O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə24/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda erishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo‘jaliklari tajribasi
Mustaqillikka erishilgandan keyin respublikada mustabid tuzumdan mYeros bo‘lib qolgan iqtisodiyotni boshqaruvining ma’muriy buyruqbozlik uslubidan voz kechilib, xalqimizning milliy, tarixiy mYerosi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari hamda mentalitetiga tayangan holda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish modeli–ya’ni «O‘zbek modeli» yaratildi va hayotga tadbiq etilmoqda.
Siyosiy-ijtimoiy islohotlar natijasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy larzalarsiz, bosqichma- bosqich o‘tilayotgan bozor munosabatlarining tub mohiyati va maqsadini respublika aholisining barcha qatlamlari to‘lasincha, ongli ravishda tushunib olib, bozor islohotlarini samarali usullar vositasida amalga oshirishi mumkin va zarur ekanligini, ya’ni islohotlar odamlar uchun va shu odamlar orqali amalga oshirilishini chuqur anglab yetishlari zarur. Bugungi davr kishisi tovar sifatidagi ish kuchini o‘zida mujassam etgan bozor munosabatlari subyektlari, yangi iqtisodiy sharoitda ishlay oladigan bo‘lishlari ham talab qilinadi.
Respublika agrosanoat majmuida ro‘y berayotgan o‘ziga xos holat, bu sohadagi mavjud vaziyatni chuqurroq tahlil qilishni, qo‘yilgan vazifalarni imkon boricha Yertaroq va kamroq yo‘qotishlar bilan bajarish chora-tadbirlarini belgilashni taqozo etadi. Bu chora-tadbirlarni ishlab chiqarishda va asoslab berishda jaxondagi bozorli iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlangan, mamlakatlarda to‘plangan boy tajribalarni xar tomonlama o‘rganish, umumlashtirish va ulardan samarali foydalanish respublika fermer xo‘jaliklarini oqilona tashkil etish, ularning iqtisodiy samaradorligini barqaror oshirish bo‘yicha aniq takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish va uni xo‘jalik yuritish faoliyatlariga tadbiq etish sohaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrardir.
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Gollandiya, Belgiya kabi taraqqiy etgan davlatlar, “Osiyo yo‘lbarslari” deya e’tirof etilgan va keyingi o‘n yilliklar mobaynida yuksak yutuqlarga erishgan Janubiy Quriya, Singapur, Tayvan, Malayziya, Xitoy Xalq Respublikasi singari mamlakatlarda to‘plangan tajriba shundan dalolat beradiki, respublikamizdagi jamiyat xayotining barcha sohasini erkinlashtirish shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqkiyot va barqarorlikning asosiy omili bo‘lgan mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali erkin bozor munosabatlarini to‘la qonli vujudga keltirish istiqbolda erkin, farovon, ma’rifatli, huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi dadil qadam bo‘lib hizmat qiladi.
Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda fermerchilik harakatlari, ularning samaradorolik darajalari, o‘lchamlari katta-kichikligi, egallagan yer maydonlari, rivojlanish sur’atlari bir xil emasligini ko‘rsatadi.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin