O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Pillachilikning rivojlanishi hozirgi axvoli va istiqboli



Yüklə 5,62 Mb.
səhifə96/244
tarix07.01.2024
ölçüsü5,62 Mb.
#207386
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   244
O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d.

21.14.Pillachilikning rivojlanishi hozirgi axvoli va istiqboli
Pillachilik Xitoyda meloddan oldin 3 minginchi yillarda, O‘zbekistonda esa melodning 5–6 asrlaridan boshlab rivojlandi. Uning urug‘ini tayyorlash va boshqa jarayonlarning oddiy usullarda bajarilishiga qaramasdan pilla ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha respublikamiz jaxon mamlakatlari ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallagan.
Ip xamda ipakli gazlamalarga talabning oshishini hisobga olib pillachikni rivojlantirish chora- tadbirlari amalga oshirilgan. Grenzavodlar qurilgan tut navlari ekilgan va hokazo.
2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi pilla 36% ga kamaydi. Bunday holat, asosan, pillani qayta ishlashdagi hamda uni eksport qilishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq.


1-jadval
O‘zbekistonda pilla yetishtirishning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari

Mahsulot

2011

2012

2013

2014

Barcha toifadagi xo‘jaliklar

Pilla, ming tonna

24,7

25,0

25,4

26,1

%

100,0

100,0

100,0

100,0

Fermer xo‘jaliklari

Pilla, ming tonna

24,2

24,3

24,2

24,4

%

98,0

97,2

95,3

93,5

Dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari

Pilla, ming tonna

-

-

-

-

%

-

-

-

-

Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

Pilla, ming tonna

0,5

0,7

1,2

1,7

%

2,0

2,8

4,7

6,5

* O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Yillik statistik to‘plammateriallari. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2015
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 2011-2014 yillarda respublikada asosiy pilla yetishtiruvchilar asosan fermer xo‘jaliklari bo‘lib, ular jami yetishtirilgan pillaning 93-98 % ini tayyorlaganlar. Shuningdek, dehqon va aholi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida pilla yetishtirilmaganligi sababli qolgan hissa, ya’ni 2-6,5 % gacha, qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan. Lekin, yildan-yilga ularning hissasi oshib bormoqda. Bunga sabab, respublikaning ayrim tumanlarida tashkilotlar uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan pilla yetishtiruvchi alohida markazlar tashkil etish ekspYeriment tariqasida sinab ko‘rilmoqda. Kelajakda barcha talablarga javob javob beruvchi ana shunday markazlashgan pilla yetishtiruvchi markazlarni ko‘paytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Istiqbolda pillachilikni tiklash va uni yanada ko‘paytirish omillaridan va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish eng muxim vazifadir.
Mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda)ipak qurtining quyidagi turlari rayonlashtirilgan:
AS*VD. 372.UZ.2011 y.,DV*SA. 372.UZ.2011 y., Zarbdor-1.8.UZ.2011 y., Zarbdor-2.8.UZ.2011 y., Iqbol 1*iqbol 2. 325.UZ.2012 y., Iqbol 2*iqbol 1.325.UZ.2012 y., Navro‘z 1. 8.UZ.2013 y., 8.Navro‘z 2. 8.UZ.2013 y.,ToshDAU 112 * O‘zIITI 9. 8.UZ.2014 y., 10. O‘zIITI 9 * ToshDAU 112.8.UZ.2014 y. kabilar.
Ta’kidlanganidek, pilla yetishtirishda uning eng asosiy ozuqasi bo‘lgan tutchilikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida bu borada ham seleksionYer olimlar ancha ishlarni amalga oshirishdi. Jumladan, shu davrda,ya’ni mustaqillik yillarida (2010-2014 yillarda) tut daraxtining quyidagi navlari rayonlashtirilgan:
SANIISh – 34.8.UZ.2013 y., Jarariq – 7.8.UZ.2012 y., Jarariq – 8. 8.UZ.2012 y., Jarariq – 2. 8.UZ.2013 y., Jarariq – 4. 8.UZ.2013 y., Jarariq – 5.8.UZ.2013 y.,Jarariq – 9. 8.UZ.2014 y., Jarariq – 10. 8.UZ.2014 y. kabilar.



Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin