O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


G‘allachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə64/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

20.1.5.G‘allachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari

O‘zbekistonda sug‘oriladigan g‘alla maydonlarini kengaytirish uchun unumdorligi yuqori yer va suv resurslari chegaralangan. Lalmikor yerlarda g‘allachilikni rivojlantirish barqaror samara bermaydi, ayniqsa, qurg‘oqchilik yillari hosildorlik bozor iqtisodiyoti qonunlari va mexanizmlari talablariga mos kelmaydi.
Respublika sharoitida g‘allachilikning barqaror sosial-iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun dastavval barcha turdagi g‘alla ekinlari hosildorligini oshirishning real imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish zarur. Bu borada ilg‘or korhonalarda anchagina yutuqlar qo‘lga kiritilgan. 2000-2002 yillarda Andijon viloyati bo‘yicha sug‘oriladigan maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70-75 s.ni tashkil etgan, ilg‘or shirkat va fermer xo‘jaliklarida gektaridan 90 s. va undan ortiq bug‘doy hosili olingan.
Barqaror yuqori hosil olish kompleks texnologik ishlarni sifatli va qisqa muddatlarda bajarishni talab etadi.
Kuzgi boshoqli g‘alla sifatli haydalgan yerlarga optimal muddatlarda ekiladi. Ko‘pchilik bug‘doy navlarini sentyabrning oxiridan ikkinchi o‘n kunligida ekish tavsiya etiladi. Ular Yertaroq ekilganda qish tushguncha naychalash fazasiga o‘tishi mumkin. Qish mavsumi nisbatan iliq kelgan yillari ular o‘sishini davom ettiradi va boshoqlash fazasini tezlashtiradi.
Odatda, respublikaning shimoliy mintaqalarida optimal ekish muddatlari Yerta, janubiy viloyatlarda kechroq bo‘ladi. Bunda har bir viloyat, tuman uchun ayrim navlarning biologik hususiyatlarini hisobga olib optimal ekish muddatlariga aniqlik ham kiritilishi mumkin. Ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar bir xo‘jalikda bir necha sYerhosil navlarni ekish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda. Oldin biologik kuzgi navlar, keyin duvarak, bahorgi navlar ekiladi.Arpa bug‘doydan keyin ekiladi, chunki arpa bug‘doyga nisbatan tezroq rivojlanadi. Ekish muddati optimal muddatlarda o‘tkazilishi mavjud texnika vositalaridan samarali foydalanishga sharoit yaratadi.
Respublikamizda sYerhosil, kasalliklarga, zararkunandalarga, yotib qolishga, tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli, don sifati yuqori bug‘doy va arpaning sug‘oriladigan yerlarda ekishga mo‘ljallangan intensiv tipdagi navlarini ekish tavsiya etiladi. Bunday navlar davlat reyestridan o‘tkazilishidan oldin Davlat nav sinash tajriba stansiyalarida yoki uchastkalarida yagona uslub bo‘yicha sinaladi, hamda oldindan ekib kelinayotgan navlardan hosildorlik va boshqa ko‘rsatgichlari bo‘yicha ustunlik qilsa, nav sinalgan tuproq-iqlim mintaqasida ekish uchun davlat reyestiridan o‘tkaziladi. Xo‘jaliklarda faqat Davlat reyestiridan o‘tgan yoki istiqbolli navlar ekilishi lozim. 2000-2005 yillarda Davlat reyestiridan quyidagi yumshoq bug‘doy navlari o‘tgan va tumanlashtirilgan. Sangzor, ShYerdor, Yonbosh, Marjon, Sangzor-4, Unumli bug‘doy, Skifyanka, Yuna, Bezostaya-1, Spartanka, Intensiv, Sete-sYerros-66, qattiq bug‘doy navlaridan- Aleksandrovka, Baxt va boshqalar, shuningdek, arpa navlaridan, Temur, Marokand, Bobur va boshqalar.
Bu navlardan nav sinash uchastkalarida 40-50 sentnYerdan 80-90 sentnYergacha hosil olingan. Xo‘jaliklarda har kanday nav uzoq yillar davomida ekilsa, urug‘larning qimmatli hususiyatlari pasayib boradi. Shuning uchun har 3-4 yilda navlarni yangilash zarur.
Bug‘doydan yuqori hosil olishning real imkoniyatlaridan biri almashlab ekishdir. Kuzgi bug‘doyni ikki yildan ortiq joylashtirish, dalada begona o‘tlarning, kasalliklarning hamda zararkunandalarning ko‘payishiga, tuproq unumdorligining, binobarin hosildorlikning pasayishga va don sifatining buzilishiga olib keladi. Ayniqsa kuzgi bug‘doy urug‘lik uchun ekilganda uni boshoqli don ekinlaridan keyin joylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Kuzgi bug‘doy uchun beda va boshqa chorva ozuqa ekinlari, kartoshka, sabzavot va dukkakli don ekinlari samarali o‘tmishdosh hisoblanadi. Ayni paytda shu ekinlar uchun kuzda ekilgan bug‘doy ham o‘z navbatida o‘tmishdosh ekindir.
Uzoq muddatlarda bug‘doy-g‘uza almashlab ekishining joriy etilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi, natijada me’yordan ortiqcha mineral o‘g‘itlardan foydalanishga zaruriyat tug‘iladi, yerning ekologik holatlari yomonlashadi va hokazo.
Kuzgi bug‘doy hosilini oshirish ilg‘or sug‘orish rejimidan foydalanishga bevosita bog’liq. Tuproqda nam to‘plash maqsadida o‘tkaziladigan sug‘orishni yerni haydashdan oldin amalga oshirish yuqori samara beradi. Bunday dalalarda ekilgan urug‘lar qisqa vaqtda bir tekis unib chiqadi, o‘simlikning yer ustki qismi hamda ildiz qismi mustaxkam rivojlanadi va natijada hosildorlikning oshishiga olib keladi.
Amaliyotda tuproqda nam to‘plash uchun sug‘orishni urug‘ ekilgandan keyin o‘tkaziladi. Bunday dalalarda, odatda tuproq yoriladi, ildizlar uziladi, o‘simlikning rivojlanishi susayadi, natijada hosildorlik pasayadi, o‘simlikning suvga bo‘lgan talabi, uning hayotining dastlabki kunlaridanoq paydo bo‘ladi. Suvga bo‘lgan eng ko‘p talab naychalash, boshoqlash fazalariga to‘g‘ri keladi.
O‘simlikning suvga talabini barqaror ta’minlash uchun tuproqning namlik sig‘imi 70-80 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Bunig uchun, ya’ni tuproqda nam to‘plash uchun sug‘orish gektariga 1200 m3, o‘sish davrida 700-750 m3 hajmida 3-4 marta sug‘orishni o‘tkazish tavsiya etiladi. Sut pishishining oxiri, mum pishish oldidan gektariga 250-300 m3 hajmida yugurtirib, yengil sug‘orishni o‘tkazishhosilni oshirishga qulay sharoit yaratadi.
Ekish oldidan nam to‘plash va o‘simlikni o‘sish davrida sug‘orishning jo‘yaklar orqali amalga oshirilishi, o‘q ariqlar oralig‘i 100 m dan oshmaganda, ham yuqori hosil olish imkoniyatini beradi.
Kuzgi bug‘doy 1 t. don hosil qilishi uchun o‘rtacha 700 –10003 suv sarflaydi. Suv bilan ta’minlanish optimallashib borishi bilan 1t.don hosil bo‘lishi uchun sarflangan suv miqdori ham kamayib boradi, natijada sug‘oriladigan g‘allachilik samaradorligi ko‘tariladi.
Yuqori hosil olish omillaridan yana biri uni qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olishdir.Masalan, kuzgi bug‘doy pishib yetilgach 8-12 kunda o‘rib-yanchib olinishi zarur. Agar uning muddati kechiktirilsa hosilning bir qismi nobud bo‘ladi (dalalarda qolib ketadi). Ayrim xo‘jaliklarda nobud bo‘lgan hosil sifatli sug‘orish va o‘g‘itlashdan olinadigan qo‘shimcha hosildan ham ko‘p bo‘ladi va tarmoqning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hosilni yig‘ishtirishda kombaynlardan guruh usulida foydalanish samarali hisoblanadi. Ang‘iz ekinlari tuprog‘ini tayyorlash eng qulay muddatlarda o‘tkaziladi, ularni ekish muddati qisqaradi va hosildorligi oshadi.
Demak, yuqori hosil yaratish uchun barcha texnologik jarayonlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi zarur. Chunki, odatda samaradorlik hosilni yaratish, yig‘ib olish bilan bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, g‘allachilik va uning mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligi 1 s. mahsulotining to‘liq tannarxi va uni sotish bahosi hamda rentabellik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Oddiy shaklda tahlil shuni ko‘rsatadiki barcha turdagi 1 sentnYer g‘allaning tannarxi qishloq xo‘jalik korxonlarida, shu jumladan shirkatlarda va fermer xo‘jaliklarida oxirgi yillarda oshib bormoqda. Bunday holat g‘allachilikda ishlatiladigan asosiy va aylanma vositalarga ko‘tara hamda chakana baholarning oshishi, nominal brutto mehnat xaqqi fondi, undan hisoblanadigan ajratmalar, soliqlar va to‘lovlar hajmining ko‘payishi hisobiga sodir bo‘lmoqda.
1 s. g‘alla tannarxi so‘mning inflyasiya koeffisentining oshishi hamda jahon bozorida bahoning tashkil topish darajasini hisobga olib, barcha turdagi tovar g‘alla mahsulotlariga davlat xarid baholari oshirilmoqda.
1 s. g‘alla tannarxi va uning sotish bahosining o‘sishi o‘rtasida mutanosiblikning saqlanmasligi oqibatida tannarxga kiritilgan xarajatlarning rentabelligi ko‘pchilik korhonalarda past darajada yoki ular zarar bilan ishlashmoqda.
Korhonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu jumladan ularning aylanma fondlarini tashkil etish maqsadida, fyuchYers kontraktasiya shartnomasiga asosan davlat buyurtmasi buyicha sotiladigan mahsulot qiymatining 50 % hajmida avans beriladi.
Ko‘pchilik korhonalarda g‘allachilikda mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash oila pudrati asosida amalga oshiriladi, moddiy manfaatdorlik va javobgarlik tamoyillaridan foydalanish samaradorligi kuchaytiriladi.
Ammo, g‘allachilikda aniqlanadigan ko‘pchilik samaradorlik ko‘rsatkichlari bozor iqtisodiyoti qonunlari mexanizmlari va kategoriyalaridan oqilona foydalanish talablariga to‘laroq javob bermaydi.
Shuning uchun, mavjud real imkoniyatlardan oqilona foydalanishni tezlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyoti sharoitidagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish dolzarb vazifadir. Dastavval, tovar mahsulotlarining sotish baholarini Erkin va shartnoma asosida tashkil topishiga, g‘allakorlarni mehnat natijalariga qarab garantiyalangan xaq to‘lanishiga Yerishish zarur. Tarmoqda mehnatga pul va natural shaklida xaq to‘lashni joriy etish samarali hisoblanadi.
G‘o‘za texnik ekinlar guruhiga kiradi. Ular o‘z navbatida yig‘iruv va oziq-ovqat mahsulotlari beruvchi va boshqa guruhlarga bo‘linadi. Yigiruv mahsulotlari beruvchi ekinlarga g‘o‘za, zig‘ir, kenaf, jut va boshqalar kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari beruvchi ekinlar guruhiga esa qand lavlagi, yog‘ beruvchi, dorivorlar, chekish uchun tamaki va maxorka, kauchuk beruvchi va boshqalar kiradi.
Yer yuzida 80 ga yaqin, O‘zbekistonda esa –40 ga yaqin texnik ekinlar ekiladi. Ularning ichida g‘o‘za asosiy ekin hisoblanadi. G‘o‘za yetishtirishdan paxta xom-ash’yosi va g‘o‘zapoya olinadi. Paxta xom-ash’yosini birlamchi qayta ishlash jarayonida paxta tolasi va chigit olinadi. Odatda, paxta tolasi chiqishi 30-35, urug‘i esa – 60-65 foizni tashkil etadi. Bir tonna paxta xom-ash’yosini qayta ishlashda 3000 m.kub.ga yaqin gazlama, 100-110 kg yog‘, 200-250 kg kunjara, 50-60 kg. sheluxa, 10 kg. xo‘jalik sovuni va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Paxtachilik univYersal tarmoqqa aylanib bormoqda. Uning asosiy mahsulotlari paxta xom-ash’yosi va poyasini qayta ishlash jarayonida 1200 dan ortiq sanoat mahsulotlari olinadi. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati xom-ash’yosi balansida paxta tolasi 70 foizni, o‘simlik yog‘-moy sanoatida – chigit 90 foizni tashkil etadi.
Paxta xom-ash’yosidan gazlama, ip, momiq, sun’iy ipak, to‘qimachilik va boshqa ko‘pgina buyumlar ishlab chiqariladi. Chigitdan eng arzon yog‘, margarin, sovun, glisYerin va boshqa mahsulotlar, chigit qoldig‘idan esa kunjara, sheluxa olinadi. Paxta tozalash va yog‘ zavodlari chiqindilaridan izolyasiya materiallari, sellyuloza, spirt, linoleum, lok, har xil buyoqlar, kino plyonkasi va boshqa ko‘pgina tovarlar tayyorlanadi.
G‘o‘za bargidan organik kislotalar, jumladan, sirka, limon, olma kislotasi olinadi. G‘o‘zapoyadan dag‘al qog‘oz, karton, fanYer, oshlash va boshqa materiallar ishlab chiqariladi. Chigitdan olinadigan sheluxa chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi, undan gidroliz sanoatida xom – ash’yo sifatida foydalaniladi, furfulon va texnik spirt olinadi. Furfulondan smola, plastmassa, kapron, sintetik tola, alif, har xil dorivorlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Har bir gektar g‘o‘za gullaridan mavsumda 60-70 kg asal mahsuloti olish mumkin. Asalarichilikni tashkil etish hisobiga g‘o‘zaning changlanish sifati tubdan yaxshilanadi va uning hosildorligi 2-3 sentnYerga oshadi.
Bir tonna paxta xom – ash’yosini qayta ishlashdan olingan asosiy tovar mahsulotlar(gazlama, yog‘, kunjara, sheluxa, momiq)ni sotishdan 2012 yil o‘rta baholarida hisoblaganda 7650 ming so‘mlik pul tushumi tushadi. Agar gazlamadan tayyor kiyimlar tayyorlanib sotilsa pul tushumi 4-5 marta ko‘payadi.
Paxta tolasini jahon bozorida sotish jarayonida O‘zbekistonning xalqaro valyuta fondi ko‘payadi, natijada uning yangi tehnologiya va texnikani sotib olish imkoniyati mustahkamlanadi, hamda iqtisodiy taraqqiyoti tezlashadi va h.k.
O‘zbekistonda paxtachilik ikki yarim ming yildan buyon rivojlanadi. Ammo, uning yuqori samaradorligidan foydalanish ayrim davrlarda keskin tafovut qiladi. Buni asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridan ham ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonning mustaqil mamlakat bo‘lib rivojlanish yillarida yalpi paxta mahsuloti kamaydi. 2000 yilda respublika 3030 ming tonna yoki 1990 yilga nisbatan 41% ga kam paxta xom-ash’yosi ishlab chiqildi. Shu yillarda ekin maydoni 17,9% ga qisqardi, gektaridan hosildorlik esa 24,2% ga pasaydi. Paxtachilikda bunday holatga yo‘l qo‘yilishi obyektiv va subyektiv sabablar bilan bog‘liq.
Mustaqil rivojlanish yillarida paxta maydonini qisqartirish hisobiga sug‘oriladigan g‘alla, ayniqsa, bug‘doy ishlab chiqarish ko‘paytirildi. Sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatining yomonlashishi, mineral o‘g‘itlar me’yorining kamayishi, suv tanqisligi va h.k. gektaridan olinadigan hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Lekin, g‘o‘za ekiladigan maydonlarning kamayishiga qaramasdan O‘zbekiston uning yalpi hajmi bo‘yicha jahonda 5, paxta tolasini jahon bozorida sotish bo‘yicha 3- o‘rinni egalladi. Bu nisbatlar yildan-yilga kamayib bormoqda. Chunki, respublikamizda chetga paxta tolasi chiqarishdan ko‘ra tayyor mahsulot eksport qilish tendensiyasi jadallik bilan davom etmoqda. Buni 10 yillardan buyon har yili kuz oylarida bo‘lib o‘tadigan Toshkent Xalqaro paxta yarmarkasi natijalaridan ham bilsa bo‘ladi. Birgina 2013 yilda respublikamiz ana shunday yarmarkada 480 ming tonna tola va 500 mlrd so‘m AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilishga shartnoma tuzdi. Bu jarayon keyingi yillarda ham ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 1 tonna tola sotishdan ko‘ra, xuddi shu 1tonnadan qayta ishlangan mahsulotlarni sotish 4-5 marta ko‘proq foyda olish imkoniyatini beradi.
2004 yilni o‘zida g‘o‘za maydoni 1340,6 ming ga.gacha kamayib, yalpi hosil 3540,0 ming tonnani tashkil etib, hosildorlik 26,4 sentnYergacha yetkazildi.
2009 yildan boshlab paxta ekin maydonlarining qisqarish tendensiyasi mavjud bo‘ldi. Bu yili paxta ekin maydonlari 1339 ming gektardan 2014 yili 1301 ming gektarga tushib qolgan. Lekin intensiv omillar ta’siri ostida hosildorlik mos ravishda 25,4 dan 26,1 sentnYer/gektarga oshdi. Samarqand viloyatida paxta ekin maydonlari 2009 yildagi 100 ming gektardan 2014 yilda 94,7 ming gektarga kamaygan. Shu davrda hosildorlik esa mos ravishda 23,5 dan 23,6 sentner/gektarga oshganligini ko‘rish mumkin
O‘zbekistonda keyingi yillarda ertapishar va o‘rtapishar 20 dan ortiq navlar keng maydonlarda ekilib kelinmoqda.
Mamlakatimizda paxtachilikni yanada rivojlantirish uchun joriy etilayotgan dehqonchilikning yangi zamonaviy tizimida ustuvor yo‘nalish qilib quyidagilarni belgilash mumkin:
Tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirishning asosiy yo‘li almashlab ekishdir. Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklarida almashlab ekishning 1:1 sxemasi (g‘alla 50 %, paxta -50 %) va 1:2 sxemasi (g‘alla 33,3 %, paxta 66,7 %) keng qo‘llanilmoqda. Bu sxemalarda tuproq unumdorligini saqlab qolish uchun takroriy ekinlardan, ayniqsa, don – dukkali ekinlardan keng foydalanish talab qilinadi.
Kelajakda sho‘rlangan va sho‘rlanishga moyil bo‘lgan yerlar uchun paxta – beda almashlab ekishning 2:3:1 sxemasini (2 dala beda, 3 dala paxta, 1 dala g‘alla) o‘rganishni tavsiya etish mumkin.
Raqobatbardoshli intensiv tipdagi navlarni to‘g‘ri tanlash va uni urug‘chiligini tashkil qilishning ahamiyati kattadir. Ekishga faqat standart talabiga javob beradigan urug‘larni yetkazib berishga Yerishish bilan ayni vaqtda urug‘chilik ishlari ilmiy asosda olib borilgandagina maqsadga erishiladi.
O‘g‘itlash tizimida o‘g‘itlarning me’yori, qo‘llash muddati o‘simlikning talabi asosida o‘tkazilishi shart. Dehqonchilikda «qaytarish» qonuniga qat’iy amal qilish va g‘o‘zani o‘stirishda resurs tejovchi agrotehnologiyalarni joriy etish, ayniqsa suv sarfini tejaydigan, tuproqqa ishlov berish sonini kamaytirishga qaratilgan tehnologiyalarni joriy etishga Yerishish talab qilinadi.
Fermerchilikda ishlab chiqarishni mexanizasiyalash, uni davr talabi darajasiga ko‘tarish, fan–texnika, ilg‘orlar tajribasini ishlab chiqarishga joriy etish chora – tadbirlarini ko‘rish hamda g‘o‘zani hashorat va kasalliklardan saqlashda uyg‘unlashgan usuldan keng foydalanish, bunga ayniqsa biologik usulga e’tiborni kuchaytirishning ahamiyati beqiyosdir.
Texnologik jarayonlarni o‘tkazishda texnologik intizomni buzilishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin