O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Jahon qorako‘lchiligida ayrim davlatlar salmog‘i



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə91/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

Jahon qorako‘lchiligida ayrim davlatlar salmog‘i

Mamlakatlar

Salmog‘i (%da)




Bosh soni

Qorako‘l terini sotish buyicha

Afg‘oniston

31,0

29,0

O‘zbekiston

24,8

24,7

Turkmaniston

21,7

20,5

Qozoqiston

9,9

4,4

Yeron

6,2

6,8

Namibiya

1,2

4,4

Tojikiston

0,9

1,7

Rossiya

0,9

1,7

Boshqalar

3,4

6,6

Qorako‘l yetishtirish bo‘yicha respublikaning yettita viloyati: Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikalari shug‘ullanadi.


1920 yillargacha qorako‘lchilar ko‘chmanchilik yoki yarim ko‘chmanchilik holatida bo‘lib qo‘ylarning mahsuldorligi past edi. Qish og‘ir kelgan vaqtlarda foydalanish uchun zahira ozuqa mahsulotlari yo‘q edi va quylarning sezilarli qismi o‘lib ketar edi. Shunday holatni 1892, 1917 va keyinchalik 1969 yillar misolida ko‘rish mumkin, bu vaqtda qishlov og‘ir kelishi natijasida nobud bo‘lgan qo‘ylarning 90-95% ga yaqini qorako‘l qo‘ylari bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Shuning 80%i Buxoro amiri va uning yaqinlariga, katta boylarga tegishli bo‘lgan.
1928 yil O‘zbekistonda birinchi marta «Muborak» qorako‘lchilik sovxozi tashkil etilgan, hozirgi kunda ham mana shu xo‘jalik qora rangli qorako‘l terilarini yetishtiruvchi naslchilik xo‘jaliklaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Oxirgi vaqtlarda kolxoz va sovxozlarda bo‘lgan qorako‘lchilik suruvlaridan qora rangli qorako‘l terilarini ishlab chiqaruvchi naslchilik zavodlari va fermalari tashkil etildi. Bular: «Nishon», «Konimex» va «Qorako‘l».
Kulrang va sur rangli terilarni yetishtiruvchi «Oq-qapchig‘ay», (hozirda «Sayxun» va «Oq-qapchig‘ay»), «Nurota», «Qoraqum», «Karnob», «G‘uzor» naslchilik fermalari, Buxoro va Navoiy shirkatlari.
1935 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston zonal qorako‘lchilik tajriba stansiyasi keyinchalik O‘zbekiston mustaqillikka Yerishgandan so‘ng qayta tashkil etilib «Cho‘l ekologiyasi va qorako‘lchilik ilmiy tekshirish instituti»ga aylantirildi. Hozirgi vaqtda Respublikada 18 ta naslchilik zavodi va 13 ta naslchilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qorako‘lchilikdan olinadigan mahsulot qorako‘l qo‘zi terilari bo‘lib, u tabiat mo‘jizasi sifatida butun dunyoda mashhurdir.
2004 yili Respublikaning barcha turdagi xo‘jaliklarida 375 ming donaga yaqin yuqori sifatli qorako‘l teri ishlab chiqarilib mamlakat ichidagi va chet el iste’molchilariga yetkazib berildi.
Bu mahsulotni asosiy qismi horijga sotilib, mamlakat valyuta tushumining ortishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari qorako‘l zotli qo‘ylar O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan cho‘l, yarim cho‘l zonasi bo‘lgan 25 mln.ga yaqin noqulay sharoitida arzimagan efimYer o‘simliklar va buta, butasimon o‘simliklardan tashkil topgan dag‘al oziqalardan o‘ta samarali foydalanishi bilan alohida e’tiborga sazovordir. Eng og‘ir chidamliligini ko‘rsata olgan chorva moli sifatida qadrlanadi. Hozirda, ya’ni 2014 yilga kelib, qorako‘l qo‘ylar soni 6 mln.ga yaqinni tashkil etadi.
Qorako‘l quylari qorako‘l terisidan tashqari iste’mol uchun juda sifatli bo‘lgan go‘sht mahsuloti bilan ham ahamiyatlidir. Qorako‘l qo‘y go‘shti boshqa zotli qo‘ylar go‘sht mahsulotlari bilan o‘zlarining shifobaxshlik sifati – (mramornost) muskul va yog‘ to‘qimalarining qavatma-qavat joylashishi bilan keskin ajralib turadi. Qorako‘lchilikda teri va go‘shtdan tashqari, yosh qo‘zi oshqozoni (sыchug), jun, shifobaxsh, yuqori darajali yog‘li sut mahsulotlari va boshqa turdagi yordamchi va qo‘shimcha mahsulotlar olinib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jabhasida muhim o‘rinni egallaydi.
Quyidagi 1- va 2- jadvallarda O‘zbekistonda qo‘ylar bosh sonining o‘zgarishi va qo‘ychilik mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tahlili barcha toifadagi xo‘jaliklar, jumladan, fermer xo‘jaliklari, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari shuningdek, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar kesimida keltirilgan. 2005-2014 yillarda jami qo‘ylar soni 7087 ming boshga yoki 1,6 martaga oshgan. Shu jumladan qorako‘l qo‘ylar esa 1848,1 ming boshga yoki 1,4 martaga oshgan. Qorako‘l qo‘ylarning jami qo‘ylardagi salmog‘i esa – mos ravishda 41,3 dan 35,4 % gacha o‘zgargan. Shu davrda fermer, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida mos ravishda - 2,7 va 1,8 martaga o‘sish sur’ati kuzatilgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa 32,5 % ga kamayish tendensiyasi mavjud. Qo‘ychilik mahsulotlari bo‘lmish, qo‘y va echki go‘shti, jun va qorako‘l terisi yetishtirishda keskin o‘zgarishlar bo‘lgan. Shu davrda qo‘y va echki go‘shti ishlab chiqarish – 2,3 martaga, jun tayyorlash – 1,7 martaga va qorako‘l terisi yetkazib berish -1,5 martaga oshgan. Ushbu mahsulotlarni yetishtirishda fermer, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida o‘sish sur’ati kuzatilgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa kamayish tendensiyasi mavjud.
Demak, qo‘ychilik, shu jumladan qorako‘lchilikni ko‘paytirish imkoniyatlaridan foydalanish bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga to‘laroq javob bermayotir va hokazo.
Istiqbolda qo‘ychilik mahsulotlarini ko‘paytirish va sifatini takomillashtirish tarmoqni intensiv yuritish darajasini keskin ko‘tarish hisobiga amalga oshirilishi lozim.



Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin