72
2. Cho„lpon poeziyasi hayot va go„zallik, erk va ozodlik singari ezgu
orzularni ifodalaydi. Cho„lpon she‟riyatida chinakam poetik-romantik ruh va
olijanob inson orzu-umidlari in‟ikos etgan. Mutafakkir ma‟naviy olami o„zining
romantik ulug„vorligi va gumanizmi bilan ajralib turadi. Shu bois ta‟lim
muassasalarida Cho„lpon ijodining g„oyaviy tamoyillarini kengroq o„rganish
masalalariga jiddiy e‟tibor qaratish maqsadga muvofiq.
3. Cho„lpon poetik san‟atining xalqchilligi uning xalq ruhiga, tafakkuriga
yaqinligidadir. Uning poeziyasi siyqa tashbehlardan yiroqligi, barchaning ijtimoiy-
falsafiy tasavvurlariga birdek ta‟sir etishi bilan xarakterlidir. Ayniqsa xotin-qizlar
masalasiga bag„ishlangan she‟rlari xalq laparlari, termalari ruhida yozilgan bo„lib,
ularning asosiy ijtimoiy-falsafiy motivi inson erki, baxti va saodatiga asoslanadi.
Bu ma‟rifiy g„oyani barkamol avlodni tarbiyalashga doir olib borilayotgan
ishlarning mazmuniga singdirish va bu borda amaliy tadbirlar rejasini ishlab
chiqish ta‟lim bilan tarbiyani uzviyligini ta‟minlashda muhim ahamiyatga ega.
4. Cho„lpon
an‟anaviy usulidan foydalanib tabiat manzaralariga
bag„ishlangan she‟rlari orqali XX asr o„zbek she‟riyatiga yangilik kiritdi. Bu
she‟riyatning g„oyaviy-badiiy ramzi bo„lgan mutafakkirning falsafiy ideali esa yurt
go„zalligi va xalq kamoloti bilan bog„liq bo„lganligidan dalolat beradi. San‟at
turlarining o„zaro integratsiyasi kuzatilayotgan bugungi globallaShuv davrida
ijtimoiy jarayonlarini tashkil etish va yo„lga qo„yishda mutafakkirning yuqoridagi
qarashlarini asos sifatida ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo„llash maqsadga
muvofiq.
Dostları ilə paylaş: