O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə10/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Reja:
1.Agrosanoat majmuasining maqsadi, vazifalari va tarkibi.
2.Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining o‘zaro ishlab chiqarish munosabatlari.
3.Agrosanoat majmuasini mamlakatni oziq-ovqat xafsiziligini ta’minlashdagi o‘rni.
4.O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasini boshqarish tizimi.
Tayanch so‘z va iboralar
-Bozor iqtisodiyoti, Ishlab chiqarish resurslari, Agrar sanoat majmuasi (ASM),Agrar sanoat integratsiyasi(ASI), Ixtisoslashuv, Koperatsiya, Integratsiya.
Agrosanoat majmuasi - bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarishga hizmat kiluvchi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari majmuasidir.
Agrosanoat majmuasining maqsadli faoliyati minimal xarajatlar hisobiga mamlakat axolisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom-ashyo bilan tularok kondirishga karatilgan.
Respublikada agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chikilib, xayotga bosqichma-bosqich joriy etilmokda.
Respublika agrosanoat majmuasida:

  • agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi barcha tarmoqlarning tashkiliy, texnologik, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy bog‘lanishini ta’minlash;

  • majmua tarkibidagi korhonalarning faoliyat yo‘nalishlarini e’tiborga olgan xolda ularni maqsadga muvofik oqilona joylashtirish;

  • majmua tarkibidagi korhonalarning ixtisoslashuvi va integratsiyalashuvini ta’minlash;

  • majmua tarkibidagi korhonalarni zamonaviy texnikalar bilan jixozlash, ilg‘ortehnologiyalarni joriy etish;

  • agrosanoat majmuasi tarkibidagi korhonalar ixtiyoridagi barcha resurslardan (tabiiy, kapital, Mehnat) tadbirkorlik bilan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, mexanizaqiyalashtirish, elektrlashtirish va kimyolashtirish;

  • agrosanoat majmuasi tarkibidagi korhonalar o‘rtasida ularning mahsulotlarini o‘zaro samarali ayriboshlanishini ta’minlaydigan narxlarni belgilash;

  • majmuada faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, ishchi va hizmatchilarning malakalarini oshirish, ular Mehnatlarining miqdoriga, pirovard natijasiga ko‘ra ragbatlantirilishini ta’minlash borasida katta ishlarni amalga oshirish.

Erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish ta’minlanayotgan yillarda mamlakat axolisining o‘rtacha soni bir yilda 310-320 ming nafarga yoki 1,3 foizga usmokda. SHu bilan birga sanoat korhonalari soni va ishlab chiqarish kuvvatlari xam yil sayin oshib bormokda. Bu xolat respublikada xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlari va xalk iste’moli mollarini ishlab chiqarishni rivojlantirilishini taqozo etmoqda. Bu muammolarni yechish uchun eng avvalo qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hizmat ko‘rsatish xamda qayta ishlash tarmoqlarining mutanosib ravishda rivojlanishini ta’minlashga erishish, sungra tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni iste’molchilarga yetkazuvchi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy bog‘lanishini ta’minlash lozim.
Agrosanoat majmuasining asosiy maqsadi:
-agrosanoat majmuasi korhonalarini intensiv rivojlantirish va shu asosda pirovard mahsulot ishlab chiqarishni ustirish;
-barcha tarmoq va korhonalarda mavjud resurslar potenqialidan samarali foydalanish asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
-tashqi savdo oborotining xajmini oshirish, tarkibini kengaytirish;
-mamlakatning oziq-ovqat muammosini xal qilish va ozik-ovkatga bo‘lgan iste’molni ilmiy asoslangan me’yorlarga yakinlashtirish;
-axolini qishloq xo‘jalik xomashyosidan tayyorlanadigan oziq-ovqat bo‘lmagan tovarlarga bo‘lgan talabini kondirishdan iborat.
“Ushbu dastlabki yillarda qishloq xo‘jaligi batafsil tushuntirishlar orqali iqtisodchilar bozorni muvofiqlashtirish to‘g‘risida ilg‘or tushunchaga ega bozor funktsiyalari va hususiy yoki jamoaviy tarzda qatnashish xarajatlari ta'minot zanjirlari. Ularning tahlilga ahamiyati ko‘p maqsadli marketing kooperativlarining ishlashi va farovonligikooperativlari bugun ham davom etmoqda”4.
Agrosanoat majmuasining maqsad xamda vazifalaridan kelib chikkan xolda uning tarkibi quyidagi 4 ta bo‘g‘indan iborat:

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin