simliklarga ishlov berib, yetishtirilgan xosilni belgilangan muddatlarda sifatli yigib olish natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining miqdorini oshirishga, ularning sifatini yaxshilashga agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi bu bo‘g‘in korhonalari bevosita katta ta’sir ko‘rsatadilar. Qishloq xo‘jaligi korhonalarining mahsulotlarini oqilona, uz vaqtida iste’molchiga yetkazib berish natijasida esa qishloq xo‘jalik korhonalari foyda miqdorini ko‘paytirishga erishishlari mumkin.
Bu tarmoq tarkibidagi korhonalar qishloq xo‘jaligiga hizmat ko‘rsatish natijasida uz ixtiyoridagi zamonaviy tehnologiyalar va innovatsiyaviy yutuqlar natijasida qishloq xo‘jaligida olib boriladigan barcha turdagi ish va hizmatlarni mexanizaqiyalashtirilishini, avtomatlashtirilishini, elektrlashtirilishini xamda kimyolash-tirilishini ta’minlab, jonli Mehnat sarfini kamaytirish evaziga Mehnat unumdorligini oshishiga, sarf xarajatlarning kamayishi hisobiga ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga sabab bo‘ladi.
Agrosanoat majmuasi tarkibidagi bu bo‘g‘in tarmoqlarining asosiy maqsadi - qishloq xo‘jaligi korhonalariga barcha turdagi hizmatlarni, ishlarni muddatida, sifatli bajarishdir.
Respublika agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirishda mamlakatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy xamda ijtimoiy infratuzilmalar ulkan ahamiyatga ega. Ular agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha tarmoqlarning rivojlanishini ta’minlash maqsadida bank, sug‘urta, investitsiya, soliq, lizing, soglikni saqlash, ta’lim-tarbiya, ma’naviy, madaniy, san’at, kommunal hizmatlarni amalga oshiradilar. Shuning uchun barcha majmualar o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro manfaatli xolda amalga oshirilgani ma’kul.
Erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish ta’minlanayotgan yillarda mamlakat axolisi o‘rtacha bir yilda 1,3 foizga usmokda. Shu bilan birga sanoat korhonalari soni va ishlab chiqarish kuvvatlari xam yil sayin oshib bormokda. Bu xolat respublikada xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlari va xalk iste’moli mollarini ishlab chiqarishni rivojlantirilishini taqozo etmoqda. Bu muammolarni yechish uchun eng avvalo qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hizmat ko‘rsatish xamda qayta ishlash tarmoqlarining mutanosib ravishda rivojlanishini ta’minlashga erishish, sungra tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni iste’molchilarga yetkazuvchi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy bog‘lanishini ta’minlash lozim.
Qishloq xo‘jaligini barqaror ravishda rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish uchun uni yangi qishloq xo‘jalik mashinalari, texnikalari, transport va kimyoviy vositalar, mineral ugitlar, yokilgi xamda yog‘lovchi materiallar, kurilish materiallari, ozuqa moddalari bilan to‘lik va mutanosib ravishda ta’minlab, mustaxkam moddiy-texnika bazasini barpo etish kerak. Demak, qishloq xo‘jaligining kelajakdagi rivoji dastavval uning uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari faoliyatiga bevosita, shuningdek, agrar soxaning ravnaki unga hizmat ko‘rsatuvchi, ya’ni qishloq xo‘jaligi korhonalarini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchi, tarmoqdagi mashina-traktor va boshqa texnikalarni ta’mirlovchi, xo‘jalik ob’ektlarini kuruvchi, irrigatsiya-melioraqiya va kimyoviy, transport hizmatlarini bajaruvchi tarmoqlar faoliyatiga xam bog‘liqdir.
Agrosanoat majmuasi qishloq xo‘jaligining yagona takror ishlab chiqarish jarayoniga birlashgan aralash tarmoqlar majmuasi va ular o‘rtasidagi munosabatlarning sifat jixatdan yangi darajadagi ko‘rinishidir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi tarmoqda yetishtirilgan xom - ashyolar bilan axolining barcha talablarini to‘lik va sifatli kondira oladigan ozik- ovkat, gazlama, kiyim-bosh, oyok kiyim va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarining serkirrali faoliyatiga xam bog‘liq.
Agrosanoat majmuasining shakllanish asosi qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlarining integratsiyasi natijasi hisoblanadi.
Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining o‘zaro ishlab chiqarish munosabatlari qishloq xo‘jaligi, unga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan, hizmat kiladigan va uning mahsulotini iste’molchiga yetkazib berish bilan shugullanadigan barcha tarmoqlarning iqtisodiy -ijtimoiy aloqalaridan iborat.
Agrosanoat integratsiyasi ijtimoiy Mehnat taqsimotining chukurlashuvi, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi natijasida sodir bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligining tarmoqlararo mustaxkam aloqasi xam shu asosda o‘rnatiladi. Ana shundan, ishlab chiqarish
texnikaviy, agrokimyo hizmati, meliorativ ishlar, veterinariya hizmati kabi tarmoq va korhonalarning vazifalari kelib chikadi.
Qishloq xo‘jaligini agrosanoat majmuasining boshqa tarmoqlari bilan mahsulotni sotish va qayta ishlash soxasidagi aloqalari yanada kuchayadi.
Ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish tizimining samarali faoliyati resurslar ta’minotiga, ular kulamining kengayishiga, mahsulot ishlab chiqarish xajmi bo‘yicha tarmoqlarning moslashuviga, pirovard natijani maqsad kilib qo‘ygan agrosanoat majmuasi tarmoq-larining faoliyatiga bog‘liq..
Agrosanoat majmuasi tarkibidagi karxonalarda ishlab chiqariladigan xar bir oralik mahsulotni ishlab chiqarish xajmi, shu mahsulotni iste’mol kiluvchi korhona va tashkilotlarning talabi bilan aniklanadi, bu bilan butun bir majmuani rivojlan- tirishning zaruriy mutanosibligi va bir tekisligi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, uz mahsulotlarini qishloq xo‘jaligiga va qayta ishlovchi korhonalarga yetkazib beradilar. Ularning e’tibori nafaqat majmuaning xar bir bo‘g‘inining talabini kondirishga, balki ularning agrosanoat ishlab chiqarishining bosqichlari bo‘yicha nisbatlarining optimalligini ta’minlashga xam karatilgandir. Aks xolda, agrosanoat majmui rivojlanishida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish, saqlash va iste’molchiga yetkazib berish jarayonida katta yo‘qotishlarga olib keluvchi nomutanosiblik kelib chiqar edi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlashni, saqlashni va qayta ishlashni amalga oshiruvchi agrosanoat majmui uchinchi bo‘g‘inining tarmoqlarini moddiy- texnika bazasini takomillashtirilishi talab etiladi. Ishlab chiqarish vositalarini yetkazuvchi tarmoqlar dehqonchilik va chorvachilik bilan tarmoqlararo aloqalarda optimal nisbatga rioya qilishlari zarur.
Agrosanoat majmuasi tarmoqlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar mahsulot va hizmatlarga ob’ektiv o‘rnatiladigan baholarning optimal darajasi yordamida amalga oshiriladi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari baholari o‘rtasidagi farq natijasida me’yoriy iqtisodiy aloqalar va ishlab chiqarish xajmining usishi va pirovard mahsulotni sotish kiyinlashadi.
Agrosanoat ishlab chiqarishida tarmoqlar va ular tarkibidagi korhonalarning o‘zaro aloqadorligi:
-agrosanoat majmuasining barcha bo‘g‘inlari tarkibidagi korhonalar uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish;
-qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi;
-qishloq xo‘jaligi xom-ashyosidan tayyorlanadigan iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish;
-tezkor ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga ishlab chiqarish-texnikaviy va texnologik hizmat ko‘rsatish;
-pirovard mahsulotni sotish bilan belgilanadi:
U yoki bu tarmoqni agrosanoat majmuiga tegishliligini aniqlash ancha murakkab masala bo‘lib, sanoatning ayrim tarmoqlari qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘pchiligi esa qishloq xo‘jaligi uchun kisman mahsulot ishlab chiqaradi. Agrosanoat majmuini yagona bir tizim shaklida xarakterlab shuni ta’kidlash lozimki, qishloq xo‘jaligi sanoat, kurilish, transport, savdo va xalk xo‘jaligining boshqa tarmoqlari bilan doimo mustaxkam aloqada bo‘lib kelgan.
Respublika fuqarolarining tayyor oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘lik kondirilishi barcha tarmoqlarga turli xildagi ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, unga hizmat ko‘rsatuvchi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlab, tayyor mahsulot darajasiga yetkazuvchi va ularni iste’molchilarga yetkazib beruvchi barcha tarmoqlarning texnikaviy, texnologik, iqtisodiy xamda ijtimoiy bog‘lanishini ob’ektiv xolda taqozo etadi. Shuning uchun ular maqsadga muvofik ravishda joylashtirilib, ixtisoslashtirilib, xalk xo‘jaligi mikyosida Mehnat taqsimotini amalga oshirilishini ta’minlashlari zarur. Tarmoqlar yagona maqsad yo‘lida o‘zaro bog‘lanishlari natijasida respublika agrosanoat majmuasi shakllanadi.
Mamlakat agrosanoat majmuasining asosiy maqsadi - axolini sifatli oziq-ovqat va xalk iste’moli tovarlari bilan talab darajasida ta’minlashdir. Bu muammo ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning talab darajasida xal etilishi axolining turmush darajasini yuksaltiradi, farovon yashashini ta’minlaydi.
Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakatni mavjud saloxiyatlar, resurslar bilan ta’minlash va axolini ichki va tashqi sharoitlarga bog‘liq bo‘lmagan xolda, ilmiy jixatdan asoslangan tibbiy me’yorlar darajasida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni kafolatlashdir.
Oziq-ovqat bilan uzini-uzi ta’minlash - bu davlatning ichki extiyojini ozik- ovkatning barcha turlari xamda aloxida mahsulot turlari bilan ta’minlash, koplash qobiliyatidir.
Oziq-ovqat xavfidan keladigan iqtisodiy zarar bevosita va bilvosita yo‘qotishlardan iborat bo‘lib, u quyidagilar bilan bog‘liq:
-ta’minlovchi tarmoqlar va agrosanoat majmuasi tarmoqlari faoliyatlarining buzilishi;
-oziq-ovqat mahsulotlari baholarining oshishi bo‘yicha import to‘lovlari;
-Mehnatga yarokli axolining kamayishi hisobiga Mehnatning iqtisodiy samaradorligining pasayishi;
-oziq-ovqat karamliligi va oziq-ovqat mustakilligi.
Mamlakatda oziq-ovqat karamliligi shunday xolatda vujudga keladiki, unda jamiyat uzining oziq-ovqat xavfsizligini uzi mustakil xal qilish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. U qishloq xo‘jaligi, sanoat va transport kabi tarmoqlar majmuining buzilishiga, shuningdek zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari importiga mamlakat iqtisodiyotining to‘lov qobiliyatining yukligi asosiy sabab bo‘ladi. Oziq-ovqat karamliligining paydo bo‘lishi uchun asosiy sharoit davlatning hususiy ishlab chiqaruvchilarni kullab kuvvatlamasligi va oziq-ovqat mahsulotlari importining xaddan tashqari ko‘payib ketishida ifodalanadi.
Oziq-ovqat mustakilligi bu axolini o‘rnatilgan ovkatlanish me’yorlari bo‘yicha ozik-ovkatlar bilan ta’minlash uchun energiya, yer resurslari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, moddiy resurslarning strategik zaxiralarining mavjudligidir. Uni amalga oshirish uchun agrosanoat majmuasi axolining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari turlariga bo‘lgan talabini zaruriy miqdorda va assortimentda mustakil ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va ta’minlashga kodir bo‘lishi kerak.
Axolini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi davlatning oziq-ovqat xavfsizligiga xam bog‘liq. CHunki mamlakat mikyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi unga bo‘lgan mamlakat extiyojini tashqi omillarga (xorijiy davlatlarga) bog‘lanmagan xolda ta’minlashi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha turdagi erkin munosabatlarning huquqiy asosi yaratilishi zarur. Shuning uchun xam respublikamizda bu masalaga aloxida e’tibor berilmokda. Bunga mamlakat Oliy Majlisi tomonidan qonunlar bosqichma-bosqich qabul etilayotganligi yakkol dalil bo‘ladi. Ularga agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha xo‘jaliklar rioya etishlari lozim. Shuning uchun ulardagi rahbar va mutaxassislar barcha qonunlarning mazmunini xamda ularni amalga oshirish yo‘llarini yaxshi bilishlari kerak.
Respublikada agrosanoat majmuasini boshqarishdan maqsad uni samarali rivojlantirish, xar bir soxa, tarmoq va ishlab chiqarish xodimlariga me’yoriy sharoitlarni ta’minlash, zaruriy shart-sharoitlarni yaratish va mamlakatning ozik ovkat xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Bu Mehnat, moddiy resurslaridan foyda- lanishni yaxshilash, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarni, xodimlar kasallanishini kamaytirish bilan xarakterlanadi. Agrosanoat majmuiga kiruvchi korhona va tashkilotlarda ijtimoiy-madaniy ob’ektlarni kurish, ishlash va dam olishga ijtimoiy sharoitni yaxshilash, kadrlarni takror ishlab chiqarish uchun imkoniyatlarni yaratish xozirgi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuining rakobatbardoshligi va samaradorligini oshirish muammosi strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uni faqat ilmiy asosda yechish mumkin. Rakobat strategiyalari konqepqiyasi ilmiy ishlab chikilmasa, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatilmasa, agrar sektorda mahsulotni takror ishlab chiqarish jarayoni sust kechadi va mukarrar tarzda rakobatbardoshlik va ozik- ovkat xavfsizligining yo‘qolishi, agrosanoat majmui mahsulotlari narxlarining nomutanosibligi kabi salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Agrosanoat majmuasini rivojlantirish uchun davlat yordamini oshirish, yangi tehnologiyalar va texnikani joriy etish, xarajatlarni kamaytirish, Mehnatga xak tulash darajasini oshirish, ichki narxlar va jaxon narxlari o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish borasida mamlakatimizda katta ishlar kilinmokda.
Agrosanoat majmuasining rivojlanishi, ular tarkibidagi korhonalarning ko‘payishi, bir qancha masalalarning ijobiy xal etilishini ta’minlaydi:
qishloq hududlarida ishga yarokli kishilarni ish bilan ta’minlash;
tayyor bozorbop mahsulotlarni ko‘prok ishlab chiqarish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining nobudgarchiligining kamaytirish.
qishloq axolisi turmushining kutarilishi va boshqalar.
Agrosanoat majmuasi tuzilmalarining ustunligini ta’minlashning strategik jixatdan muhim manbalaridan biri bu innovaqion takror ishlab chiqarishdir. U xozirgi zamon strategik tadbirkorligining uzagini tashkil etadi.
Agrosanoat majmuasi bozorining xaqiqiy bo‘lishi, xaridorlar va sotuvchilar uchun foydali innovaqion tovarlar xamda ularga bo‘lgan talabni uz ichiga olishi uchun bozor kuchlari shakllanishiga shart-sharoit yaratish va ularning rakobatini instituqional ta’minlash lozim.
Respublika xukumatining eng muhim vazifalaridan biri axolining iste’mol tovarlariga nisbatan usib borayotgan talabini kondirishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27 yanvardagi “2009 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi kismlar va materiallarni ishlab chiqarishni maxalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi 1048-son qaroriga muvofik qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi korhonalar uz faoliyatlarini kundan - kunga kengaytirmokdalar. Axolini oziq-ovqat xamda nooziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘lik ta’minlanishi natijasida ularning farovon xayot kechirishlari uchun asos yaratiladi. Bu muammoni agrosanoat majmuasi xal etadi. Agrosanoat majmuasida barcha tarmoqlar o‘zaro integratsiyalashuvi xamda ixtisoslashishi natijasida axolining ikki xil extiyojini kondiradigan mahsulotlar ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkazib berilishi zarur. Bo‘lar:
-birinchisi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. U oziq-ovqat mahsulotlari majmuasini tashkil etadi. Unga non va non mahsulotlari, kandolat, shakar, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, choy, uzum vinosi, kon’yak, arok, turli xildagi konservalar va boshqa mahsulotlar kiradi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari inson organizmi uchun zarur moddalarni berib, uning soglom usishini ta’minlaydi.
-ikkinchisi agrosanoat majmuasi axoli uchun xayot kechirish jarayonida foydalaniladigan tovarlarni ishlab chiqaradi. U xalk iste’moli mollari majmuasini tashkil etadi. Unda oyok kiyimi, kiyim-bosh, gazlamalar, sanoat spirti, texnika yog‘lari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Majmua rivojlanishi bilan axolining yashash sharoiti uzgaradi. Bu yerda axolining zarur bo‘lgan boshqa buyumlar, vositalar, shuningdek, uy-joy bilan ta’minlanishi, unga turli xildagi hizmatlar ko‘rsatilishi va boshqalar xam e’tiborga olinishi kerak.