O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə3/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari

III.

Glossariylar

IV.

Ilovalar


QISHLOQ XO’JALIGI IQTISODIYOTI
FANIDAN O’QUV MATERIALLARI


MA’RUZALAR MATNI
1-MAVZU:“QISHLOQ XO‘JALIGI IQTISODIYOTI” FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA USLUBLARI
Reja:

  1. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fanining predmeti va vazifalari.

  2. Qishloq xo‘jaligining respublika щtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati.

  3. Iqtisodiyotni modernizatsiya tsilish sharoitida agrar sohani rivojlantirish tamoyillari.

  4. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fanining o‘rganish usullari.

Dunyo miqyosida aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash eng dolzarb muammolardan biriga aylanib borayotgan bir davrda bir qator ijobiy natijalarga erishilgan bo‘lsada, hozir ham ep yuzida qariyb 1 milliarddan ortiq aholi ochlikda kun kechirmoqda. Shu bois xam mamlakatimizda bu muammoni oldini olish bo‘yicha va aholini nafaqat kepakli miqdordagi, balki sifatli va foydali oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha to‘g‘ri tashkil etilgan oqilona siyosat yuritilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanadarivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘grisida”gi PF-4947-son farmonida -“Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo, agposanoat kompleksi va uning, lokomativi, ya’ni harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fepmep xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga e’tibor qaratiladi”1. Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz boshchiligida iqtisodiyot, jumladan, qishloq xo‘jaligi soxasida xam bugungi kun talablariga javob bepadigan yangicha ma’no– mazmundagi samarali islohotlarni jadal amalga oshirish yangi bosqichga ko‘tarildi. Sohani modepnizatsiya va divepsifikatsiya qilish bo‘yicha qator farmon va qaporlar, puxta o‘ylangan dasturlar qabul qilinib, ular izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir sharoitda qishloq xo‘jaligidagi mavjud resurslar va imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga ko‘paytirish, yuqori hosil olish, qishloq xo‘jaligi sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va manfaatdorlikni oshirish borasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadi 2020 yil 1 may kuni O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Karonavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-4700 sonli Qapopi qabul qilindi. Bu qapop bugungi dolzarb masala ya’ni pandemiya sharoitida aholini oziq-ovqat xavfsizligini xamda mehnat resurslari bandligini ta’minlash yo‘lida qishloq xo‘jaligiga imtiyoz va qo‘shimcha yordamlar berish orqali sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilab berdi2. Bu sharoitda qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni egallagan, ilg‘or ishlab chiqarish tehnologiyalarini tushuna oladigan, mustahkam bilim va innovatsion g‘oyalarga boy mutaxassisga har doimgidan ham ko‘proq ehtiyoj seziladi.
Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini ilmiy asoslarini yaratish qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda nixoyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo‘jaligida talabga javob beradigan quyidagi huquqiy, tashqiliy iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratildi, ya’ni:
-mulkchilikning turli shakllari barpo etilishi, natijasida erkin mulkiy munosabatlar vujudga keldi, tadbirkorlikning xar xil turlarini yaratish, ularni rivojlantirish yo‘llari izlanmokmokda, yer-suv isloxotlari amalga oshirilmokda;
-tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (er-suv, kapital, Mehnat, tadbirkorlik qobiliyati)dan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, daromad, foyda va ularning taksimlanishi, investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofik joylashtirish, ixtisoslashtirish xamda agrosanoat integratsiyasini xalkaro munosabatlar asosida tashqil etish bilan bog’liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmokda,.
Yuqorida ta’kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalkimiz xamda qishloq xo‘jaligining uziga xos hususiyatlarini e’tiborga olgan xolda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Qishloq xo‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishni ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish, ularni xayotga joriy etish masalalarini, yo‘llarini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ilmiy me’yorlar doirasida boshqarish va boshqarishni tashqil etish «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining predmeti hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi korhonalarini boshqarish tizimi:
-boshqarilayotgan ob’ektlar xolati haqida axborot olish va taxlil kilish;
-boshqarish buyicha qarorlar qabul kilish;
-ob’ektlarga boshqaruv ta’sirlarini utkazish;
-ob’ektlarning yangi xolati haqida axborot olish va taxlil kilishdan iborat. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p jixatdan menejment usullari mukammalligi va to‘g‘ri shakllanganligi bilan uzviy bog’liqdir. Menejment usullari bu - boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yunaltirilgan ta’sir utkazishning usullari bo‘lib, ya’ni uning vazifasi boshqaruvning ishlab chiqarish jamoasi oldiga kuyilgan maqsadlarni muvofiklashtirishni ta’minlashdan iboratdir.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining maqsadi

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida cheklangan yer-suv, Mehnat resurslari, investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanishni;

  • qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyatini;

  • agrar-iqtisodiy isloxotlar, ularni rivojlantirish yo‘llarini;

  • qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan korhonalar, ularning ishlab chiqarish samaradorligi va ular faoliyatini takomillashtirish yo‘llarini;

  • boshqa masalalarni o‘rganish.

«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining vazifalari:

  • ilg‘orqishloq xo‘jalik korhonalarining erishgan yutuqlarini chukur o‘rganish va ularni boshqa xo‘jaliklarga joriy kilish uchun tavsiya etish ;

  • ekin maydonlari birligi hisobiga ko‘prok va arzonrok mahsulot yetishtirish uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy kilish imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar ishlab chikishdan iborat.

Qishloq xo‘jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rni, ahamiyati quyidagilarda ifodalanadi:

  • qishloq xo‘jaligi axolini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, oziq-ovqat kishilarning ma’naviy xayoti va moddiy ishlab chiqarishining asosi hisoblanadi;

  • qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo manbaidir. Bu tarmoqlarning mahsuloti xam bevosita axoli extiyojlarini kondirish uchun foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi sanoatning ayrim tarmoqlari ishlab chiqarish xajmini va samaradorligini aniklaydi. To‘qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40 foizini, kand sanoatida - 70 foizini, sut va yog‘ mahsulotlarida 80 foizga yakinini qishloq xo‘jalik xom ashyosi tashqil kiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatda axoli iste’moli fondining 3/4 kismi bevosita qishloq xo‘jalik mahsulotidan yoki qishloq xo‘jaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotidan iborat;

  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi mamlakat og‘ir sanoatining rivojlanish sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol kilgani xolda traktor, meliorativ va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniksa mineral ugit ishlab chiqarishga faol ta’sir ko‘rsatadi.

Skopus tizimidagi “Environmental Science & Policy” jurnalining 2016 yil yanvar sonida MarciaSDeLonge, Albie Miles va Liz Carlisleclar muallifligi dagi “Investing in the transition to sustainable agriculture (Barqaror qishloq xo‘jaligiga o‘tish davrida investitsiyalar)” e’lon qilingan nomli maqolada keltirilishicha: sanoatlashgan qishloq xo‘jaligining ekologik ta’siri masalalariga aloxida e’tibor karatiladi,jumladan bu xatarlarga issiqxona gazlari chiqindilari, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, o‘g‘itlar va pestitsidlar bilan keng miqyosda ifloslanishi, tuproqning yemirilishi inson salomatligi uchun xavflar kiritiladi.Makolada mazkur muammolarni yechimi sifatida “... o‘sib borayotgan ilmiy tadqiqotlar markazi ekologik printsiplarga muvofiq ishlab chiqilgan va boshqariladigan fermerlik tizimlari ushbu dolzarb ekologik va ijtimoiy muammolarni hal qilishda jamiyatning oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishi mumkinligini ta’kidlaydi.3
Respublikada bozor isloxotlariga o‘tishning tamoyillari asosida qishloq xo‘jaligi rivojlanishida tub burilish yasaldi.
Qishloq xo‘jaligida isloxotlarni amalga oshirishning huquqiy va me’yoriy asoslari:

  • O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida” qonuni 1998 yil;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” qonuni (yangi taxriri) 2004 yil;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” qonuni 1998 yil;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Er kodeksi” 1998 yil;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” qonuni 1993 yil;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.05.2020 y. PQ-4700-son "Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.12.2019 y. 1025-son "Mavjud yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, 2020 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida"gi Qarori

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.07.2019 y. PQ-4410-son "Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2019 y. 259-son "2019 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida"gi Qarori

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2019 y. PQ-4246-son "O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori

  • «Iqtisodiyotni real sektori korhonalarini kullab-kuvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport saloxiyatini oshirish chora tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi 4058 sonli Farmoni qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi korhona va tashqilotlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.

Mustakillikning dastlabki yillarida mamlakat qishloq xo‘jaligini xamda u bilan bog’liq bo‘lgan tarmoqlarni boshqarish bilan:
-O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi;
-Respublika melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi;
-Urmon xo‘jaligi vazirligi;
-Meva sabzavot uzum sanoati aksiyadorlik jamiyati;
-Davlat suv xo‘jaligi kurilishi kumitasi;
-Davlat yer resurslari kumitasi;
-Uzgushtsanoati aksiyadorlik jamiyati va boshqa tashqilotlar shugullanganlar.
Ushbu tuzilmalarning faoliyati bozor iqtisodi tamoyillari asosida samarali boshqarish talablariga mos kelmay koldilar. Shuning uchun xam ularning faoliyatini uygunlashtirish natijasida boshqarilishi kulay bo‘lgan ixcham vazirliklar, kompaniyalar xamda davlat kumitalari shakllantirildi. Hozirgi davrda O‘zbekiston Qishloq va Suvxo‘jaligi vazirligi, Respublika dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Uzmevasabzavotuzum xolding kompaniyasi, Uzqishloqmashlizing kompaniyasi, Uzdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasi, Uzagromashservis kompaniyasi va boshqa tashqilotlar faoliyat ko‘rsatmokdalar. Ularni kelajakda yanada takomillashtirish talab etiladi.
Qishloq va suv xo‘jaligi tizimidagi korhona va tashqilotlarni ijtimoiy- iqtisodiy faoliyatlarini rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida tarmoqda moliya, kredit, solik va baholar isloxoti amalga oshirilmokda, erkin bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida nodavlat mulkchiligiga asoslangan sub’ektlarni moliyalashtirish tartibi tubdan uzgardi.
Ularning faoliyatini moliyalashtirish asosan uz mablaglari evaziga amalga oshirilmokda. Uning manbasi bo‘lib mahsulot yetishtirib sotish, hizmat ko‘rsatish natijasida olayotgan pul daromadlari, asosiy vositalarning eskirishi oqibatida shakllanayotgan amortizatsiya fondi, ishlab chiqarish vositalarini sotishdan olinayotgan pul tushumlari xamda ularning foydalari hisoblanadi. Davlat buyurtmalari miqdoridagi paxta xamda gallani ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mablaglar davlat tijorat banklari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar evaziga koplanmokda. Shu manbalardagi mablaglar yetishmagan xollarda qishloq xo‘jalik korhonalari davlatning, tijorat banklarining, xorij davlatlarining nodavlat korhona va tashqilotlari, xomiylar va boshqalarning vaqtincha bush bo‘lgan mablaglarini jalb etmoqdalar.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fani uzining maqsad va asosiy vazifalarini xal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni o‘rganishda bir kator tadkikot usullaridan foydalanadi.
Taxlil kilish-xodisaning xar bir kismini aloxida batafsil o‘rganish, ular orasidagi bog‘lanishlarni tadkik kilish maqsadida ularni tarkibiy kismlarga ajratishdir. Taxlil kilish ilmiy bilishning eng asosiy va ko‘p tarkalgan usullaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi ishlab chiqarish tarmogidagi chukur jarayonlarni va hususiyatlarni ko‘rsatib berishdan iboratdir.
Taxlil usuli - ilmiy o‘rganish usuli bo‘lib, bunda tadkikot ob’ekti xayolan ayrim bo‘laklarga bo‘linadi yoki ob’ektning belgi va xossalari ayrim o‘rganish uchun ajratiladi. Taxlil ayrim elementlarning mohiyati va ular orasidagi bog’liqliklarni aniklashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy-statistik uslub - o‘rganilayotgan ob’ektlarning katta majmuasida, ishlab chiqarish omillarini o‘rganish va ularning sunggi natijasini aniklashda kullaniladi. Notipik, ya’ni doimiy bo‘lmagan xolatlar, shart-sharoitlarni bartaraf kilishga imkon beradi.
Tajriba uslubi - bu uslub ishlab chiqarishni tashqil etishning usullari va yo‘llariga iqtisodiy jixatdan baho berish buyicha tajribalar utkazish, korhona faoliyatining shart-sharoitlarini aniklash, bu shart-sharoitlarning samaradorlikka ta’sirini aniklashda kullaniladi. Tadkikotlarning yuksak sifatli bo‘lishiga imkon beradi.
Hisob-kitob, reja uslubi - bu uslub korhonada ishlab chiqarishni tashqil etishda ba’zi bir jixatlar yoki butun tizimni rivojlantirishning istikbolli rejasini ishlab chikishda kullaniladi. Maqsadga erishishning eng samarali variantini tanlash, ya’ni kuyilgan vazifalarni oqilona bajarishga imkon yaratadi.
Deduktiv usuli - umumiy koidalar va qonuniyatlardan kelib chikib, nisbatan juz’iy xulosalar chiqariladi. X,ar kanday iqtisodiy tamoyil va mexanizmning amal kilishini aniklashda dastavval nazariy goyalarga, sungra ularning amal kilishiga asoslaniladi. Bu jarayon muammoni tadkik etishning deduktiv usuli deb nomlangan. Yuqoridagi masalani tadkik etishda, o‘rganishda dastavval ma’lumotlar, vokealar, faktlar o‘rganiladi.
Induktiv usuli - bunda aloxida bir xil faktlardan umumlashtirishga, juz’iydan umumiy xulosalar chiqarishga tayaniladi. Nazariy goyalarni yaratish jarayoni esa induktiv tadkik etish usuli deb nomlangan. Demak, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan xar kanday iqtisodiy muammoni avval uning nazariyasidan, ya’ni goyasidan amal kilishiga karab o‘rganish yoki bu muammoning amaliyotga joriy etilishidan, ya’ni amaliyotdagi xolatiga asoslangan xolda goya yoki nazariyasini yaratishga karab tadkikot olib borish mumkin.
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” fanida kullaniladigan xar bir uslub uziga xoslikka, afzalliklarga va ayni paytda ma’lum bir kamchiliklarga xam ega. Fanda tadkikotlar oldiga kuyilgan anik maqsad va vazifalarga karab, biror uslub yoki uslublar majmuasidan foydalaniladi. Pirovard natijaning xakkoniyligini aniklashning eng muhim yo‘li - ilmiy xulosalarning amaliyotda, ishlab chiqarish tajribasida keng isbotlanishidadir.

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin