O. A. Shermatov b. Z. Nosirov d. T. Islamova m. Ya. Qobulova d. B. Axmadaliyeva r. D. Imomov


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə157/244
tarix20.06.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#133311
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244
Қишлоқ хўжалиги иктисодиёти

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning asosiy ko’rsatkichlari.
Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish masalalarini o’rganishda intensivlik va intensivlashtirish darajasi, intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi tushunchalarini bir-birdan ajrata bilish lozim.
Intensivlik - bu qishloq xo’jaligi va uning ayrim tarmog’ini ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarish vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligini aks ettiradi.
Intensivlashtirish darajasi - qishloq xo’jaligi va uning ayrim tarmog’ini xolisona o’sish sur’ati darajasini o’zida aks ettiradi. Intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi - ekin maydoni birligi hamda chorva moli boshi hisobiga o’sishni o’zida aks ettiradi.
Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish darajasi natura va qiymat ko’rsatkichlari ѐrdamida aniqlanadi. Natural ko’rsatkich ѐrdamida xo’jalikdagi tarmoqlar va ularni bir-birlari bilan qanchalik bog’langanligi hamda ayrim tarmoqchalar va ekin turlari bo’yicha qancha mahsulot yetshtirilganligini aniqlash mumkin.
Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish darajasini o’zida aks ettiruvchi natural ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1). yer maydoniga to’g’ri keladigan energetika quvvati. Bu ko’rsatkich har 100 gektar yer maydoniga qancha texnika vositalari, avtomashina va boshqa qishloq xo’jalik mashinalari to’g’ri kelishini ko’rsatadi;
2). Har gektar ekinzorga to’g’ri keladigan meneral va mahalliy o’g’it. Bu ko’rsatkich yerning iqtisodiy unimdorlik darajasiga ta’sir etish ko’lamini o’zida ifoda etadi;
3). yer fondida ekin maydonlari hissasini ko’paytirish. Bu ko’rsatkich yerdan qay darajada foydalanilaѐtganligini ko’rsatadi;
4). Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarning umumiy yer maydoniga nisbati. Bu ko’rsatkich tuproqning iqtisodiy unumdorligi o’sish darajasini ifodalaydi.
CHorvachilikning intensiv rivojlanganligini aks ettiradigan ko’rsatkichlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Har bosh qishloq xo’jaligi hayvoniga to’g’ri keladigan qiymat ko’rinishdagi jonli va buyumlashgan mehnat sarfi. Har bir bosh hayvon hisobiga qancha ko’p ishlab chiqarish vositalariga va bevosita mehnat xarajatlari to’g’ri kelsa, qoidaga muvofiq undan olinadigan mahsulot miqdori ham shuncha yuqori bo’ladi;
2. Har bosh qishloq xo’jaligi hayvoniga to’g’ri keladigan ozuqa. CHorva mollarini ilmiy ratsion asosida oziqlantirish ularning mahsuldorligini ortishiga olib keladi;
3.CHorvachilikni yuritish madaniyatini ko’tarish: maxsus qulayliklarga ega bo’lgan chorva binolarini barpo etish, ish jaraѐnlarini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish, sanitariya va gigiyena sharoitlarini yaxshilash va boshqarish;

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin