Agrar isloxatlarni chuqurlashuvi jarayonini shartli ravishda uch bosqichga ajaratish mumkin.
Birinchi bosqich. 1991- 1997 yillar. Ushbu davrda mulkchilikning va unga mos holda xo‘jalik yuritishning o‘ndan ortiq shakllari tarkib topib rivojlandi.
Ikkinchi bosqich 1998- 2000 yillar. Ushbu yillarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘ndan ortiq xo‘jalik yuritish shakllaridan uchtasi istiqbolli deb tanlab olindi. Ular jumlasiga dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari va fermer xo‘jaliklari kiradi.
Uchinchi bosqich. 2001 yildan boshlandi. Ushbu boskichda qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishini to‘laligicha hususiy tadbirkorlar qo‘liga topshirish jarayonini amalga oshirish bosh maqsad qilib belgilandi.
Agrar isloxatlarning uchunchi boskichini o‘ziga xos hususiyati shundaki, oldin zarar bilan ishlayotgan bir qator qishloq xo‘jalik korhonalari to‘laligicha fermer xo‘jaliklariga qayta tashqil etilgan bo‘lsa, 2002 yildan boshlab qator tumanlarning shirkat xo‘jaliklari yoppasiga fermer xo‘jaliklariga aylantirildi. Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 24 dekabrdagi 516 sonli Qarori bilan 2001 yilda 52 ta shirkat xo‘jaligi negizida 3428 ta fermer xo‘jaliklari tashqil etildi va ularga 138 ming gektar yer maydoni ajratildi. Natijada 2001 yil yakuniga ko‘ra fermer xo‘jaliklariga to‘laligicha qayta tashqil etilgan shirkat xo‘jaliklarining umumiy soni 73 taga yetdi. Fermer xo‘jaliklarini tanlov asosida tashqil etilishi ham o‘zining mos xoldagi samarasini berdi. Fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi mo‘ljallangan 52 ta xo‘jalik hududida tashqil etilgan 3428 ta fermer xo‘jaligi uchun 5318 ta ariza berildi, ya’ni xar uringa 1,5tadan talabgor chikdi. Farg‘ona, Namangan va Xorazm viloyatlaridagi tanlovlarda oshkoralik yetarlicha ta’minlanganligi uchun ularda bu ko‘rsatkich 2,2 - 3 tani tashqil etdi.
Yangi fermer xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashqil etish maqsadida ular uchun mahsulot yetkazib beruvchi va hizmat ko‘rsatuvchi turli shaxobchalar barpo etildi. Ular jumlasiga 2001 yilda 52 ta tugatilgan shirkat xo‘jaligi hududida tashqil etilgan 46 ta mini - bank, 46 ta yonilgi quyish shaxobchalari, 46 ta kimyo mahsulotlari savdosi shaxobchalari, 48 ta mukobil MTPlar va 36 ta suvdan foydalanuvchilarning uyushmalari kiradi.
Fermer xo‘jaliklariga qayta tashqil etilgan 52 ta shirkat xo‘jaligi 1999 xo‘jalik yilida 1 mlr. 51 mln. so‘m zarar olgan bo‘lsa, 2000 yilda ular o‘rnida faoliyat ko‘rsatgan 3428 ta fermer xo‘jaliklari yilni nisbatan qurg‘oqchilik bo‘lganligiga qaramasdan 267.3 mln. so‘m foyda olish bilan yakunladi. Jumladan, fermer xo‘jaliklarida g‘alla xosildorligi 2 tsentnerga oshib o‘rtacha 23 tsentnerga, paxta xosildorligi esa 3 tsentnerga ko‘tarilib 21 tsentnerga yetdi. Xo‘jaliklarni qayta tashkil etish jarayoniga ma’suliyat bilan yondashilgan va fermerlarni tanlash tender asosida tashqil etilgan xo‘jaliklarda yanada yuqori ijobiy natijalarga erishildi.
Respublika hukmati zarar ko‘rib ishlovchi va kam rentabelli shirkat xo‘jaliklarini to‘laligicha fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha to‘plangan amaliy tajribalarni taxlil etish va umumlashtirish asosida bu sohadagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi. Natijada 2002 yildan boshlab bir qator tumanlarning shirkat xo‘jaliklari yoppasiga fermer xo‘jaliklariga aylantirildi. Jumladan, Vazirlar Maxkamasining 5 yanvar 2002 yildagi 8 sonli Qarori bilan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod va Mehnatobod, hamda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanlarining 83 ta qishloq xo‘jaligi korhonasi yoppasiga fermer xo‘jaligiga qayta tashqil etildi.
YAngi iqtisodiy tizim hisoblangan bozor iqtisodiyoti qishloqda samarali faoliyat ko‘rsata olishi uchun o‘ziga mos keladigan yangi tarkibiy to‘zilmaga ega bo‘lishi kerak. Tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish asosida amalga oshirilib, agrar iqtisodiyotni bozor talablariga moslashtirmokda hamda qishloqda mulkdorlar qatlamini vujudga kelishi va hususiy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratmokda. Shuning uchun ham qishloqda yuz berayotgan tub tarkibiy o‘zgarishlar agrar islohatlarni chuqurlashtirishning yil natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Agrar islohatlarning asosiy maqsadi qishloqda haqiqiy mulkdorlarni, mulk egalrini shakllantirish asosida dehqonlarni yerga, mulki va mehnatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirishdir. Agrar islohatlar o‘zining mantiqiy poyoniga yetganda sohada bozor munosabatlari to‘la shakllanib qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni raqobatbardoshligi keskin oshiriladi va qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfi tarkib topadi.
Rivojlangan agrar-industrial davlatlarning tarixiy tajribalari shuni ko‘rsatadiki bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida qishloq ho‘jaligida vujudga kelgan ko‘p sonli xo‘jalik yuritish shakllaridan ma’lum davr o‘tgandan keyin asosiy xo‘jalik yuritish shonli sifatida fermer xo‘jaliklari saqlanib qoladi.
Bu jarayon mamlakatimiz tajribasida ham to‘la isbotlandi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali faoliyat ko‘rsata oladigan kuchli, baquvvat va raqobabardosh fermer xo‘jaliklarini vujudga keltirish mamlakatimizda o‘tkazilayotgan agrar siyosatning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Sababi, fermer xo‘jaliklarini vujudga kelishi va rivojlanishi mamlakatimiz tarixida katta ijtimoiy-iqtisodiy voqea bo‘lib u agrar sohada hususiy tadbirkorlikni to‘la ma’noda tarkib topishiga asos soldi. Prezidentimiz ularni bekorga «mustaqilligimiz qaldirg‘ochlari» deb atamagan edi.
Respublikada fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy mustaqilligini bosqichma-bosqich mustahkamlash bo‘yicha bozor talablariga to‘la javob beradigan iqtisodiy tizimga shakllantirilishi va samarali faoliyat ko‘rsatiishini ta’minlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Jumladan, fermer xo‘jaliklarining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan xuquqiy asoslar yaratildi. Ular jumlasiga yer kodeksi, Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi va boshqa xuquqiy-me’yoriy xujjatlar kiradi. Undan tashqari fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash, yer uchastkalari xajmini optimallashtirish, ijara munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ham kompleks chora-tadbirlar o‘tkazildi. Bu qishloqda o‘rta mulkdorlar qatlamini tarkib topishi va mustahkamlanishini ta’minlab agrar sohada bozor munosabatlarini yanada rivojlanishi uchun mustahkam zamin tayyorlamoqda. Sababi, mulkchilik munosabatlari xarqanday iqtisodiy tizimning asosini tashkil etib bu masalani ijobiy hal etmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin emas.
Bu sohadagi ishlarni samarali tashkil etish va boshqarishda Prezidentimizning 24 mart 2003 yildagi «Qishloq xo‘jaligida islohatlarni chuqurlashtiirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF-3226 sonil farmoni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu farmon agrar sohada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirilishini, bozor munosabatlarini rivojlantirilishini, qishloq xo‘jaligida bajarilish tizimini bozor talablariga to‘laroq moslashishini, xo‘jalik yuritish shakllarini iqtisodiy mustahkamligini va ularning huquqiy muhofazasini ta’minlashda muhim omil bo‘lib hizmat qilmoqda. Farmonning birinchi bandida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub’ekt bo‘lib qoladigan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustivor yo‘nalish sifatida belgilangan. Ushbu farmonni xayotga tadbiq etilishi agrar islohatlarni chuqurlashuvi asosida fermer xo‘jaliklarini ustivor xo‘jalik yuritish shakliga aylanishini ta’minladi. Bu qishloqda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlarning natijasidir.
SHirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga qayta tashkil etish va ular uchun bozor infrato‘zilmasi tizimini yaratish maqsadida 2004-2006 va 2005-2007 yillarga mo‘ljallangan aloxida 2 ta dastur qabul qilindi. Ushbu dasturlarga asosan shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayoni 2007 yilda tugatilishi kerak edi. Lekin bu jarayon tezlashtirilib 2006 yilda o‘zining mantiqiy payoniga yetdi. Ya’ni 2006 yilda Respublika bo‘yicha 666 ta va Andijon viloyati bo‘yicha 65 ta oxirgi shirkat xo‘jaliklari fermer xo‘jaliklariga qayta tashkil etildi.
Lekin agrar islohatlarni chuqurlashuvi jarayonida fermer xo‘jaliklarini boshqarish tizimida bir qator kamchiliklar va yetishmovchiliklar ham yakkol ko‘zga tashlanib qoldi. Avvalo agrar sohani isloh qilish jarayonida va qishloqda aholi farovonligini yanada oshirishda fermer xo‘jaliklarini tutgan o‘rni va ahamiyatini keskin oshirish zaruriyati tug‘ildi. Bu esa fermer xo‘jaliklarni tashkil etish va boshqarish tizimini tubdan isloh qilinishi asosida ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlanishini ob’ektiv zaruriyatga aylantirdi.
Prezidentimizning 22.10.2012 yildagi «O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4478 sonli farmoni asosida O‘zbekiston fermerlari kengashi tarkib topdi. Respublikada fermer xo‘jaliklari uyushmasi tizimi tugatilib uni o‘rnida fermer xo‘jaliklari kengashini tarkib topishi agrar islohatlarni chuqurlashuvchi asosida erishilgan inqilobiy xarakterdagi muhim sotsial-iqtisodiy voqeadir.
Kengash qishloq xo‘jaligida hususiy tadbirkorlikning ustivor va hal qiluvchi shakli hisoblangan fermer xo‘jaliklarini nafaqat o‘zini-o‘zi mustaqil boshqarish organi, balki ularni tashqi ximoyalanish tizimi bo‘lib ham hisoblanadi. Respublika fermer xo‘jaliklari kengashi va uni joylardagi bo‘limlari davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, tayyorlov, ta’minot va hizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan doimiy munosabatda bo‘lib barcha sohalarda fermerlarning manfaatlarini ximoya qiladi. Prezidentimiz bu masalaga alohida to‘xtalib quyidagilarni ta’kidlaydi «Bugungi kunda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va qayta tashkil etish, ularga yer uchastkalarini o‘zoq muddatga ijaraga berish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishiga doir me’yoriy-xuquqiy xujjatlar loyihalarini qabul qilish bilan bog‘liq deyarli birorta masala fermerlar kengashlarining bevosita ishtirokisiz hal etilishi mumkin emas». (I.A. Karimov “Bosh maqsadimiz- keng ko‘lamli isloxotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ro‘zasi. Halq so‘zi. 19. 01. 2013 yil).
Kengashning qarorlari va ko‘rsatmalari fermer xo‘jaliklari faoliyatida vujudga keladigan barcha masalalarni samarali hal etish, texnik-texnologik va iqtisodiy mustaqilligini amalga oshirish asosida ularni barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratilishiga qaratiladi. Bu esa fermer xo‘jaliklari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir qator omillarni o‘z-o‘zidan bartaraf etilishiga olib keladi. Sababi Respublika, hududiy va tuman kengashlarining a’zolari va rahbarlari bevosita fermer xo‘jaliklari boshliqlarining o‘zlaridir. Jumladan, O‘zbekiston fermerlari kengashining raisi lavozimiga saylov asosida bevosita faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or fermer xo‘jaliklari boshliqlaridan biri, ya’ni O‘zbekiston qaxramoni, Asaka tumanidagi Asaka jilosi fermer xo‘jaligining boshlig‘i Solijon Turdiyevni saylanishi buni yaqqol isbotidir.
Ushbu farmonni bevosita amaliyotda qo‘llanilishi uni 1-ilovasida ya’ni fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturida batafsil bayon etilgan. Dastur 3 bo‘lim va 27 punktdan iborat bo‘lib unda fermer xo‘jaliklarining tashkiliy va huquqiy asoslarini mustaxkamlash, boshqarish tizimini isloh qilish asosida ularni iqtisodiy mustakilligini va moliyaviy barqarorligini ta’minlanishiga alohida e’tibor berilgan.
Dasturda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligini oshirish va iqtisodiy samaradorligini optimal darajaga ko‘tarish bo‘yicha bir qator aniq chora-tadbirlarni amalga oshirilishi belgilandi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirilishini optimallashtirish asosida almashlab ekish usulini joriy etish maqsadida bir turdagi ekinni bir konturda uch yildan ortiq muddatda ekishni ma’n etish va paxta-bug‘doy yetishtirishga ixtisoslashagan fermer xo‘jaliklariga kamida 5 foiz yer maydonida davlat extiyojlari uchun belgilanmagan boshqa ekinlarni ekishlariga ruxsat berilishi.
Soliq kodeksiga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan ishchilar uchun jismoniy shaxslar daromadidan to‘lanadigan soliqdan ozod etish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilishi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan maydonlar uchun yagona yer solig‘ini 5 yil muddatga bekor qilinishi va ushbu sug‘orish usulini joriy etayotgan fermer xo‘jaliklariga yerlarni meliorativ xolatini yaxshilash bo‘yicha tashkil etilgan maxsus jamg‘arma hisobidan tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlarni ajratilishi.
Fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnomadan ortiqcha topshirilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlashdan olingan kunjara va sheluxa mahsulotlarini birja savdolari orqali ularni o‘zlariga sotilishini yo‘lga qo‘yilishi.
Fermer ho‘jaliklari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini tadbiq etilishiga ko‘maklanishuvi.
Fermer xo‘jaliklari uchun qishloqda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik va shu kabi yo‘nalishlar bo‘yicha konsalting markazlari tarmog‘ini hamda mahsulot ishlab chiqarish, xarid qilish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha ularni kooperatsiyasining turli shakllarini tashkil etilishi va kengaytirilishini yo‘lga qo‘yilishi.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatiga taalluqli masalalarni hal etish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan barcha komissiyalar tarkibiga fermer xo‘jaliklari kengashining tegishli rahbarlarini kiritilishini ta’minlanishi.
Qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus kasb-xunar kollejlari bazasida 2012 yilning dekabridan boshlab fermerlarni sertifikat berilgan holda o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etilishi.