17
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so„ng
milliy-falsafiy qadriyatlar va ma‟naviy merosimizga bo„lgan munosabat tubdan
o„zgardi. Chunki, qadriyat va tarixiy meros millat ma‟naviyatini yuksaltiruvchi
muhim mezon hisoblanadi. Chunonchi, xalqimizning
ijtimoiy-falsafiy tafakkur
taraqqiyotini belgilagan mutafakkirlarning qarashlari va ta‟limotlari ham ana Shu
mezonning tarkibiy qismidir. Zero birinchi prezidentimiz I.A.Karimov
ta‟kidlaganidek, «Chindan ham tariximizning qaysi davrini olmaylik yurtimizda
ilmu ma‟rifat va yuksak ma‟naviyatga intilish hech qachon to„xtamaganini
xalqimiz dahosining o„chmas timsoli sifatida eng og„ir va murakkab davrlarda ham
yaqqol namoyon bo„lib kelganini ko„rishimiz mumkin. Masalan, chorizm
mustamlakasi davrida ma‟rifat g„oyasini baland ko„tarib
chiqqan jadid
bobolarimizning faoliyati bunga yorqin misol bo„la oladi. Mahmudxo„ja Behbudiy,
Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Isoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy,
Abdulhamid Cho„lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma‟rifatparvar fidoiy
insonlarning o„z shaxsiy manfaati, xuzur-halovatidan kechib el-ulus manfaati,
yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan
ezgu ishlari avlodlar
xotirasidan aslo o„chmaydi»
1
.
Mazkur fikr barcha ishlar qatori falsafiy ilmida ham ajdodlarimiz ma‟naviy,
ma‟rifiy merosini ilmiy o„rganishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo„yadi.
Ana Shundan kelib chiqqan xolda ishning dolzarbligini quyidagilar bilan izohlash
mumkin:
Birinchidan, bugungi kunda ijtimoiy-ma‟naviy sohalardagi islohotlardan
ko„zlangan asosiy maqsad xalqimizning ma‟naviy yuksalish yo„lidagi
imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatda ma‟rifatparvar ziyolilarning, xususan,
Abdulhamid Sulaymon o„g„li Cho„lpon ijodini o„rganish
muhim ijtimoiy-falsafiy,
ma‟naviy-ma‟rifiy ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning qarashlarida ozodlik,
istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi yuksak axloqiy g„oyalarni faqat
1
Каримов И.А Юксак маънавият – енгилмас куч. –Тошкент: Маънавият, 2008. -49 б.
18
adabiyotShunoslik nuqtai-nazaridan tadqiq etish Cho„lponning ma‟naviy
olamini
to„laqonli yoritish imkonini bermaydi.
Ikkinchidan, Sho„rolar davrida Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla
Avloniy, Elbek, Cho„lpon, Usmon Nosir va boshqa Shu kabi ma‟rifatchi-
jadidlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari o„rganilgan. Biroq, ishlarning aksariyatida
ular
millatchilik, panturkchilik g„oyalar “targ„ibotchisi” sifatida falsafiy ijod
jarayonidan ajratib tashlandi. Bu xolat pirovardida jadid-ma‟rifatchilarining ilmiy
merosiga nisbatan bir tomonlama salbiy munosabatning shakllanishiga olib keldi.
Uchinchidan, Cho„lpon o„tgan asrning boshlarida o„zbek sovet adabiyotida
birinchilardan bo„lib, barmoq vaznida jozibali she‟rlar, qo„shiqlar yaratgan falsafiy
so„z ustasi hisoblanadi. Biroq, uning ijodini faqat
poeziya bilan chegaralash
mumkin emas. U bir vaqtning o„zida ham Mutafakkir, ham dramaturg, ham
san‟atShunos, ham adabiyotShunos hamda zukko tanqidchi sifatida ham ijod qildi.
Shu ma‟noda bugungi ma‟naviy yangilanish jarayoni Abdulhamid Cho„lponning
g„oyaviy-ma‟rifiy ijodini ma‟naviy konteksda o„rganishni taqazo etmoqda.